II BOB XULOSALARI
Magistrlik dissertatsiyamizning ikkinchi bobida ingliz, rus, o’zbek adabiyotida
kichik hikoya janrida ijod qilgan hamda uni rivojlantirishga kata hissa qo’shgan
uchta buyuk hikoyanavis, ya’ni rus adabiyotida A.P. Chexov, ingliz adabiyotida
Ketrin Mensfild va o’zbek adabiyotida Abdulla Qahhorning hayot va ijod
yo’llarini kuzatdik. Izlanishimiz jarayonida bu uch yozuvchining hikoyalari,
ularning o’xshash va farqli jihatlari, har birining hikoya yozish uslublari,
hikoyalarida ilgari surilgan mavzu va muammolarni o’rgandik. Bulardan tashqari
ularning ijodi to’g’risidagi olimlar hamda adabiyotshunos yozuvchilar bildirgan
fikrlar bilan ham tanishdik.
II bobda bayon qilingan masala yuzasidan quyidagi xulosalarga keldik:
1.A.P. Chexov ijodi davomida juda ko’p jamiyat muammolarini ochib beruvchi
hikoyalar yaratdi va bu hikoyalarni satira, ya’ni hajviy usulda yoza bildi. Shu
sababli ham uning hikoyalari tabiiy, ta’sirli chiqib, omma e’tiborini tez jalb etardi
va bugungi kunda ham uning hikoyalari sevib o’qiladi.
2.Chexov o’z hikoyalarini realizm oqimida yaratib, I. Gurvich aytganidek 20-asr
kichik hikoya janrini nafaqat rus adabiyotida, balki jahon adabiyotida ham
rivojlanishiga ulkan hissasini qo’shdi va bugungi kunda ham hikoyanavislar
hikoya yozishda Chexov an’analariga tayanadilar.
3.Abdulla Qahhor ham o’zbek adabiyotida o’z hikoyalari bilan kichik hikoya
janrini rivojlantirishga katta hissa qo’shdi. U bu janrda nafaqat hikoya yozgan,
balki hikoya janrini nazariy jihatdan ham o’rganib, ilmiy izlanishlar olib borgan.
55
Uning ijodini bugungi kunda ham mutaxassislar o’rganmoqdalar. Uning ijodini
ayniqsa, Matyoqub Qo’shjonov o’zining “ Abdulla Qahhor mahorati ” nomli
kitobida keng ochib bergan.
4. Abdulla Qahhor ijodida Chexov an’analarini davom ettiradi, hatto uning o’zi
ham Chexovni ustozi sifatida ta’kidlagan. Shu sabab ham uning bir qancha
“Dahshat ”, “ Millatchilar ” kabi Chexovnikiga o’xshash hikoyalari mavjud.
5. Ketrin Mensfild o’zi Yangi Zelandiyalik bo’lsa-da, ingliz adabiyotida kichik
hikoya janrining rivojiga beqiyos hissasini qo’shgan. U ham realizm oqimida ijod
qilib, ko’proq ijtimoiy-psixologik yo’nalishda hikoyalar yaratgan. Uning ijodi
xususida ko’p ingliz olimlari, yozuvchilari, jumladan Virjiniya Vulf, Alpers kabilar
ko’plab ijobiy fikrlarni bildirib o’tganlar.
6. Ketrin Mensfild Oskar Uayld, A.P. Chexov kabi yozuvchilar ijodidan ko’p narsa
o’rgangan, ayniqsa, unga Chexovning ta’siri katta bo’lgan. Hatto, uni “ Ingliz
Chexovi ” deb ham atashgan. Shuning uchun ham uning ijodida Chexovnikiga
o’xshash hikoyalarni uchratish mumkin. Masalan, “ The child who was tired “
bilan “ Спатьхочется” kabilar.
7. Chexov, A.Qahhor, K.Mensfild yozgan hikoyalar bir-biriga juda o’xshash,
buning boisi Qahhor hamda Mensfild Chexovni o’zlariga ustoz deb bilganlari va
uning hikoya yozish mahorat sirlarini o’rganganliklaridadir. Shuning uchun ham
hatto, Qahhor va Mensfildning ayrim hikoyalari ham bir- biriga o’xshashdir.
Masalan, “ Dahshat ” va “ Юннаягувернантка”, “ Nurli cho’qqilar ” va “ New
dresses ” kabi. Adabiyotda bu uch yozuvchi qoldirgan iz hech qachon o’chmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |