Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус


Stoxastik tahlil yordamida yechiladigan masalalar va ularni yechish usullari



Download 0,89 Mb.
bet44/65
Sana16.04.2022
Hajmi0,89 Mb.
#557703
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65
Bog'liq
10.Matematik-modellashtirish-2013-oquv-qollanma-N.Rozmetova-R.Fayziyev-va-bosh

Stoxastik tahlil yordamida yechiladigan masalalar va ularni yechish usullari


Iqtisodiyot ob‟ektlarini tavsiflash va ajratish iqtisodiy tahlilning eng ahamiyatli masalalaridan biri hisoblanadi. Rejalashtirishning umumiy me‟yorlarini ishlab chiqish, baholash, rag„batlantirish va xo„jalik faoliyati natijalari bo„yicha xo„jalik ob‟ektlarini bir turdagi korxonalarini aniqlash iqtisodiy tahlilda ilgaridan amalga oshirilgan. Bu


masalani yechishning sifatini oshirishni yangi imkoniyatlari quyidagi usullarni qo„llash natijasida paydo bo„lmoqda: ko„p o„lchamli kuzatishlarni guruhlash, dispersiya tahlili, xususan, zamonaviy omilli va komponent tahlil, klaster tahlili shular jumlasidan. Analitik maqsadlar uchun maxsus tavsiflash usullari bilan birgalikda xo„jalik ob‟ektlari to„plamlari tarkibini o„rganishda zamonaviy omilli komponent tahlil usullari bilan tekshirish afzal hisoblanmoqda. Iqtisodiy ko„rsatkichlar tizimlarining ichki bog„lanishlari asosida aniqlangan sintetik omillar va komponentlar iqtisodiy hodisalarning alohida mustaqil tomonlarini xarakterlaydi (ishlab chiqarishning texnik darajasi, boshqarish faoliyati darajasi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilish darajasi va h.k.) va tamoman aniq mazmunli iqtisodiy talqinga ega bo„ladi. Shuning uchun xo„jalik ob‟ektlarini bu omillar yoki komponentlar qiymati bo„yicha tavsiflash va ajratish bir muncha kattaroq analitik ma‟noga ega, geterogen to„plam belgilari asosida guruhlashga qaratilgan.
Zamonaviy omilli tahlil usullarini qo„llashni rivojlanishi bilan shuningdek,
iqtisodiy tahlilning quyidagi uchta umumlashgan statistik masalasini samarali yechish imkoniyati bog„langan: ko„rsatkichlar tizimida ichki bog„lanishlar tarkibini o„rganish; iqtisodiy hodisani ifodalash o„lchamini o„rganish, bir muncha ma‟lumotli ko„rsatkichlarni aniqlash. Bu masalalarni korrelyatsiya va regressiya tahlili usullari bilan yechish mumkin bo„lsa ham, ammo iqtisodiy tahlilda ularni zamonaviy omilli tahlil usullari asosida yechish kerak bo„ladi.
Ko„rsatkichlar tizimidagi ichki bog„lanishlar tarkibini o„rganish katta ahamiyatga ega, negaki iqtisodiy ob‟ektning faoliyat ko„rsatish mexanizimini tushunib olish imkonini beradi, bu esa ko„pgina iqtisodiy tahlil masalalarining maqsadi hisoblanadi. Bu masalani korrelyatsiya tahlili natijalari asosida hal qilish (korrelyatsiya koeffitsiyentlari matritsasi) katta qiyinchiliklar bilan bog„liq, ayniqsa ushbu ko„rsatkichlar to„plami katta bo„lsa. Hodisalar o„rtasidagi nisbatan uzun zanjirli bog„lanishlarni, bu bog„lanishlarni umumiy sabablarinini aniqlash uchun kuzatish imkoniyatlari bo„lmaydi. Zamonaviy omilli tahlil ko„rsatkichlar o„rtasidagi ushbu bog„lanishlar tizimini shakllanishini bosh sabablarini sintetik omillar
ko„rinishida aniqlaydi va iqtisodiy qo„rsatkichlarni sintetik omillar bilan bog„lanishlarini kuzatib bu bog„lanishlar tarkibini anglab yetish imkonini beradi. Oxirgi tizim kichik o„lchamli va bog„lanishlarni ifodalanishini tartibga soladi, buning natijasida katta analitik ma‟noga ega bo„ladi.
Zamonaviy omilli tahlil yordamida sintetik omillarni aniqlash, ularni ushbu iqtisodiy ko„rsatkichlar tizimini harakatlari haqidagi asosiy ma‟lumotlarni ifodalashi, iqtisodiy hodisani ifodalashdagi o„lchash muammosini hal qiladi. Тahlilga yangi ko„rsatkichlarni kiritish faqat shunda maqsadga muvofiq bo„ladi, agar iqtisodiy tizimni faoliyati haqida qo„shimcha ahamiyatli ma‟lumotga ega bo„lsa, negaki yangi ko„rsatkichlarni tuzish uchun ma‟lumotlarni yig„ish va qayta ishlash moddiy va mehnat xarajatlari bilan bog„liqdir.
Zamonaviy omilli tahlil usullari bilan aniqlangan sintetik omillar korxona faoliyatining yangi, bir muncha ko„proq ma‟lumotli kompleks ko„rsatkichlar bo„lib xizmat qilishi mumkin. Bunday ko„rsatkichlar xo„jalik faoliyati va ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik darajasini kompleks baholash uchun zarur bo„ladi, negaki ular barcha mavjud ma‟lumotlarni ifodalaydi.
Iqtisodiy tahlilda oxirgi umumlashgan statistik masala bo„lib, turli to„plamlardagi bog„lanishlar tarkibini qiyoslash hisoblanadi. Qiyoslash kenglik (maydon) va vaqt bo„yicha bo„lishi mumkin: kenglik bo„yicha qiyoslashda turli xo„jalik ob‟ektlari to„plamlarida turli ko„rsatkichlar tizimlarining ma‟lumotlar sig„imi va bog„lanishlar tarkibidagi farqlar o„rganiladi. Bunday qiyoslashlar bir to„plam asosida qilingan taxmin xulosalarni boshqa, o„zining ichki tarkibi bo„yicha birinchisiga o„xshash bo„lgan to„plamlarga ko„chirishni baholash imkoniyatini beradi.
Vaqtli qiyoslashlar iqtisodiy hodisani rivojlanishiga mos ravishda bog„lanishlaring tarkibini o„zgarish tendensiyasini aniqlaydi.
Adabiyotlarda ko„plik regressiya modellarini qiyoslash misollari keltirilgan. Omilli modellarni qiyoslash uchun transformatsiya tahlili usuli ishlab chiqilgan. Afsuski, bu usul iqtisodiy tahlilda qo„llanish topmadi.
Yuqorida keltirilgan jadvaldagi umumlashgan statistik masalalarni ajratish va tizimlashning ahamiyati shundan iboratki, ular analitik ishlarda matematik statistika usullarini qo„llash imkoniyatini beradi. Korxonaning xo„jalik faoliyati tahlilining har qanday masalasini yechishda umumlashgan statistika masalalariga to„g„ri keluvchi matematik-statistika usullaridan foydalanish mumkin va zarur.



Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish