1915-yil oktabrda Mensfildning ukasi Lesli Bichem Birinchi jahon urushida
Fransiya frontida qurbon bo’ladi. Ukasining o’limi Mensfildni qattiq qayg’uga
49
botiradi, u o’ziga qanday qilib yupanch topishni bilmaydi. Shunday iztirobli
kunlarida ukasining xotirasiga bag’ishlab she’rlar ham yozgan:
“ У памятного потока брат мой стоит,
Ждет меня, ягоды держит в руках…
“ Вот – тело мое. Сестра, бери и ешь ” . ”
U she’rida o’sha paytdagi qayg’u va o’kinchlarini namoyon etib bergan.
1917-yil yanvarda Mensfild yozuvchi Virjiniya Vulf bilan tanishadi. Boshida
Mensfild unda yaxshi taassurot qoldirmaydi, ammo keyin Virjiniya Vulf uni eng
yaxshi ayol yozuvchi sifatida tan oladi:
“ Я немного шокирована ее, на первый взгляд , заурядностью. Однако когда
это впечатление слабеет, она столь умна и непостижима, что
вознаграждает дружбу ”.
39
1917-yildan boshlab, Mensfild ijodining qizg’in davri uning bir necha hikoyalari
bilan boshlanadi. Bular “ Nyu Eydj” jurnalida bosilgan “ День мистера
Реджинальда Пикока ”( Reginald Peacock’s Day ) va “ A Dill Pickle ”
hikoyalaridir.
1917-yil aprelda Virjiniya Vulf va eri Leonard, yaqinda ochilgan o’zlarining “
Hogars Pres ” ( Hogarth Press ) nomli nashriyotiga Mensfilddan hikoya so’rab
murojaat qiladilar. U ularga o’zining 1915-yildayoq “ Aloe ” nomi bilan yozishni
boshlagan “Prelyudiya ” nomli asarini taklif qiladi. Bu asar Yangi Zelandiyalik
oila hayotiga bag’ishlangan bo’lib( yuqorida aytib o’tganimizdek, o’z vatanida
o’tkazgan bolalik yillarini yodga olgan holda yozgan), 1918-yilda nashr
etilganidan so’ng o’ziga keng ommani jalb eta olmaydi, tanqidchilar tomonidan
ham kam tilga olinadi. Keyinchalik esa, Mensfildning “ Prelyudiya ” asari uning
eng mashhur asarlaridan biriga aylandi.
39
БиографияКэтринМэнсфилд. http: //elenakuzmina.blogspot.com/
50
1917-yil dekabrda Mensfild tuberkulyoz kasaliga chalinadi va bu unga juda katta
zarba bo’ladi. U qattiq tushkunlik holatiga tushadi va 1918-yil fevral oyida
Fransiyaning Bendol Shahriga keladi. O’zining kasal holiga qaramay u hikoyalar
yozishda davom etadi. Bu yerda u “ Je ne parle pas francais ” hikoyasini yozadi.
Shu yili uning “ Блаженство ” ( Bliss ) deb nomlangan hikoyasi chop etiladi. Bu
hikoya erining bevafoligiga uchragan ayolning taqdiri haqidadir. Bu hikoya
tanqidchilar olqishiga sazovor bo’ladi. Keyinchalik esa, bu hikoya uning ikkinchi
hikoyalar to’plamining nomi qilib olinadi va bu to’plam 1920-yilda nashr etiladi.
1918-yilda Mensfild Jon Marriga turmushga chiqadi. 1919-yil boshlarida Jon
Marri e’tiborli “ Ateneum ” ( Athenaeum ) haftaligiga redaktor etib tayinlanadi.
Mensfild uning bu nashriyoti uchun 100 dan oshiq obzor yozadi. Ammo bular
Mensfildning o’limidan keyin Jon Marri tomonidan tayyorlangan “
РоманыиРоманисты ” ( Novels and Novelists ) nomli to’plamda nashr etiladi.
Mensfildning ahvoli tobora yomonlashib boradi, 1919-yil aprelda Angliyaga
qaytib keladi va bu uning bu yerga qilgan so’nggi safari edi. U umrining so’nggi
yillarini yashayotganini his qiladi va buni kundaliklarida ham yozib boradi:
Do'stlaringiz bilan baham: