266
paydo
bo‘layotgan chiqindilar atrof-muhitni, yerni, suvni, havoni,
ifloslantirmoqda. O‘quv-tarbiya jarayonidagi xilma-xil shakllar atrof-muhitni
muhofaza qilishga oid faoliyatning tabiatning yashashi hamda qonuniyatlarni
o‘rganish bilan qo‘shib olib borishga imkon beradi. Bunda o‘qituvchining
munosabat va faoliyatini yo‘naltiruvchi pedogogik jarayon markazida atrof-
muhitga oid axloqan ahamiyatli bo‘lgan xususiyatlar
hamda undan oqilona
foydalanish, tiklash va o‘zgartirish masalalari turishi kerak. Kimyo, ekologiya,
atrof-muhit muhofazasi va hatto boshlang‘ich ta‘limidagi muvozanat
insoniyatning mehnat faoliyati orqali buzilib borayotganligi, bu esa odamlar
sog‘ligiga, hayotiga va kelajakdagi faoliyatiga katta singdirilishi zarur. Quyidagi
keltirilayotgan faktlardan dars jarayonida unumli foydalangan holda hamda
ko‘rgazmali vositalar, diafilmlar, kompyuter texnologiyalari asosida tayyorlangan
materiallardan foydalanish har bir o‘quvchi-talabani o‘ylantirishi,
qiziqtirishi
tabiiy holdir.
Hozirgi paytda ma‘lum bo‘lgan olti million kimyoviy birikmalardan besh
yuz mingtasi amalda qo‘llanilmoqda. Shundan qirq mingtasi insonlar
salomatligiga zarar keltiradi va o‘n ikki mingtasi o‘ta zaharli hisoblanadi.
Energiya ishlab chiqarish har o‘n ikki yilda ikki barobar,
mahsulot ishlab
chiqarish esa har o'n besh yilda ikki barobarga oshmoada. Yer qa‘ridan har yili
100 mlrd tonna
foydali qazilmalar olinmoqda, 800 mln tonna metallar quyiladi,
60 mln tonna sintetik materiallar, 500 mln tonna mineral o'g'itlar va 3 mln tonna
zaharli kimyoviy moddalar ishlab chiqariladi. Har yili suv hovzalariga 700
mlrd.m
3
qayta ishlangan chiqindi suvlar tashlanadi. Yer atmosferasiga har yili
250 mln tonna chang, 200 mln tonna azot oksidlari, 50 mln tonna uglevodorodlar
va 20 mln tonna uglerod (II) oksidi tashlanadi. Yiliga dunyo okeaniga 12-15 mln.
tonna neft to‘kiladi, 5 mlrd tonna ko‘mir, 3,2 mlrd tonna neft yoqiladi.
Kimyo sanoati ichimlikka yaroqli suvni eng ko‘p sarflashi hammaga
ma‘lum, shuning uchun sanoat korxonalarini suv manbalariga yaqin hududlarga
joylashtiriladi. Kapron tolasi ishlab chiqaradigan sanoat korxonasi aholi soni 120
ming kishi bo‘lgan shahar suvini yirik elektrokimyoviy kombinatlari esa 800
ming aholiga yetadigan suvni sarflaydi.
Dunyo bo‘yicha atrof-muhitni,
havoni iflos qilmaslik, ichimlik suvi
manbalariga turli oqavalarni oqizishga qarshi kurash avj olgan hozirgi paytda
―Avesto‖dagi ekologiyaga doir fikrlar ham katta nazariy va amaliy ahamiyatga
ega. Unda bitilgan shaharlarni, mahalla gulzorlarni obod etish,
ariq va hovuzlar
atrofini pokiza tutish, u yerlarda mol boqmaslik, mozorlar atrofiga archa, sandal
daraxtlar o‘tqazib u yerlarga mevali ko‘chatlar o‘tqazmaslik kabi maslahatlarga
ham shu kecha-kunduzda kishilar amal qilishi koni foyda o‘gitlar ekanligini
yoshlarimizga uqtirmogimiz lozim.
Atrof-muhit monitoringi asosida kimyo, ekologiyaga oid fanlarni o‘qitish
ta‘lim va tarbiya sohalari bilan qo‘shib olib borilishida quyidagi mezonlarni
nazarda tutish maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb hisoblaymiz:
1.
Mavjud bo‘lgan va o‘rganilgan ekologik o‘zgarishlarning
sababi va
oqibatlarini baholash;
2.
Ekologik о zgarishlarning asosiy omili inson faoliyati natijasi ekanligini
tushuntirish;
267
3.
Har bir о‘quvchi-talaba o‘zi yashayotgan muhitdagi ekologik o‘zgarishlarning
mavjud darajasini to‘g‘ri baholay olishi;
4.
Har bir о‘quvchi-talabaning o‘z oilasi, hovlisi, mahallasi hududidagi tuproq,
suv, oqava suvlar to‘g‘risida batafsil ma‘lumotga ega bo‘lishi va ularda
bo‘lgan kamchiliklarni tuzatishda faol ishtirok etishi va o‘zi qatori yoshlami
ham unga jalb etishda ishtirok qilishi.
5.
Shahar yoki qishloqda yashayotgan har bir inson o‘zini atrof-muhit muhofazasi
va ekologiyaga bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal qilishga yoki qisman
bo‘lsada ulush qo‘shishga mas‘ul ekanligini unutmasligi lozim bo‘lishi shart.
6.
Talaba yoshlarning ekologik bilimlami o‘rganishga bo‘lgan
ehtiyoji va
qiziqishlarining qanday darajada ekanligini o‘rganish va har bir o‘quvchi
talabaga bu masalada individual topshiriqlar berib, uning ijrosini ham doimiy
nazorat qilish.
7.
Ekologik о‘zgarishlarning oldini olish va turli-tuman xaflami bartaraf etishga
baholi qudrat hissa qo‘shish hamda ushbu jarayonda faol ishtirok etish.
Kimyo, ekologiya va tabiat haqidagi fanlarni o‘qitishda ta‘lim dasturi va
standartlariga amal qilgan holda biz yuqorida qayd etib o‘tgan turli ljtimoiy
ekologik faktorlar va mezonlardan ham foydalanilsa
dars samaradorligi yanada
oshadi.
anfaatdorlik bo‘lgandagina sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: