Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълимвазирлиги мирзо улуғбек номидаги


ITELLEKTUAL VA IJODIY SIFATLARNING BARKAMOL



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/192
Sana13.05.2022
Hajmi4,25 Mb.
#603391
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   192
Bog'liq
IV qism

 
ITELLEKTUAL VA IJODIY SIFATLARNING BARKAMOL
SHAXSNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI 
ADU Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish markazi direktori Z.E Azimova 
pedagogika kafedrasi o‟qituvchisi F. Ehsonova
 
Shaxsning intellectual salohiyati shakllanishida unga berilayotgan ta‘lim-
tarbiyaning mazmuni, metodlari va vositalari bolaning yosh xususiyatlariga 
muofiq qilishi muhim hisoblanadi. O‗qituvchi o‗quvchilarning ruhiy xususiyatlari 
bilan birga yosh xususiyatlarini ham bilishi, ma‘lum yoshdagi o‗quvchilarning 
diqqat, xotira, tafakkur layoqatlarini inobatga olish asosida faoliyat tashkil etish 
lozim. Shaxsning aqliy va jismoniy kamolotida doimo ilgariga qarab rivojlanish 
ro‗y beradi. Bolaning jismoniy va ruhiy kamoloti qaror topib borar ekan, bir 
qancha bosqichlarni bosib o‗tadi. 
Bola va kattalar o‗rtasidagi muomila faol jarayondir. Mazko‘r jarayonda 
kattalar faqatgina o‗rgatuvchi bo‗lib qolmasliklari lozim. Bolaning bu 
jarayondagi faol ishtirokini ta‘minlashga alohida ahamiyat berish kerak. 
Shundagina u o‗z harakatlarini o‗zi iroda qilishga, o‗z faoliyati mazmunini tahlil 
qilishga o‗rganadi. Bola mustaqil fikrlaydi, o‗ylab ish tutadi, o‘ning ongi o‗sa 
boshlaydi. 


221 
Kichik yosh davri. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolaning tafakkuri – 
aniq tafakkur bo‗lib, u nimalarni idrok etsa yoki tasavvur qilsa, o‗sha narsalar 
haqida fikr yuritadi. Shu bois bola uchun mavhum voqea-hodisalar to‗g‗risida 
gapirilganda, ularning o‘ avval o‗zlashtirishga muvaffaq bo‗lgan voqea-
hodisalarga nisbatan qiyoslab tushuntirish maqsadga muvofiqdir. 
Atrofdagilar bilan muomalada bo‗lish asosida bolada ma‘naviy qarash 
shakllanadi: endilikda ular turli xarakatlarni ―yaxshi‖, ―yomon‖ deya baholab 
boradilar.
Kichik maktab yoshidagi 6 va 7 yoshga to‗lgan bola (ushbu yosh bir 
nechta mutafakkir olimlar tomonidan dastlabki ―etuklik yoshi‖ sifatida e‘tirof 
etilgan) jismoniy va ruhiy xususiyatlariga ko‗ra maktabda ta‘lim olish uchun to‗la 
tayyordir. 
Kichik maktab yoshi o‗quvchilarining fikrlashi obrazli bo‗ladi. Shu bois 
ularga kinoya, kesatish samara bermaydi. O‗qitish ko‗rgazmali qurollar, vositalar 
yordamida tashkil etilishi kerak. Materialni tushuntirishda uning obrazli, ifodaviy 
bo‗lishiga erishish lozim. Ularning kayfiyatiga o‗qishdagi yutuqlari, olgan 
baholari, shuningdek, amalga oshirgan ijobiy ishlari ta‘sir qiladi. Shu bois 
o‗quvchi tomonidan unga berilayotgan e‘tibor bola uchun alohida qimmatga ega. 
Uning har bir harakati o‗qituvchining e‘tiroziga sabab bo‗lsa, unda o‗qish istagi 
yo‗qoladi. Maktab ta‘limidan ko‗ngli soviydi, o‗qituvchidan qo‗rqqanidan 
yolg‗on gapira boshlaydi. Bu hol doimiy takrorlanaversa, qo‗rqoqlik va 
yolg‗onchilik uning asosiy hislati bo‗lib qoladi. O‗qito‘vchi tanbehi oqilona 
bo‗lib, bola sha‘nini yerga urmasligi kerak. Kichik maktab yoshidagi o‗quvchilar 
turli munosabatlarda bo‗lishga intiladilar, o‗rtoqlari bilan aloqada turg‗unlik 
yuzaga kelmagan, birgina o‗rtoqdan ko‗ra, ko‗pchilik bilan o‗ynashini afzal 
ko‗radilar. 
O‗smirlik davri. Yoshlarni intellektual rivojlantirishda o‗smirlik davriga 
alohida ahamiyat berish lozim. Shaxs rivojlanishidagi eng murakkab davr bo‗lib, 
u o‗tish davri deb ham ataladi. O‗tish davri bolalikdan balog‗at davriga o‗tishni 
ifodalaydi. O‗smirlik yoshining murakkabligi uning anatomik-fiziologik va 
psixologik xususiyatida ro‗y berayotgan o‗zgarishlar bilan bog‗liq. O‗smirning 
faoliyatida o‗qish muhim o‗rin tutadi. O‗qish odatdagi ishga aylanib qolganligi 
uchun o‗quvchi-talablarning ortib borayotganligiga o‗smir befarq munosabatda 
bo‗ladi. Fanlarni o‗zlashtirishda qisman ―pastlash‖ holati kuzatiladi. Ammo 
mustaqil topshiriqlarni bajarishda ijodiy faoliyat ko‗rsatishda ularning zukkoligi 
seziladi. O‗smir intizomida salbiy holatlar ko‗rina boshlaydi. Bu hol uning 
mustaqil bo‗lishiga intilishi asosida yuzaga keladi. Agar o‗qituvchi o‗quvchi 
xususiyatini yaxshi bilmasa, qo‗yilayotgan talablarda birlik, yaqinlik bo‗lmasa 
hamda ular asoslab berilmasa, o‗smirda kattalarga bo‗ysinmaslik kabi salbiy 
xususiyatlar qaror topadi va uning xarakter xususiyatiga aylanadi. O‗smir 
o‗quvchining e‘tiborini o‗qishdan tashqari ishlar o‗ziga jalb qiladi.
Jamoat ishlariga o‗smirlarni faol jalb etish ularda ijtimoiy faollik, 
tashabbuskorlik kabi fazilatlarni tartiblantiradi. O‗smir uchun tengdoshlarining 
e‘tibori, jamoaning fikri unga ota-ona va o‗qituvchi fikridan ham ko‗proq ta‘sir 
qiladi. Shuning uchun u tengdoshlari o‗rtasida obro‗ orttirishga, liderlikka 
intiladi. Agar u o‗zini o‗qish va jamoa ishlarida ko‗rsata olmasa, yomon hulqli 
o‗quvchi bo‗lib tanilishiga ham rozi. Bu esa aksariyat hollarda o‗smirni kriminal 


222 
mikromuhitga tomon yetaklab borishi ham mumkin. Bu kabi holatlarning oldini 
olishda eng to‗g‗ri yo‗l- har bir o‗smir uchun o‗z kuchi va imkonyatlariga loyiq 
jamoa topshirig‗ining o‗zining berilishidir. Shundagina o‗smir jamoa uchun 
kerakligini anglaydi. 
O‗smirda o‗z his-tuyg‗ularini idora qila olish layoqati endi-endi shakllana 
boradi. Bu uning hulqida namoyon bo‗ladi: o‗zining, har narsaga jahli chiqish, 
qo‗pollik holatlari tez-tez yuz beradi. o‗smirlarning bu xususiyati ko‗proq bahs-
munozara jarayonida ko‗zga tashlanadi. Garchi o‗z fikri asosli bo‗lmasada, uni 
ma‘qullashga urinadi. 13-14 yoshlarda o‗smirlarda burch hissi, mas‘uliyat 
tuyg‗usi o‗sadi, bir muncha vazminlik paydo bo‗la boshlaydi. Bu davrda 
o‗smirda maqsadga intilish, o‗zi uchun ideal tanlash istagi vujudga keladi. 
O‗smirlarda axloqiy e‘tiqod, qarash kabi sifatlar tarkib topadi. O‗smir hayotida 
xayol alohida rol o‗ynaydi. O‗qituvchining vazifalaridan biri uning xayoliy 
dunyosini maqsadli ishlarga yo‗naltirishdan iboratdir.
Demak, o‗smir bilan munosabatda bo‗lishda sabr-toqat, vazminlik zarur. 
Unga mustaqillik berish, buyruq emas, aksincha, maslahat berish bu yoshdagi 
o‗quvchilarni to‗g‗ri tarbiyalashning garovidir.
O‗spirinlik davri. O‗spirinlik davri jismoniy o‗sishning tinch davri 
sanaladi. Shu boisdan o‗smirlardan farqli ravishda o‗spirinlar faoliyatida 
romantik his-tuyg‗ulardan ko‗ra ko‗proq realizm muhim o‗rin tutadi. 
O‗spirinlarda organlarning tarkib topishi va organizm to‗qinmalaridagi 
takomillashish nihoyasiga yetadi. Ular jismoniy kuchini xushbichim va sog‗lom 
bo‗lganliklari tufayli tetik va quvnoq hayot kechirishga harakat qiladilar. 
O‗spirinlar miya hujayralarining tuzilishida ro‗y bergan takomillashish asab 
tizimi va faoliyat mazmunining o‗zgarishga olib keladi. O‗spirin faoliyatining 
asosiy turi o‗qish bo‗lib qolaveradi. Bilimlar hajmi kengayadi. Ular ijtimoiy 
munosabatlar, xususan, oila, moliyaviy, ma‘muriy, xo‗jalik, mehnat hamda jinoiy 
faoliyatlar mohiyatini teran tushunishga intila boshlaydilar. Shu sababli mazkur 
yosh davrida o‘larga ijtimoiy-ma‘naviy bilimlarni berish maqsadiga mo‘vofiqdir. 
O‗spirin nazariy-ma‘lumotlar mazmunini tahlil eta olish imkoniga ham ega. 
Oilaviy, xo‗jalik, oldi-sotti xarakterdagi munosabatlarni tashkil etish, maishiy va 
aloqa xizmatlari, shuningdek, jamoat transportidan foydalanish chog‗ida ularda 
ijtimoiy bilimlarni egallashga nisbatan ehtiyoj va qiziqish hosil bo‗ladi. Ehtiyoj 
hamda qiziqish o‗z-o‗zidan ijtimoiy faoliyatni tashkil etishga bo‗lgan rag‗batni 
yuzaga keltiradi. 
O‗spirin ijtimoiy munosabatlar mohiyatini anglashga, ular haqida chuqur 
mulohaza yuritishga intilar ekan, ularda axloqiy (ma‘naviy) tasavvur va idrok 
hosil bo‗ladi. Ixtiyoriy va barqaror diqqat esa, ularning ma‘naviy tafakkurining 
shakllanishiga imkon yaratadi, natijada ular ijtimoiy munosabatlar borasida 
mantiqiy va asosli fikr yurita boshlaydilar. 
O‗spirin yoshi o‗qo‘vchilari to‘rli o‗qo‘v predmetlarining nazariy va 
metodologik asoslarini egallashga intiladilar, fanlararo aloqadorlik va bog‗liqlik 
xo‘so‘siyatida fikr yo‘rita boshlaydilar. Sho‘ bois ta‘lim va tarbiyani tashkil 
etishda fanlararo aloqadorlikdan foydalanish maqsadga mo‘vofiqdir. Iqtisodiyot 
va ekologiya asoslari, mehnat hamda harbiy ta‘lim kabi predmet va maxso‘s 
ko‘rslar doirasida iqtisodiy, ekologik, mehnat va harbiy faoliyatlarining ma‘naviy 


223 
asoslari, oqibatlari to‗g‗risidagi ma‘lo‘motlarining berishini o‗spirinlarda 
ma‘naviy savodxonlikning vo‘jo‘dga kelishini ta‘minlaydi. 
O‗spirinlarda shaxsiy faoliyatni tashkil etishda mo‘staqillikka intilish yaqqol 
ko‗zga tashlanadi, bu esa ularda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mazmunini 
o‗zlashtirishda ijtimoiy faollik ko‗rsatish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Ularning 
o‗quvchilar o‗zini o‗zi boshqarish organlari, jamoatchilik tashkilotlari 
faoliyatidagi ishtiroki ana shu ehtiyojni qondirish yo‗lida muhim vosita bo‗lib 
xizmat qiladi. O‗spirinlarning ilm-fan, siyosat, texnika, sport, san‘at olami bilan 
bog‗liq qiziqishlari darajasini inobatga olib ommaviy axborot vositalari 
sahifalarida yoritilgan yuqori qayd etilgan sohalarga oid ijtimoiy mazmo‘ndagi 
xabar, eshittirish va ko‗rsato‘vlar tayyorlash o‗quvchilar ma‘naviy madaniyatini 
shakllantirishda yaxshi samaralar beradi. 

Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish