Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги


komplekslarining shakllanishiga sabab bo‘ladi



Download 4,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/206
Sana12.04.2022
Hajmi4,08 Mb.
#547308
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   206
Bog'liq
ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ – МАМЛАКАТ ТАРАҚҚИЁТИНИНГ МУҲИМ ОМИЛИ KANFERENSIYA ADU

 
komplekslarining shakllanishiga sabab bo‘ladi.
 
Bu komplekslar tarkibida tuproq koleopterafaunasi 
(Coleoptera: Carabidae, 
Scarabidae, Elateridae, Tenebrionidae) 
alohida o‘rin egallaydi.
 
Ma'lumki tuproq qo‘ng‘izlarining bir qismi o‘simliklarning turli vegetativ 
organlariga zarar yetkazadi, boshqa turlari esa entomofaglar sifatida faoliyat 
ko‘rsatadi. Plastinkamo‘ylovli qo‘ng‘izlar, qarsildoq qo‘ng‘izlar, qoratanli 
qo‘ng‘izlar va ba'zi turdagi vizildoq qo‘ng‘izlarning lichinkalari dukkakli va 
donli ekinlar, poliz va sabzavot ekinlari, ularning yosh ko‘chatlari, mevali 
bog‘lar va boshqa ekinlarning zararli entomokompleksini tashkil qiladi [1,3,4].
Qo‘ng‘izlarning lichinkalari tuproqda yashab turli qishloq xo‘jaligi va 
yovvoyi o‘simliklarning yer osti organlariga, ekilgan urug‘larga, ko‘chatlarning 
yosh ildizlariga zarar yetkazadi, ba'zilari esa kartoshka, sabzi, lavlagi kabi 
o‘simliklarning tugunagi va ildizmevalarini zararlaydi [2]. Shunga ko‘ra, 
164 


tadqiqotning vazifasi tuproq
 
koleopterafaunasining tur tarkibi va tarqalish 
xususiyatlari va iqtisodiy ahamiyatini baholashdan iborat.
Tuproq koleopterafaunasi materiallarini tadqiq qilish va yig‘ish Samarqand 
viloyatining Oqdaryo va Ishtixon tumanlarining tabiiy biosenozlarida olib 
borildi. Oqdaryo va Qoradaryo oralig‘idagi tekisliklar, shuningdek, 
o‘rganilayotgan hudud bilan chegaradosh qo‘shni viloyatlardagi turli madaniy 
o‘simlik maydonlari, mevali bog‘lar, madaniy ekinlardan bo‘shagan yerlar, 
toqaylar tekshirildi. 
Namunalar 2020-2021-yillarning erta bahoridan to kuz faslining oxirigacha 
marshrutli tatqiqotlar asosida yig‘ildi. Ushbu maqolada o‘rganilayotgan 
mintaqadan terilgan namunalar hamda SamDU zoologiya kafedrasi qoshida 
tashkil qilingan entomologik kolleksiya fondida saqlanayotgan kolleksion 
materiallardan ham foydalanildi. 
Tuproq qo‘ng‘izlari, qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalarini va foydali 
bo‘lganlarini yig‘ishda, entomologik tadqiqotlarda ishlatiladigan turli xil 
an'anaviy usullardan foydalanildi. Xususan, tuproq hamda yorug‘lik tuzoqlari, 
tuproq-zoologik qazishmalari,
 
yirikroq, kam harakat qo‘ng‘izlar tosh va o‘rilgan 
yem-xashak o‘simliklarini ostidan qo‘lda, chaqqon, tez uchadiganlari 
entomologik matrabda hamda mayda qo‘ng‘izlar eksgauster yordamida terildi.
To‘plangan va mavjud kolleksion materiallarni tadqiq va tahlil qilish 
natijasida, Miyonqol oroli tuproq koleopterafaunasi tarkibi 51 turdan iborat 
ekanligi qayd etildi. Yuqorida tilga olingan turlar
 
qo‘ng‘izlar oilalari bo‘yicha 
quyidagicha taqsimlanadi: vizildoq qo‘ng‘izlar - 12 tur, plastinkamo‘ylovli 
qo‘ng‘izlar – 20, qirsildoq qo‘ng‘izlar - 10 va qoratanli qo‘ng‘izlar - 9 tur. 
To‘plangan materiallarni tahlil qilish nafaqat, alohida o‘simliklar faunistik 
komplekslarining tur tarkibi, balki tabiiy va madaniy landshaftlar uchun zararli 
va iqtisodiy ahamiyatiga ega bo‘lgan turlar farqlarini ham ko‘rsatadi. Tuproqda 
hayot kechirib qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar keltiradigan qo‘ng‘izlarni 
aniqlash jarayonida, Miyonqol orolida qayd etilgan 51 turdan 15 turi turli 
qishloq xo‘jalik o‘simliklarining doimiy zararkunandalari ekanligi aniqlandi 
(
Zabrus mario Men.; Amara ovate Fab.; Amara aenea De Yeer; Harpalus 
distinquendus; Polyphhylla adspersa Mott; Melolontha aftlicta Ball; 
Epicometus hirta Poda; Adoretus nigrifrons Stev; Agriotes meticulosus Cand; 
Melanotus avitus Can; Aelosomus rossi Geer; Prosodes undulate Kr.; 
Yonocephalum rusticum Ol.; Opatroides punctulatus Br.; Zephosis delexa Reit
). 
Zararkunanda qo‘ng‘izlar orasida 7 turi kam zararli lekin, ular ommaviy 
ravishda ko‘payganda, katta zarar keltiradi (
Adoretus nigrifrons Stev.; 
Polyphhylla tridentate Reitt.; Melolontcha hippocostani F.; Drasterius 
bimaculatus Rossi; Zorochros murinoides G.; Blaps halophila F.W.; 
Dailognatha nasuta Men
.). 
165 


Qayd qilingan zararkunanda tuproq qo‘ng‘izlari orasida, u yoki bu darajada 
yirtqichlik bilan hayot kechiradigan turlar ham mavjud. Masalan, 
Carabidae 
oilasining ba'zi turlari 
– Amara ovate, Amara aenea, Anisodactylus binotatus, 
Harpalus distinquendus, Harpalus rufipes, Harpalus griseus, Pterostichus 
niger, Poeculus cupreus
, va shuningdek, 
Elateridae
oilasidan – 
Melanotus 
turanicus, Aelosomus rossi, Drasterius bimaculatus, Cardriophorus olgae, 
Amedus amicus
va boshqalar lichinka bosqichida, ayniqsa, katta yoshli 
lichinkalik bosqichida faqat yirtqichlik bilan hayot kechiradi. 
Ro‘yxatga olingan qolgan turlar zararli tuproq qo‘ng‘izlari qishloq xo‘jaligi 
ekinlariga zarar yetkazsa-da, individlar zichligi pastligi yoki tasodifiy tabiat 
hodisalarini hisobga olgan holda, o‘rganilgan hudud uchun iqtisodiy ahamiyatga 
ega emas. 
Bundan tashqari, biz to‘plagan materiallar nafaqat alohida o‘simliklar 
faunistik komplekslarining tur tarkibi, balki biosenozlar va agrosenozlar uchun 
zararliligi va iqtisodiy ahamiyati bo‘yicha ham ma'lum farqlarni ko‘rsatadi.
Miyonqol oroli mintaqasida o‘simliklarning biosenotik aloqalarining xilma – 
xilligi va zararkunanda turlarning biologiyasini o‘rganilishi ularga qarshi 
kurashni tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega. Ular orasida alohida madaniy 
o‘simliklarning o‘ziga xos zararkunandalari va turli trofik aloqalarga ega 
bo‘lgan turlar - polifaglar mavjud bo‘lib, ular har xil o‘simliklarda yashaydi. Bu 
ularning faunistik tarkibiga aniqlik kiritishni qiyinlashtiradi. Muhitga 
moslashuvining tezligi tufayli, ular sonining ommaviy oshgan yillarda tezda 
muhim zararkunandaga aylanadilar, buning natijasida ularga qarshi kurash 
choralarini tashkil qilish qiyinlashtiradi.
 
Umuman olganda, tuproq qo‘ng‘izlari alohida turlarining trofik 
munosabatlarini o‘rganish, ularning madaniy va tabiiy biotoplarda yashashi 
nuqtai nazaridan ahamiyatga egadir.

Download 4,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish