UZLUKSIZ TA‟LIM TIZIMIDA OMMAVIY SPORT HARAKATINING
TASHKILIY VA BOSHQARUV ASOSLARI
B.K.Namozov. o‟qituvchi, SamDAQI
M. Abduazizova. 201-QXALTE guruhi talabasi, SamDAQI
Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq vatanimiz ravnaqi va xalqimiz
farovonligini ta‘minlashning muhim sharti bo‘lgan har tomonlama sog‘lom va
barkamol avlod tarbiyasiga jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish
ishlariga kirishildi. Davlatimiz rahbarining sog‘lom avlodni voyaga yetkazish
haqidagi qarashlarida har tomonlama erkin va mustaqil fikrlaydigan, o‘z kuchi va
imkoniyatlariga tayanadigan, vatan va xalq manfaati uchun butun borlig‘i bilan
kurasha oladigan insonlarni tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sport harakatining
o‘rni va ahamiyati beqiyos ekani o‘z ifodasini topdi.
Avvalo, o‘quvchi-yoshlarda jismoniy tarbiya va sportga katta ishtiyoq va
qiziqish uyg‘otib, ularni bu sohaga uzluksiz jalb qila oladigan, milliy ta‘lim tizimi
doirasida o‘tkaziladigan, yoshlarni sog‘lomlik, komillik va go‘zallik g‘oyalari
ruhida tarbiyalaydigan ommaviy sport harakatini shakllantirish zarur edi.
Prezident Islom Karimov boshchilgida ishlab chiqilgan ―Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi‖ga muvofiq ta‘lim modeli asosida, o‘quvchi-yoshlarni jismoniy
tarbiya va sportga uzluksiz jalb qiladigan, umumta‘lim maktablari, akademik
litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari hamda oliy talim muassasalari
talabalarining ―Umid nihollari‖, ―Barkamol avlod‖, ―Universiada‖ ommaviy
sport musoboqalarini o‘z ichiga olgan uch bosqichli yagona tizim tashkil qilindi
va amaliyotga joriy etildi.
Ommaviy sport harakati milliy modeli quyidagi tamoyillarga asoslandi:
-aholining barcha qatlamlarini kundalik sport harakatiga jalb etib, sog‘lom
turmush tarzini ta‘minlash va millat genofondini sog‘lomlashtirish;
-
mamlakat aholisining yoshi, hayotiy ko‘nikmasi, bilimi, ijtimoiy holati,
imkoniyati, sharoiti, mustaqil harakatlanishining inobatga olinganligi;
-
model barcha bo‘g‘inlari uzviy va mantiqiy bog‘langanligi;
-
modelda belgilangan ratsional maqsad aholi o‘rtasida sog‘lom turmush
tarzini ta‘minlashning funksional maqsadiga ta‘sir etishi va zanjirsimon siklga
egaligi;
-
modelning funksional maqsadi amalga oshishi bilan o‘quvchi va talaba-
yoshlar orasidan yuqori malakali, vataniga mehr-muhabbati yuksak, o‘z
mamlakati obro‘si uchun munosib bo‘la oladigan iqtidorli sportchilar yetishib
chiqishi.
Mazkur tizim 5 ta bo‘limdan tashkil topib, maktab yoshigacha bo‘lgan
bolalarni, umumta‘lim maktablari o‘quvchilarini, o‘rta maxsus kasb-xunar ta‘limi
tizimidagi yoshlarni, oliy ta‘limdagi talabalarni hamda ishlab chiqarish
sohasidagi va undan tashqaridagi barcha yoshdagi fuqarolarni jismoniy tarbiya va
ommaviy sport o‘yinlariga jalb qilish, ularning sog‘lomlik darajasini sport
harakatlari orqali oshirishga qaratildi.
Birinchi bo‘limning asosiy funksional maqsadi -maktab yoshigacha bo‘lgan
bolalarda birlamchi jismoniy harakat ko‘nikmasini dastlab oila, bog‘cha va
mahallada shakllantirish, bolalarda har kuni sport bilan shug‘ullanish
ko‘nikmasini xosil qilish.
229
Ushbu bo‘limning funksional maqsadi xalq ta‘limi vazirligi, hokimliklar,
―Bolalar sportini rivojlantirish‖, ―Sog‘lom avlod uchun‖, ―Maxalla‖
jamg‘armalari va boshqa tashkilotlar orqali amalga oshiriladi.
Ikkinchi
bo‘limning funksional maqsadi - umumiy o‘rta ta‘lim tizimi
o‘quvchilarining dastlabki jismoniy harakat ko‘nikmalarini jismoniy tarbiya
darslarida va musoboqalarida mustahkamlash hamda ularning sportga bo‘lgan
mehrini uyg‘otish orqali jismoniy sog‘lomligini ta‘minlash. ―Umid nihollari‖
sport musoboqalari, maktab va maktabdan tashqari sport to‘garaklari faoliyati
orqali o‘quvchilarning sport turlariga qiziqishini kuchaytirish. O‘quvchilarning
sport turlari bo‘yicha qobiliyatlarini aniqlash, iqtidorli yoshlarni bolalar va
o‘smirlar sport maktablari hamda olimpiya zahiralari sport kollejlariga
yo‘naltirish.
Ushbu funksional maqsadlar xalq ta‘limi vazirligi, Madaniyat va sport
ishlari vazirligi, hokimliklar, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, ―Bolalar sportini
rivojlantirish‖, ―Sog‘lom avlod uchun‖, ―Mahalla‖ jamg‘armalari va boshqa
tashkilotlar orqali amalga oshiriladi.
Uchinchi bo‘limning
funksional maqsadi - kasb-hunar ta‘limi tizimidagi
o‘quvchilarining jismoniy qobiliyatlarini namoyish etish, jismoniy tarbiya va
sport kundalik extiyojiga aylangan o‘quvchilarning ―Barkamol avlod‖ sport
musoboqalarida faol ishtirokini ta‘minlash.
Ushbu funksional maqsadlar Madaniyat va sport ishlari vazirligi,
hokimliklar va Milliy Olimpiya qo‘mitasi, ―Bolalar sportini rivojlantirish‖,
―Sog‘lom avlod uchun‖, ―Mahalla‖ jamg‘armalari va boshqalar orqali amalga
oshiriladi.
To‘rtinchi bo‘limning
funksional maqsadi- oliy ta‘lim muassasalari
talabalarining umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi tizimida sport
turlaridan to‘plagan tajriba va mahoratlarini ―Universiada‖ sport musoboqalarida
yanada faollashtirish, talabalarning jismoniy va ma‘naviy salomatligini
mustahkamlash, ular orasidan yuqori malakali sportchilarni yetishtirishdan iborat.
Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi,
hokimliklar, Milliy Olimpiya qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar orqali ushbu
funksional maqsadlarni amalga oshirish belgilandi.
Beshinchi bo‘limning funksional maqsadi- ta‘lim tizimida jismoniy tarbiya
va sport harakatida toblanib, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohaga o‘tgan
mutaxassislarning sportga bo‘lgan ehtiyojlarini sohalar bo‘yicha sport
musoboqalari, oilaviy va boshqa o‘yinlar orqali qondirish hamda jamiyatda
sog‘lom turmush darajasini mustahkamlash.
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va hokimliklar, Madaniyat va sport ishlari
vazirligi, ―Bolalar sportini rivojlantirish‖, ―Sog‘lom avlod uchun‖, ―Mahalla‖
jamg‘armalari va boshqa tashkilotlar orqali ushbu funksional maqsadning amalga
oshirilishi belgilandi.
Xulosa qilib aytganda bu tizim o‘quvchi yoshlarni sportga ommaviy jalb
qilishda uzviylik va doimiylik, maqsadlilik va samaradorlik tamoyillariga
asoslanib, quyidagi natijalarga erishishni ko‘zda tutadi:
-sog‘lom turmush tamoyillarini yoshlarning qalbi va ongiga singdirish
hamda kundalik ehtiyojiga aylantirishga yo‘naltirilgan tegishli tizimda va
boshqaruv mexanizmini yaratish, ular orqali hududlarda ommaviy sport
harakatlarini shakllantirish.
230
Do'stlaringiz bilan baham: |