Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон республикаси соғЛИҚНИ


MAVZUNI O‘QITISHDA PEDAGOGNING INNOVATSION



Download 6,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/521
Sana24.02.2022
Hajmi6,1 Mb.
#226464
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   521
Bog'liq
ТошПТИ-ўқув-услубий-конференция-6-январ-2017-й.

MAVZUNI O‘QITISHDA PEDAGOGNING INNOVATSION 
FAOLIYATI MASALALARI 
Ikramova Z.A. 
ToshPTI 
Мамlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan islox, uni zamonaviy 
talablar darajasiga ko‘tarish, kelajak uchun barkamol avlodni tarbiyalash ishlari 
Davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biridir.O‘quv jarayonini to‘g‘ri 
tashkil qilish o‘qitish samaradorligini ta’minlovchi eng asosiy manba 
hisoblanadi. O‘qitish jarayonida pedagogik texnologiyalar asosida talabalar 


208 
oldiga qo‘yilgan asosiy o‘quv maqsadi (kasbni egallash, malaka va 
ko‘nikmalar hosil qilish) amalga oshiriladi. Ushbu pedagogik jarayonda 
pedagogning innovatsion faoliyati alohida o‘rin tutadi. 
A.I.Prigojin innovatsiya degani, muayyan ijtimoiy birlikka – tashkilotga, 
aholiga, jamiyatga yoki guruhga yangi, nisbatan turg‘un unsurlarni kiritib 
boruvchi maqsadga muvofiq o‘zgarishlardir deb tushuntiradi. Bu innovator 
faoliyatidir.Yangilik kiritishning sotsial-psixologik aspekti amerikalik innovator 
E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni 
qatnashchilarining 
toifa (tip)lari tasnifini, uning yangilikka bo‘lgan 
munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi. 
Tadqiqotchilar A.I.Prigojin, B.V.Sazonov, V.S.Tolstoy, A.G.Kruglikov, 
A.S.Axiyezer, N.P.Stepanov va boshqalar innovatsion jarayonlar tarkibiy 
qismlarini o‘rganishning ikki yondashuvga ajratadilar: yangilikning individual 
mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o‘zaro ta'siri mikrosathi.
Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g‘oya 
yoritiladi. Ikkinchi yondashuvda esa alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning 
o‘zaro ta'siri, ularning birligi, raqobati va oqibat natijada birining o‘rnini 
ikkinchisi egallashi yotadi.
Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning 
davriyligi konsepsiyasini farqlaydilar. Pedagogikaga oid adabiyotlarda 
innovatsiya jarayoni tuzilmasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1. Yangi g‘oya tug‘ilishi yoki yangilik konsepsiyasini paydo qilish 
bosqichi, u kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi.
2. Ixtiro qilish, ya'ni yangilik yaratish bosqichi. 
3. Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llay bilish bosqichi. 
4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.
5. Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu 
bosqichda yangilik o‘zining yangiligini yo‘qotadi, uning samara beradigan 
muqobili paydo bo‘ladi. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali 
yangilikning qo‘llanish doirasini qisqartirish bosqichi.
Ilmiy yo‘nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi. 
Yangilik – bu vositadir: yangi usul, uslubiyot, texnologiya va boshqalar. 
V.I.Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga ta'rif berib, pedagogikadagi yangi bu 
faqatgina g‘oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, uslublar, 
texnologiyalardir, lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmuan yoki 
alohida olingan unsurlari bo‘lib, o‘zgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda ta'lim 
va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilg‘or boshlanmalarini o‘zida aks 
ettiradi. 
Pedagogik yangilik o‘qitish va tarbiya berishda avval ma'lum bo‘lmagan 
va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi nazariya va 
amaliyotga elituvchi pedagogik voqelikning o‘zgarib turishi mumkin bo‘lgan 
mazmuni sifatida qaraydi. 


209 
Pedagogik innovatsiyada innovatsion jarayon tuzulmasining uch blokini 
farqlash mumkin: 
Birinchi blok - pedagogikadagi yangilikni ajratish bloki. Bunga 
pedagogikadagi yangilik, pedagogik yangilikning tasnifi, yangilikni yaratish 
shart-sharoiti, yangilikning me'yorlari, yangilikni o‘zlashtirish va foydalanishga 
tayyorligi, an'ana va novatorlik, pedagogikadagi yangilikni yaratish bosqichlari 
kiradi. 
Ikkinchi blok - yangilikni idrok qilish, o‘zlashtirish va baholash bloki: 
pedagogik hamjamiyatlar, yangilikni baholash va uni o‘zlashtirish 
jarayonlarining rang-barangligi, pedagogikadagi konservatorlik va novatorlik, 
innovatsiya muhiti, pedagogik jamiyatlarning yangilikni idrok etish va 
baholashga tayyorligi.
Uchinchi blok - yangilikdan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya'ni 
yangilikni tadbiq etish, foydalanish va keng joriy etish qonuniyatlari va 
turlaridir.
Oliy maktabdagi innovatsion jarayonlar V.A.Slastenin, M.M.Levina, 
M.Ya.Vilenskiy va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. 
Oliy maktab innovatsion jarayonlari negizida quyidagi yondashuvlarni 
belgilash mumkin: madaniyatshunoslik jihatidan (insonni bilishning ustuvor 
rivojlanishi) yondashuv; shaxsiy faoliyat jihatidan (ta'limdagi yangi 
texnologiyalar) yondashuv; ko‘p sub'ektli (dialogik) yondashuv, kasbiy 
tayyorgarlikni insonparvarlashtirish; individual - ijodiy (o‘qituvchi va 
talabalarning o‘zaro munosabatlari) yondashuv. 
Oliy maktabda innovatsion faoliyatning sub'ekti o‘qituvchi, uning shaxsiy 
imkoniyati hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi shaxsining ijtimoiy-madaniy, 
intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo‘ladi. Hozirgi 
jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida o‘qituvchi innovatsion 
faoliyatiga zarurat tug‘ildi. Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat 
uning didaktik qurilmasiga, balki o‘qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va 
ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir. 
Innovatsionlik ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi. 
O‘qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to‘qnashuvi va 
o‘zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko‘zda tutadi. O‘qituvchining 
innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga 
bog‘liq.
Demak, o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, 
konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi 
va targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati 
tahlili yangilik kiritishning samardorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan 
foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga - yangilik, maqbullik, yuqori 
natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari 
kiradi. 


210 

Download 6,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   521




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish