516
natijalar ko‘zga tashlanmoqda.Chet tillarini yanada chuqurroq o‘rgatish bugungi
kunda zamon talabiga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A Karimov tomonidan chet
tillarni yanada takomillashtirib o’qitish yuzasidan 2012-yil 10-dekabrda PQ-
1875 ya’ni “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu qarorga ko’ra
chet-tili
o’qituvchilariga zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya
texnоlogiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini joriy
etish va o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarda erkin so’zlasha
oladigan qilib tayyorlash ma’suliyati yuklatildi. Qaror bir necha banddan
iborat bo`lib, aynan qarorning to`qqizinch
bandida innovatsion
texnologiyalardan foydalanish haqida batafsil aytib o`tilgan.
Chet tillarni o'rgatish va o'rganish uzoq va mukammal jarayon. Kishidan
muntazam mehnatni va o'z ustida ishlashni talab qiladi. Zamonaviy
texnologiyalardan foydalangan holda o‘tilgan har bir dars o‘quvchilarning chet
tiliga qiziqishini kuchaytirib, fanni yanada chuqurroq o‘zlashtirishiga
xizmat
qiladi.Buning natijasida ular xorijiy tilda chuqur bilim va yetarli ko‘nikmaga ega
bo‘ladi, fikrlash doirasi kengayadi, Og'zaki nutq malakalarini o'stirish uchun
chet tillarni o'qitish jarayonida har xil interfaol o'yinlarni qo'llash maqsadga
muvofiq.
Innovatsiya bu- (ingilizcha) yangilik yaratish demakdir. Ya’ni
ananaviy ta’limdagi kabi bir xil qoliplar asosida emas, balki yangiliklar asosida
ta’lim jarayoning ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan ish shakildan foydalanib
tashkiletish uchun, avvalo, darsning rejasi va loyihasi
aniq ishlab chiqilishi
lozim. Dars rejasini tuzishda o’qituvchi o’zining ish shakillari va
o’quvchilarining ko’nikmani egallash jarayonidangi ishlari doirasini aniq
belgilab olishi lozim. Shu bilan birga u qanday o’qitish usullaridan foydalanishi
ham mihim ahamiyatga ega. Bunda ko’proq interfaol usullarga e’tiborni
qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Interaktiv usullar bu o’zaro harakat,
ya’ni hamkorlik asosida o’qitish demakdir. Turli o’yinlar asosida dars berish har
bir o’quvchini befarq qoldirmaydi. Bunday usullarning barchasida ham
o’qituvchi ham o’quvchi o’rtasidagi hamkorlik, o’quvchining ta’lim jarayondagi
faol harakati ko’zda tutiladi. An’anaviy
pedagogikada innovatsion
texnologiyaning muayyan usullari sifatida, masalan, Brain storming, case,
zigzag, cluster, project, method kabi turlarini qo‘llash katta natija beradi . “Brain
storming” usulini qo‘llash o‘ziga yarasha katta natija va samarani beradi.
Masalan doskaga yangi mavzuni yozishdan oldin o’quvchilarga savollar
beriladi.
Who is there in the picture?
What is his or her name?
What does does he or she do?
What kind of works did he or she write?
Va shunday savollar orqali mavzu aniqlanadi
517
Demak mavzu: “Famous people of the world ”.
O‘quvchilarga chet tillarini o‘qitishda qo‘shimcha manbalardan samarali
foydalanish, yordamchi o‘quv vositalari ko‘magida
ularning xorijiy tilga
qiziqish va munosabatini yanada yuksaltirish, har bir darsni interaktiv, usullarida
olib borish, darslardan so‘ng ularga qo‘shimcha mashg‘ulotlar berish va bu
jarayonda noan’anaviy uslublardan keng foydalanishni taqazo qiladi
Doyou remember some facts about famous person?Read and guess who
they are .
1. He was born in London but later he lived in the USA.He was a film actor. He
had a funny way of walking
(Charlie Chaplin).
3. She wrote 75 detective stories. She was known as theQueen of
Crime
Do'stlaringiz bilan baham: