o’zbek, rus va ingliz adabiyotini qiyoslash yo’li bilan fikr yuritishga harakat qildik.
Izlanishimiz jarayonida ularning o’xshash, farqli jihatlarini aniqlash, uch
adabiyotning bir-biri bilan munosabati, aloqasi va adabiy ta’siri masalalarini
izohlash, talqin etish yo’lidan bordik. Hikoyaning janriy xususiyatlarini, ilmiy-
nazariy mohiyatini yoritishda ham yozuvchilar, ham adabiyotshunoslar nuqtai
nazarini o’rganishga va ularni solishtirish orqali yakuniy xulosalar chiqarishga
32
nasriy asardir. Unda aniq maqsad qisqa, lo’nda bayon qilinadi. Xulosa,
ko’pincha, o’quvchi hukmiga havola etiladi.
2.
O’zbek adabiyotida hikoyaning ilk namunalarini O’rxun-Enasoy yozma
yodgorliklarida
voqea
ishtirokchilari
tomonidan
bayon
etilgan
ko’rinishini uchratamiz ( 5 – 7 – asrlar ).
Keyinroq yaratilgan Rabg’uziyning “ Qissasi Rabg’uziy ” (14-asr)
asarida, Navoiyning “ Hayrat ul-abror ”, “ Sabba’i sayyor ” (15-asr),
Poshshoxojaning “ Gulzor ”, “ Miftoh ul-adl ” kabi asarlarida ham
hikoyaning noyob namunalarini uchratamiz.
3.
A.P. Chexov jahon adabiyoti hikoyachiligida muhim ijodiy maktab
yaratgan. Buni dunyo adabiyoti vakillari tan oladi va e’tirof etadi.
Jumladan, A.Qahhor ijodi ham bundan mustasno emas. Hozirgi
zamonaviy
hikoyachilikni
ham
Chexov
ijodiy
maktabidan
bahramandligini sezish va alohida ta’kidlash mumkin.
4.
Rus adabiyotida hikoyaning noyob namunalari yaratilishi bilan birga,
B.T. Belinskiy, B. Tomashevskiy kabi adabiyotshunos olimlar uning
nazariy, ilmiy xususiyatlarini ham aniqlashtirib, talqin va tadqiq etib
berishgan.
5.
Ingliz adabiyotida ham hikoya janrining paydo bo’lishi, rivojlanish
bosqichlari to’g’risida ilmiy izlanishlar olib borilgan. Jumladan, Charles
Mey hikoya janrining ingliz adabiyotidagi taraqqiyot bosqichlarini
aniqlaydi, o’z tadqiqotlarida batafsil ma’lumot beradi. Uning fikricha,
hikoya janri ildizlari Renessans davriga borib taqaladi. Bibliya va Qur’on
kitoblaridagi hikoyatlarda ham uning janriy xususiyatlari kuzatilishini
e’tirof etadi. Ammo, 14-asrda yashab ijod etgan Bokachcho va
Chouserlar yaratgan hikoyalar, janrning tipik namunalari ekanligini
ta’kidlaydi.
6.
Biz hikoya janrini talqin etar ekanmiz, davrlar bo’yicha taraqqiyot
bosqichlarini, o’ziga xos xususiyatlarini va har bir davrning yetuk
hikoyanavislarini belgilab borishga harakat qildik. Jumladan, 19-asrda
33
Hofman, Gogol, Edgar Alan Po, O.Genri, G. Jeyms hikoyalari janrni
mukammal bosqichga ko’targan bo’lsa, 20-asrda Heminguey Chexovona
ijodiy uslubda yaratgan hikoyalari bilan o’quvchilarni xushnud qiladi.
Zamonaviy hikoyachilikda Virjiniya Vulf, Nadin Gordimer kabilarning
nomlari muhim ahamiyatga ega.
7.
Mazkur bobda bir qancha ingliz hikoyanavislarining asarlari va fikrlarini
kuzatdik. Ular o’zlarining hikoyalari bilan janrni nazariy jihatdan
takomillashtirish imkoniyatini yaratdilar. Bu bilan ular janr taraqqiyotiga
ulkan hissalarini qo’shdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: