Bog'liq 10.Matematik-modellashtirish-2013-oquv-qollanma-N.Rozmetova-R.Fayziyev-va-bosh
Stoxastik tahlil usullari
Iqtisodiy tahlilning aniqlangan umumlashtirilgan masalalarini yechishda matematik statistika usullaridan keng foydalaniladi.
Iqtisodiy tahlilda eng umumiy va xos bo„lgan statistik masala –ko„rsatkichlar o„rtasidagi bog„lanishlar mavjudligi, yo„nalishi va intensivligini o„rganishdir. Bu xo„jalik faoliyati natijalarini shakllashtirish qonuniyatlarini bilishning birinchi bosqichidir. Bog„lanish mavjudligi va kuchi haqidagi taxmin o„rganilayotgan ko„rsatkich qiymatlari
o„zgarishida umumiy qonuniyatlarni aniqlagan holatda qilinadi. Bunday umumiy qonuniyatlarni paydo bo„lish manbai turlicha bo„lishi mumkin – ko„rsatkichlar o„rtasidagi sabab-oqibat bog„lanishlari, umumiy omilga bog„liqligi, tebranish elementlarini tasodifiy mos kelishi. Iqtisodiy tahlilning vazifasi – iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy ko„rsatkichlari o„rtasidagi o„zaro bog„lanishlarning sifatli asoslarini ochib berishdir. Bog„lanishlarni stoxastik tekshirish korrelyatsiya tahlili usuli yordamida amalga oshiriladi
– korrelyatsiya koeffitsiyenti va nisbati orqali. Bunda dastlabki ma‟lumotlar xarakteridan kelib chiqqan holda korrelyatsiya tahlilining turli usullari qo„llaniladi: ko„rsatkichlar o„rtasidagi juft korrelyatsiyani sonli o„lchash shkalasi bo„yicha baholash; sifat ko„rsatkichlari o„rtasidagi bog„lanishlarni tahlil qilish uchun tutashgan matritsalar bo„yicha hisoblangan rang korrelyatsiyasi va koeffitsiyentlari; ko„rsatkichlar o„rtasidagi bog„lanishni tahlil qilish uchun kanonik korrelyatsiya; ikki ko„rsatkich o„rtasidagi bog„lanishni boshqa ko„rsatkichlar ta‟siri hisobga olinmagan holda o„rganish uchun xususiy korrelyatsiya; bir ko„rsatkichni argumentlar guruhi ko„rsatkichlaridan bog„liqligini baholash uchun ko„plik korrelyatsiyasi.
Bog„lanish nochiziq bo„lgan holda va ko„plik korrelyatsiyani o„rganishda bog„lanish zichligini (kuchini) aniqlash masalasi bog„lanishni analitik formasini o„rganish muammosi bilan birgalikda olib boriladi. Bog„lanishning analitik formasini aniqlash xo„jalik jarayonining natijaviy ko„rsatkichini qiymatini omilli ko„rsatkichlar ta‟siri ostida shakllanish qonuniyatini aniqlash yo„li bilan modellashtirishni bildiradi. Bu iqtisodiy tahlilda eng asosiy va murakkab vazifa bo„lib, stoxastik yondashishda regressiya tahlili usuli bilan yechiladi.
Ko„rsatkichlar o„rtasidagi bog„lanish intensivligi va analitik shaklini korrelyatsiya va regressiya tahlili usullari yordamida o„rganish iqtisodiy tahlil uchun ahamiyatli bo„lgan statistik masalani – tahlil qilinayotgan iqtisodiy hodisaga ta‟sir etuvchi omillarni ajratish (ranjirovka) va tavsiflash imkonini beradi. O„rganilayotgan hodisa uchun ahamiyatli va ahamiyati yo„q bo„lgan omillarni ajratish, iqtisodiy tizimlarning faoliyatini yetarli aniqlikda boshqarish imkonini beruvchi omillar guruhini aniqlash va
o„rganilayotgan hodisa yoki jarayonga ta‟sir o„tkazish intensivligi bo„yicha omillarni ajratish ham mumkin bo„ladi.
Maxsus adabiyotlarda va amaliy izlanishlarda vaqtli qatorlarning statistik o„rganish muammolarini hal qilish aniq o„rin egallagan. Iqtisodiy ko„rsatkichlarning vaqtli qatorlari kenglik to„plamlar bilan solishtirganida umumiy holda ikki xususiyatga ega – ko„rsatkichlarning qiymatini o„zgarishidagi tendensiya va iqtisodiy ko„rsatkichlarning darajasini davriy tebranishi o„rganilgan. Umuman olganda asosiy matematik-statistika usullari stansionar statistik qatorlarni tekshirish uchun mo„ljallangan bo„lib (xususan, bog„lanishlarni tekshirish usullari), bunda ko„rsatkich darajasini tizimli o„zgarishi tendensiyasi bo„lmaganligi uchun vaqtli qatorlardan bu tendensiyani yo„qotish masalasi yuzaga keladi. Bu maqsad uchun ko„pgina usullar ishlab chiqilgan. Тrendni yo„qotilganidan so„ng dinamika xarakteridan bog„liq holda endi dinamik jarayonlarni tahlil qilishning maxsus ishlab chiqilgan usullari yoki tanish bo„lgan analitik usullarning modifikatsiyasi qo„llaniladi.
Iqtisodiy ko„rsatkichlarning davriy tebranishini modellashtirish va tahlil qilish
xo„jalik faoliyatini boshqarishda, xususan ishlab chiqarishi mavsumiy xarakterga ega bo„lgan korxonalarda, savdoda va boshqa sohalarda katta ahamiyatga ega bo„ladi, Davriy tebranishlarni modellashtirish uchun spektral va garmonik tahlil usullari qo„llaniladi. Bunday izlanishlar rejalashtirish vazifalarini bir muncha aniq va asoslangan holda tuzib chiqish, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishni yaxshilash bo„yicha tadbirlarni aniqlashtirish imkonini beradi.