Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги



Download 4,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/206
Sana12.04.2022
Hajmi4,08 Mb.
#547308
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   206
Bog'liq
ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ – МАМЛАКАТ ТАРАҚҚИЁТИНИНГ МУҲИМ ОМИЛИ KANFERENSIYA ADU

Merlinius bagdanovi-katjakovi, 
yovvoyi bodomda va 
yovvoyi pistada 
Mategus, Tylenchorhynchus mashhoodi
daraxtlarida ushbu 
turlar uchradi. Bundan tashqari tokda M.gaudialis, M.rugusos, nok, o‘rik, olma, 
tokda 
T.maxsimus
turlari aniqlangan bo‘lgan bo‘lsa, 
Amlimerlinius magnicauda
turi esa yong‘oq daraxtida uchradi. Muallifning ma’lumotlariga ko‘ra uzum, 
yong‘oq, o‘rik, yovvoyi pista, anor, anjir va yovvoyi bodom daraxtlarining ildiz 
va ildiz atrofi tuproqlarida 
Merlinius
bucharicus

M.brevidens, 
M.cylindricaudatus

M.microdorus

M.hexagranmmus
nematoda turlari topilgan 
[ 2]. 
Tojikiston Respublikasida T.T. Tebenkova [3] tomonidan Pomir Oloy tog‘ 
tizmasidagi tabiiy biotsenozlardagi daraxt va butalarda Hoplolaimidae oilasiga 
mansub 20 tur parazit fitonematodalar aniqlangan. Tadqiqot ishida ushbu 
turlarning siyrak o‘rmonlar yoki shag‘alli zonalar, kengbargli mezofill 
o‘simliklar o‘sadigan mintaqalar yoki qora o‘rmonlar zonasida tarqalish 
xarakteri va ushbu mintaqalar uchun xarakterli bo‘lgan turlar tarkibi keltirilgan [3]. 
Buta va daraxtchil o‘simliklarning nematoda faunasini o‘rganishda 
E.P.Azizovaning Toshkent viloyati sharoitida tok va uning ildizi atrofidagi 
tuproqda yashovchi nematodalar faunasini o‘rganishga doir ishlari tahsinga 
loyiqdir. U O‘zbekiston Respublikasining Toshkent viloyati sharoitida bir necha 
tok navlaridagi nematoda faunasini o‘rgandi. 1967-1970 yillarda Toshkent 
viloyatining uchta xo‘jaligida olib borilgan tekshirishlar natijasida tok va uning 
148 


ildiz atrofidagi tuproq nematodalarining barcha ekologik guruhlarga mansub 49 
ta turi aniqlandi. Ushbu amalga oshirilgan tadqiqot ishlarida O‘zbekiston 
Respublikasida birinchi marta 
Xiphinema americanum
va 
Xiphinema index
turlari tok ildizi atrofidagi tuproqning 40 sm chuqurligida aniqlandi [1].
 
1978-1981 yilda Sh.X.Xurramov O‘rta Osiyo davlatlari sharoitida birinchi 
marta xurmo daraxti nematoda faunasini o‘rganish ustida to‘laqonli 
fitogelmintologik tadqiqotlar o‘tkazdi. Olib borgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra 
xurmo daraxtining ildiz va ildiz atrofi tuproqlarida 8 turkum, 32 oila, 57 avlodga 
mansub 73 tur nematodalar aniqlandi. Xurmo daraxtining ildiz va ildiz 
atrofidagi tuproqlarda Tylenchida, Rhabditida, Aphelenchida, Dorylaimida 
turkumlari vakillari tur va son jihatidan dominantlik qilishi qayd etilgan. 
Ekologik guruhlar bo‘yicha esa kasallik keltirib chiqarmaydigan fitonematodalar 
yetakchi o‘rinni (64,1%) egallashi aniqlangan [4].
 
G.Norbo‘tayeva, G.Abduraxmonovalar Samarqand viloyatining ayrim 
mevali daraxtlari ya’ni shaftoli, olma, o‘rik, xurmo o‘simliklari 
fitonematodalarining ekologik xususiyatlarini o‘rgangan. Mualliflar tomonidan 
o‘tkazilgan tadqiqot natijasida 55 tur fitonematodalar aniqlangan. Aniqlangan 
fitonematodalar 2 ta sinf (Adenophorea, Sesernentea), 4 turkum (Chromodorida, 
Enoplida, Rhabditida, Tylenchida), 18 ta oila, 30 ta avlodga mansub ekanligi 
qayd etilgan [5].
 
A.S.Bekmuradov Surxondaryo viloyatida anor o‘simligida uchrovchi 
fitonematodalarni o‘rgangan. Tadqiqotchi tomonidan Surxondaryo viloyati anor 
agrosenozlarida olib borilgan fitogelmintologik tadqiqotlar natijasida 98 turga 
mansub fitonematodalar aniqlangan. Ular orasida bitta tur (
Xiphinema 
opisthohysterum
) O‘zbekiston faunasi uchun yangi tur sifatida, 24 tur esa anor 
o‘simligi va ildizi atrofidagi tuproqda birinchi marta qayd etilgan. Bundan 
tashqari, anor agrosenozlarida aniqlangan fitonematodalarning original 
morfometrik ko‘rsatkichlari va tarqalishi to‘g‘risida ma’lumotlar aniqlagan [5]. 
2018-2020 yillarda Samarqand viloyati Urgut tumani hududida joylashgan, 
Qoratepa tog‘ massivida o‘suvchi yovvoyi bodom, yovvoyi pista daraxtlarida 
uchrovchi fitonematodalarni o‘rgangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra yovvoyi 
bodomda Dorylaimida, Rhabditida, Tylenchida turkumlariga xos turlar uchrab, 
ularga 
Dorylaimus similis, D.elengans, Eudorylaimus kirjanovae, E.parvus, 
E.pratensis,
Aphelenchus avenae, A.cylindricondetus, Tylenchus davainei, 
Ditylenchus dipsaci,
D.intermedus, Pratylenchus vulnus, P. coffee 
kabi turlar 
uchragan. Yovvoyi pista daraxtida quyidagi avlodlar: 
Dorylaimus, 
Eudorylaimus, Discolaimus, Mesodorylaimus, Xiphinema Panagrolaimus, 
Drepanodorus Aphelenchus, Aphelenchoides, Bursaphalenchus, Tylenchus, 
149 


Aglenchus,Ditylenchus, Pratylenchus, Rotylenchus, Merlinius, Criconemoides 
uchrashi qayd etildi [5]. 
Fitonematodalarning zararli ta’siri, ayniqsa, yosh nihollarda kuchli seziladi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ta’kidlash lozimki, bizning sharoitimizda parazit 
nematodalarning tur tarkibini aniqlash, tarqalishi va o‘simliklarning zararlanish 
darajasini o‘rganish, shuningdek, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish 
muhim vazifalardan hisoblanadi.

Download 4,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish