Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон республикаси қурилиш вазирлиги


Rudani magazinda burg'ilangan shpurlar bilan qo'porish tizimi baholash



Download 18,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/201
Sana19.02.2022
Hajmi18,71 Mb.
#460092
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   201
Bog'liq
3 китоб

 
Rudani magazinda burg'ilangan shpurlar bilan qo'porish tizimi baholash. 
QarMII “KI va G” kafedrasi ass.X.A.Nurxonov 
Bu tizimni boshqa tizimlardan farq qiladigan asos iy xus us iyati 
shundan 
iboratki, 
blokdagi 
qazilgan 
bo'shliqni 
qazish 
jarayonida 
qo'porilgan ruda massas i bilan to 'ldiriladi. Ular massivdagi holatiga 
nisbatan katta hajmdagi joyni egallaydi. Shuning uchun qo 'porilgan 
rudaning 30% ga yaqini yuk tashiladigan gorizontdagi shtrekga chiqarib 
tas hlanadi, s hip bilan qo'porilgan ruda massasi o'rtasidagi balandlik 2 m 
ga yaqin bo'shliqdan iborat bo'ladi[1]. 
Yotish burchagi tikga yaqin joylashgan ruda tanasini, magazinlab qazib 
olish varianti 1-rasmda ko'rsatilgan. Bunda yuk tashiladigan shtrek -1 ruda 
tanasi qalinligining o'rtasida yoki yotgan yondan ruda kontakti bo'ylab 
o'tiladi. 
Shtrek mustahkam rudadan mustahkamlagichsiz o'tiladi va uning 
shipiga gumbazsimon shakl beriladi. Shamollatuvchi shtrek vazifasini 
yuqorigi qavatni yuk tashiluvchi shtreki-2 bajaradi. Qavatni balandligi 50-
60 m bo'lishi mumkin. 
Qavat rudaning cho'ziqligi bo'yicha har 40- 100 m da vosstoyushiylar 
bilan alohida bloklarga bo'linadi. Vosstayushiy ko'tarilish yo'nalish bo'yicha 
har 4-6 m tirgak mustahkamlagichlar bilan mustahkamlanadi va kamera 
bilan yo'lakcha-3 orqali tutashtiriladi. Ba'zan blok o'lchami uzun bo'lsa, 
uning o'rtasidan qo'shimcha vosstayushiy o'tiladi uning vazifasi, kameraga 
materiallar, uskunalar tashib keltirishni osonlashtirish, qazilayotgan blokni 
shamollatilishi sharoitini yaxshilashdir. Agar u mavjud bo'lsa qanotdagi 
vosstayushiyni kesim yuzasi kichikroq o'lchamda o'tilib, unda faqat narvon 
bo'liminigina uskunalaydi. 
Rudaning magazindan bir tekis chiqarish uchun ruda tushiruvchi 
duchkalar oralig'ini 5-6m o'lchamda, qabul qilinadi. Bu o'lchamlar kattaroq 
bo'lsa, ruda notekis tushadi. 
Blokdagi qazib olish ishlari to'rt bosqichdan iborat: magazinning pastki 
qismini kesib, uning tagida voronka hosil qilinadi, so'ngra shamollatuvchi 
shtrek ostidagi seliklariga qadar rudani qo'porib, ularni magazinlaydi; 
rudani chiqarish va qavatlar, kameralar oralig'idagi seliklarni qazib (ajratib ) 
olish dan iborat. 
Magazinning ostki qismini kesish va voronka hosil qilish, blokni 
hamma uzunligi bo'yicha bir vaqtning o'zida o'tkaziladi. Ruda uyumi yupqa 
bo'lgan konlarda bu vazifa uchun uning tagidan kesuvchi shtrek -4 
o'tkaziladi. 


104 
Qazib olish ishlari kavjoyda ship pog'onali shaklda joylashtiriladi, 
pog'onaning uzunligi 10-12 m, balandligi 1,5-2 m yoki sidirg'a kavjoyni 
hamma uzunligi bo'ylab qazish ishlari olib boriladi.
Pog'onalar ko'tarilish tartibida yoki gorizontal joylashtirila digan bo'lsa 
shpurlarni magazinlangan ruda yuzasida turib burg'ilaydi. Bir vaqtning 
o'zida qo'porilgan ruda yuzasidagi nogabarit ruda bo'laklarini ham portlatish 
uchun burg'ilanadi. 
Qazib olish sikli tarkibiga, burg'ilash va shpurlarni portlatish, 
shamollatish, ortiqcha rudani chiqarish, shipni xavfsiz holatga keltirish 
ishlari jaroyonlari kiradi. Odatda bu ishlar ikki-uch smena davomida 
bajariladi. Har bir siklda chiqariladigan ruda miqdori uning maydalanganlik 
darajasiga bog'liq. Ruda chiqarilgandan keyingi hosil bo'lgan bo'shliqni 
ishchi balandligi 1,8-2,5 m atrofida bo'ladi. 
1-rasm. Magazinlab qazib olish tizimini o'ziga xos varianti. 
Qazish olish ishlari, shtrek osti seliklari chegarasiga yetganidan so'ng, 
hamma magazinlangan rudani chiqara boshlaydi. Shamollatuvchi shtrekni 
osti va ustidagi seliklar blokni to'ldiruvchi materiallar bilan to'ldrilgandan 
so'ng qazib olinadi, chunki to'ldirish ishlari olib borilayotganda yuqorigi 
shtrekni saqlash zarur. Agar qazilgan bo'shliq ochiq qoldirilsa, u holda 
qavatlar orlig'idagi seliklarni rudani tushirayotganda qulatib magazindagi 
ruda bilan birga chiqariladi. Agar rudani narxi arzon bo'lsa, seliklar qazib 
olinmaydi. Bu holda rudani seliklardagi yo'qotilishi 15 % va undan ham 
yuqori darajaga yetishi mumkin. 
Magazinlab qazish tizimini asosiy afzalligi: 
1. Qazishga tayyorlashda kesish ishlari haj mini kamligi, ayniqsa yuk 
tashiladigan shtrek va vosstayushiylar atrofida seliklar qoldirmasdan qazish 
variantida, maxsus lahimdan rudani qulatib magazinlash tizi minidan 
tashqari. 


105 
2. Burg'ilovchilar ishlashi uchun sharoitni qulayligi, burg'ilash-
portlatish ishlarini yuqori samaradorligi. Shu bilan birga qazilgan bo'shliqda 
va rudani yotqizib berishda mustahkamlash ishlari hajmini minimal 
hajmdaligi. 
3. Bu qazish tizimi oddiy, konstruktiv elementlarini o'lchamlarini kon-
geologik sharoitini hisobga olgan holda o'zgartirish, boshqa qazish tizimiga 
o'tish imkonini mavjudligi[2]. 
Tizimni muhim kamchiliklari quyidagilar: 
1. Qo'llanish sharoitini cheklanganligi: og'ish burchagi 55-60° dan kam 
bo'lmasligi, ruda tanasini o'lchamini keskin kengayishi yoki torayishi va 
ruda tanasini tarmoqlanishi, uning oralariga puch jinslarni kirib qolishi, 
zichlanib yotib qolish mumkin emasligi, rudani oksidlanib yonishi.
2. Qo'porilgan ruda yuzasini sinchiklab tekshirish zarurligi, chunki 
uning oralig'ida berk bo'shliq yoki rudani osilib qolish ehtimoli mavjudligi, 
bunday holat burg'ilovchilar bilan baxtsiz hodisa ro'y berish ehtimoli 
borligi. 
3. Rudani blokdan navlarga ajratib chiqarish imkoni yo'qligi[3]. 
Adabiyotlar ro’yxati: 
1.
V.R.Raximov, N.U. Ubaydullayev “Foydali qazilma konlarini yer osti
usulida qazib olish” O’quv qo’llanma Toshkent-2013. 
2.
М.И. Агашков, С.С. Барисов, В.А. Баярский. «Разработка рудных и 
нерудных месторождений» М. Недра, 1983г. 
3.
Т.Т. Исмоилов, В.И. Голик, Е.Б. Дальнинов «Специальные способы 
разработки месторождений полезных ископаемых» М. МГГУ, 2006г. 

Download 18,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish