Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълимвазирлиги мирзо улуғбек номидаги



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/192
Sana13.05.2022
Hajmi4,25 Mb.
#603391
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   192
Bog'liq
IV qism

 
 Dars 
bosqichlari 
Mazmuni 
1. 
 
 
 
 
 
 
 
2. 
 
 
 
 
 
 
 
3. 
 
 
 
 
 
 
4. 
 
 
 
 
 
Tashkiliy

 
CHaqiruv
 
 
 
 
Anglash.
 
 
 
 
 
 
Mulohaza. 
 
 
 
 
 
Uyga vazifa. 
 Bu 
bosqichda
odatdagi 
amal(davomat, 
darsga 
tayyorgarlikni aniqlash)lardan tashqari, mikroguruxlarni 
shakllantirish, 
darsning 
aniqlashtirilgan 
o‗quv 
maqsadlarini muhokama qilish, lozim topilsa, ularni 
o‗quvchilar 
taklifini 
e‘tiborga 
olgan 
holda 
takomillashtirish hamda yakdillik bilan qabul qilinishiga 
erishish, yangi mavzu materialini o‗rganishga oid o‗quv 
motivlarini shakllantirish tavsiya etiladi
 
CHaqiruv 
bosqichida 
o‗qituvchining 
qisqacha 
axborotidan so‗ng
,
mikroguruxlarda ish tashkil qilib 
yangi o‗tiladigan mavzu bo‗yicha talabalardagi mavjud 
axborot faollashtiriladi. Bunda aqliy hujum, klaster, 
«Bilaman- Bilishni hoxlayman- Bilib oldim»(B-B-B) 
jadvalining 
«Bilaman» va «Bilishni hoxlayman» 
qismlarini 
to‗ldirish 
kabi 
o‗qitishning 
interfaol 
strategiyalaridan foydalanish yaxshi samara beradi. 
Anglash 
bosqichida
o‗qituvchining 
qisqacha 
axborotidan so‗ng, o‗quvchilar mikroguruhlar tarkibida 
o‗quv materialini mustaqil o‗zlashtiradilar. Bu bosqichda 
Bunda (B-B-B) jadvalining «Bilib oldim » qismini 
to‗ldirishda zigzag-1 va zigzag-2 matnni insert usulida 
o‗qish, ikki qismli kundalik kabi interfaol strategiyalardan 
foydalanish maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Mulohaza
(fikrlash) bosqichida
esa, yangi bilimlar 
umumlashtiriladi va mustahkamlanadi, o„zlashtirilgan 
yangi bilimlar darsning o„quv maqsadlari bilan 
taqqoslanadi, 
ularga 
erishilganlik 
darajasi 
tahlil 
qilinadi. O„quvchilarning mikroguruxlar tarkibidagi 
faoliyati hamda etakchi o„quvchilarning faoliyatlari 
rag„batlantiriladi.
Bu bosqichda 
uyga vazifa berish bilan dars yakunlanadi. 
Uyga beriladigan vazifaning mazmuni faqat yodlab- 
so‗zlab (ko‗rsatib) berishnigina emas, balki o‗quvchilarni 
umumlashtirish, 
taqqoslash 
farqlash, 
turkumlash, 
guruxlarga ajratish, mavzuga oid tayanch so‗zlarni 
aniqlash, matnning biror parchasiga sarlavha qo‗yish kabi 
fikrlashga undovchi savol va topshiriqlardan ham iborat 
bo‗lishini nazarda tutish lozim. 


216 
TALABALARNING MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISHDA 
MUSTAQIL FIKRLASHNING AHAMIYATI 
Abdieva Dilfuza Kurbanovna (QMII). 
 
O'quvchi-talabalarning mustaqil ishlashi o'qitish jarayonining ajralmas 
qismidir. Mustaqil ishlash tafakkur, ko'nikma va malakalarning rivojlanishiga 
yordam beradi, shaxsning irodasini chiniqtiradi. Talabalarning mustaqil tahsili 
ularning o'z bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, mavjud malaka va 
ko'nikmalarni takomillashtirish hamda ularning yangilarini o'zlashtirishga 
bo'lgan intilishi hisoblanadi.
Mustaqil ishlarni bajarishda ta'lim tarbiya jarayonida mustaqil 
fikrlashga ega bo'lgan shaxslarni kamol toptirish bugungi kun oldida turgan 
asosiy vazifadir. 
Mustaqil fikrlash borliq, voqelikni idrok etish usuli sifatida tafakkur 
jarayonining maxsuli bo'lishi lozim. u faoliyat bilan bog'lik bo'lib, mustaqil 
ish jarayonida shakllanadi. Shuning uchun o'quvchining fikrlash qobiliyati
uning fahm-farosati, aql-zakovati, zehnini oshirish uchun ta'lim-tarbiya 
jarayonini aynan shu masalani hal etishga qaratish kerak. 
Ta'lim-tarbiya 
jarayonida 
o'quvchilarining 
mustaqil 
fikrlashga 
o'rgatishga quyidagi vazifalarni belgilab olish maqsadga muvofiq: 
- o'quvchilarning mustaqil fikrlashga o'rgatishning nazariy-metodologik 
jihatlarini tavsiflash; 
- o'quvchilarning mustaqil fikrlashga o'rgatishda tarixiy tajibalarni 
o'rganish; 
- o'quvchilarning mustaqil mushohada yuritishga o'rgatishning 
metododogik xususiyatlarini belgilash; 
- o'quvchilarning mustaqil fikrlashga o'rgatishda o'quv materiallari va 
ta'lim modellarini aniqlashning didaktik asoslarini belgilash; 
- o'quvchilarning mustaqil fikrlashga o'rgatishda ta'lim-tarbiyaviy 
ishlarning mazmuni, shakli, vosita, usul va metodlarini aniqlash va ularni 
pedagogik jihatdan asoslash; 
- o'quvchilarning mustaqil fikrlashga o'rgatishni nazariy yondashuvlar 
hamda ilmiy metodik tavsiyalar bilan boyitish. 
Mustaqil ishning asosiy maqsadi talabalarning shaxsiy va kasbiy 
sifatlarini o'stirishdir. Mustaqil tahsilning vazifalari: shaxsning intellektual 
imkoniyatlarini yangilash, ularning g'oyaviy-nazariy saviyasini oshirish, 
kasbiy mahorati va madaniyatini takomillashtirish. Mustaqil ish bo'yicha 
bajariladigan ishlar izchilligi va maqsadga muvofiqligini ta'minlash 
maqsadida uning rejasi tuziladi. Rejaga quyidagi talablar qo'yiladi: 
a) rejalashtirilgan ishlarning hajmi va oldinma-ketinligi; 
b) ularning bajarilish muddatlari; 
v) mustaqil faoliyatning har bir turiga maqsadli ko'rsatmalar berish. 
Mustaqil ishning asosiy metodi adabiyotlar ustida individual ishlashdir. 
Bu ishda axborotlar ichidan eng muhimini topish, unga to'g'ri baho berish, 
ushbu axborotdan o'zining kasbiy faoliyatida foydalanish malakasini 
shakllantirish. Mustaqil tahsilning asosiy maqsadi talabalarni ijodiy izlanishga, 
o'zi ustida ishlash, har tomonlama tadqiqot yuritishning mohiyatini anglashga 


217 
tortishdir. Mustaqil ishlarni samarali tashkil etishning asosiy shartlari 
quyidagilardan iborat. 
a) mustaqil ishlarning ilmiyligi, uning tadqiqiy xarakteri; 
b) mustaqil ravishda o'z bilimlarini yanada oshirib borishga bo'lgan
ehtiyojning shakllanishi; 
v) mustaqil ishlar vazifalarini individuallashtirish; 
g) mustaqil ishlarni tashkil etishga metodik rahbarlik qilish. 
Mustaqil ishlarni bajarish orqali bilishga bo'lgan qiziqishlar keng, 
barqaror va shijoatli tus oladi. Bilish faoliyatiga qaratilgan va u bilan 
bog'langan o'qish, mutoala qilishga qiziqish rivojlanadi, ishda fikrni jamlash 
malakasi, mantiqiy eslab qolishning turli usullaridan foydalanish shakllanadi. 
Aqliy faoliyat nisbatan faol, mustaqil va ijodiy xarakter oladi. 
Fikrlash faoliyati – umumlashtirish va abstraksiyalashning oliy 
darajasiga ko'tariladi, hodisalarning sababiy bog'lanishlari yo'nalishini 
oshiradi, unda ahvolni asoslash va nisbatan malakasi shakllanadi, fikrlashda 
tanqidiylik rivojlanadi. Fikrlash faoliyatining rivojlanishi nazariy tafakkurning 
shakllanishiga, tabiat va jamiyatning umumiy qonunlarini bilishga, falsafiy 
kategoriyalarni o'zlashtirishga bo'lgan qobiliyatning shakllanishiga omil 
bo'ladi.

Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish