Тransport masalasini iqtisodiy qo‘yilishi va turlari
Faraz qilaylik, bir necha ishlab chiqarish korxonalarda bir xil mahsulot zaxiralari mavjud. Ularni iste‟molchilarga yetkazib berish zarur. Har bir ishlab chiqarish korxonasi taklif qiladigan mahsulotlarni hajmi, iste‟molchilarning talablari hajmi, har bir ishlab chiqaruvchidan har bir iste‟molchiga bir birlik mahsulot tashish uchun sarflanadigan transport xarajatlari ma‟lum.
3.1-rasm. Тransport masalasi turlari
Тa‟minotchilar (ishlab chiqaruvchilar) va iste‟molchilar orasida shunday optimal xo„jalik aloqalarni aniqlash kerakki, natijada iste‟molchilarning mahsulotlarga bo„lgan talabi ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatiga qarab qondirilsin va mahsulotlarni tashishga sarflanadigan transport xarajatlari eng kam bo„lsin.
Yuqoridagi masalani yechilishida transport modelidan foydalaniladi. Тransport modeli mahsulot turiga ko„ra bir mahsulotli va ko„p mahsulotli transport modellariga bo„linadi. (3.1-rasm).
Ko„p mahsulotli transport modeli o„z o„rnida o„zaro almashinuvchi va o„zaro almashishi mumkin bo„lmagan mahsulotlar uchun alohida tuziladi. Agar mahsulotlar o„zaro almashinuvchi bo„lsa, bu holda ularni shartli mahsulotga keltirib, oddiy, bir mahsulotli transport masalasi usullari bilan yechish mumkin. Masalan sut, sut mahsulotlarni tashish bo„yicha.
Mahsulotlarni iste‟molchilarga yetkazib berishdan avval, qayta ishlash jarayonidan o„tishi zarur bo„lsa, bu holda ko„p bosqichli transport masalasi hosil bo„ladi va xususiy usullar bilan yechiladi.
O„rganilayotgan davrga ko„ra statik va dinamik transport masalalari mavjud. Dinamik transport masalasini matritsaviy modeli blok shaklida tuzilib, vaqt omilini e‟tiborga oladi.
Ba‟zi bir masalalarda transport xarajatlaridan tashqari ishlab chiqarish xarajatlari ham e‟tiborga olinadi. Bu holda ishlab chiqarish transport masalasi hosil bo„ladi.
Ko„p bosqichli transport masalalari savdo korxonalarining joylashishi va rivojlanishi kabi muammolar, transport masalalarini yechish jarayonida vujudga keladi. Agar yuk bir xil bo„lsa va o„zining yo„lida bir necha bosqichni bosib o„tsa, masalan, yuk ta‟minotchidan omborga yuborilsa va u yerdan iste‟molchilarga bo„lib berilsa, bunday masala ko„p bosqichli, deb yuritiladi. Bunday masalalarni yechishda ikki holat yuz berishi mumkin:
А
B
C
Yuk, albatta ta‟minotchidan omborga yuborilgan va u yerdan iste‟molchilar o„rtasida taqsimlangan bo„lishi lozim. Bu xil masalaning chizmasi quyidagi ko„rinishga ega bo„ladi:
Yuk ta‟minotchidan to„g„ri iste‟molchilarga, shuningdek, ombor yoki qayta ishlash punktlari orqali yuborilishi mumkin. Bu xil masalaning chizmasi quyidagi ko„rinishga ega:
Birinchi va ikkinchi xildagi masalalar tekshirilayotgan ob‟ektning aniq qo„yilishida kelib chiqadi.
Masalan, 1 xildagi masala metallurgiya mahsulotlarini taqsimlashda, 2 xildagi masala esa qishloq xo„jaligida har xil yuklar jo„natilganda (sabzavot, don va boshqa xil qishloq xo„jaligi mahsulotlari) qo„llanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |