“ Mening nazarimda hikoya romandan ham qiyin va mas’uliyatli janrdir.
Chunki, hikoyada juda katta voqealarni ham lo’nda tarzda bayon etish, o’zingni
chegaralab, qisqalikka intilish kerak bo’ladi. Boshqalar 200 sahifada aytmoqchi
bo’lganini hikoyachi 5-6, nari borsa 10 sahifaga sig’dirishi kerak. Buning uchun
yozuvchidan juda katta mahorat talab qilinadi. Hikoyada aniq maqsad qisqa,
lo’nda bayon qilinadi. Yozuvchi har qancha intellektual salohiyat egasi bo’lmasin,
o’quvchiga o’z hukmini o’tkazishga, ularni o’zi istagandek yashashga majbur
qilishga haqqi yo’q. Ijodkor buni anglab yetsa, shuning o’zi katta gap. ”
Xuan Rulfo aytganidek,hikoya yozish ancha-muncha mashaqqat talab
qiluvchi mas’uliyatli ishdir. Chunki u hajm jihatidan boshqa janrlarga nisbatan
qisqaligi bilan ajralib turadi. Shunday qisqa hikoyaning ichida yozuvchi ham
voqea-hodisani, ham qahramonning ichki kechinmalarini, ham o’zi kutgan
maqsadga olib boruvchi muammoli vaziyatni, o’quvchi diqqatini jalb etuvchi
muhim g’oyani ifodalab berishi lozimdir. Bulardan tashqari, janrning yana bir
qancha qonuniyatlari, mashaqqatlari mavjud. Bizningcha, shu sababli ham hikoya
o’quvchilar diqqatini tez jalb qiladi va ularga zavq baxsh etadi.
Adabiyot tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, hikoya janrida ijod qilgan va
uni rivojlantirishga o’z hissasini qo’shgan yozuvchilar ko’pchilikni tashkil etadi.
Masalan, jahon adabiyotida hikoya janrining rivojlanishiga italyan yozuvchisi
Bokachcho “ Dekameron ” asari bilan katta hissa qo’shgan. Ushbu asarda 7 qiz va
3 yigitning 10 kun davomida aytgan 100 ta hikoyasi berilgan. Hikoyani yuksak
taraqqiyot bosqichiga ko’targan noyob iste’dod sohiblari Gi de Mopassan (
Fransuz) , O.Genri ( Amerika), A. P. Chexov ( rus), A. Qodiriy, Cho’lpon (o’zbek)
kabi buyuk yozuvchilar hikoya janrining asoschilari hisoblanishadi.
Yevropa adabiyotida hikoya novella deb ham yuritiladi. Jahon adabiyoti
maydonida novella italyancha “ yangilik” degan ma’noni ifodalaydi. J.London,
S.Sveyg, P.Merime, H.Hesse, O.Genri, Mopassan kabi adiblarni yirik hajmli
asarlaridan ko‘ra ham hikoyalari ko‘proq mashhur qilgan .
Jahon adabiyoti tarixiga ko’z tashlaganimizda, A.P.Chexov, S.Moem,
J.London, H.Hesse, O.Genri singari mashhur hikoyanavislar bilan bir qatorda
15
L.N.Tolstoy, U.Folkner, M.Sholoxov kabi bu janrga kamroq murojaat qilgan,
ammo bir-ikki hikoyasi misolida betakror san’at namunasini meros qoldirgan
yozuvchilar ham uchraydi. Tolstoyning “Avliyo Sergey”, Folknerning “Qora
musiqa”, Sholoxovning “Xol” hikoyalari mana shunday noyob badiiy kashfiyotlar
hisoblanadi.
Shunday qilib, hikoya bu - epik turning kichik janri hisoblanib, hayotdagi
muhim, tanlangan voqea va hodisalar qisqa shaklda bayon etiladigan nasriy
asardir. U mustaqil janr sifatida yozma adabiyot tarkibida shakllanib borgan.
Hikoyada inson hayotining eng kerakli, tipik ko’rinishi qisqa va epizodik
tarzdaochib beriladi. Uning qissa va roman janridan farqli jihati shundaki, unda
bayon etilayotgan voqeagacha nima, qanday sodir bo’lgan, asar qahramonlari
kimlar bilan muloqotga kirishganligi to’g’risida ma’lumot berilmasligi ham , ba’zi
bir detallar orqaligina ishora qilinishi ham mumkinligidadir. Ya’ni, hikoyada,
ijodkor tomonidan tanlangan, qahramon hayotidagi ma’lum bir epizodgina
tasvirlanadi. Hikoya o’zining syujeti, kompozitsion qurilishi, tasvir ko’lamining
nisbatan soddaligi va bayonning, odatda, bitta shaxs tomonidan olib borilishi
bilan farq qiladi.
Biz ushbu ilmiy ishimizda uch adabiyot, ya’ni o’zbek, rus va ingliz
adabiyotida hikoya janri haqida so’z yuritar ekanmiz, ularning har birida mazkur
janr qanday shakllangan va qanday rivojlanish bosqichlarini bosib o’tgan,
taraqqiyot ko’lamida kimlarning xizmatlari beqiyos qiymatga ega ekanligi
to’g’risida fikr yuritishni, muhim ilmiy xulosa va yakunlar chiqarishni maqsad
qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |