Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги



Download 4,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/206
Sana12.04.2022
Hajmi4,08 Mb.
#547308
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   206
Bog'liq
ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ – МАМЛАКАТ ТАРАҚҚИЁТИНИНГ МУҲИМ ОМИЛИ KANFERENSIYA ADU

 
Annotasiya. 
Cistanche turkumi vakillari ham o‘ziga xos xususiyatlari 
bilan boshqa o‘simliklardan ajralib turadi. Shundan kelib chiqib 2019-yildan 
boshlab Buxoro viloyatida tarqalgan Cistanche turkumi vakillarining 
bioekologiyasi va dorivorlik xususiyatlari o‘rganilmoqda. Dunyo miqyosida 
Cistanche
 turkumining 27 turi mavjud. Deyarli barcha turlar qimmatli kimyoviy 
tarkibga ega va dorivor o‘simlik sifatida qo‘llaniladi. 
Kalit so‘zlar: Cistanche turkumi, tarqalishi, poyasi, 
cho‘l va yarim cho‘l, 
tabobat, shifobaxshlik
 
Bugungi kunimizga kelib Yer yuzida tarqalgan o‘simlik turlari soni yarim 
milliondan oshgan bo‘lsa-da ularning har birining o‘ziga xos xususiyatlari 
mavjud. 
Garchi Buxoro vohasi hududida tabiiy holda 50 oilaning 147 turkumiga 
mansub 186 tur dorivor o‘simlik uchrashi aniqlangan [1]. Shunday 
tabobatimizning ajoyib gavharlaridan biri hisoblangan – Cistanche turkumi 
vakillari ham o‘ziga xos xususiyatlari bilan boshqa o‘simliklardan ajralib turadi. 
Shundan kelib chiqib 2019-yildan boshlab Buxoro viloyatida tarqalgan 
137 


Cistanche turkumi vakillarining bioekologiyasi va dorivorlik xususiatlari 
mavzusida ilmiy tadqiqot olib borayotgan bo‘lsam, bu 
dorivor o‘simlikni inson salomatligini mustahkam-
lashdagi bir qancha foydali xususiyatlari to‘g‘risidagi 
ko‘pgina ajoyib ma’lumotlarning guvohi bo‘ldik.
Dunyo miqyosida 
Cistanche
turkumining 27 turi 
mavjud. Deyarli barcha turlar qimmatli kimyoviy 
tarkibga ega va dorivor o‘simlik sifatida qo‘llaniladi.
Cistanche
 
Hoffmanns & Link turkumining 
Buxoro, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi hududida 5 turi o‘sishi aniqlangan [2]. 
Cistanche turkumining vakillari boʻyi 40 sm gacha 
boʻlgan koʻp yillik oʻsimliklar boʻlib, dasht, chala choʻl va choʻllarning buta va 
chala buta (ayniqsa, saksovul, qandim va yulg‘un) ildizlarida parazitlik qiladi. 
Cistanche ildiz tizimiga ega emas va xlorofill hosil qilmaydi. O‘simliklar uchun 
barcha ozuqa moddalari va suv mezbon o‘simlikning ildizidan olinadi. 
Cistanche poyasi (stolon) qalin, diametri 10 sm gacha, cho‘zinchoq-nayzasimon 
tarozilar bilan qoplangan, keyingi tartibda joylashtirilgan. O‘simlik bahorda 
mart va aprel oylarida o‘sadi. 
Cistanche o‘simligi an’anaviy xitoy tabobatida deyarli 2000 yildan beri 
ma’lum. Cistanche cho‘l, yarim cho‘l, shuningdek, 
Osiyo, Shimoliy Afrika va Pireney yarim orolining 
cho‘l mintaqalarini egallaydi. Jumladan, Buxoro 
viloyatining cho‘l va yarim cho‘l hududlarida 
tarqalgan [3]. 
Cistanche vakillari saksovul, qandim va 
yulg‘unda parazitlik qiluvchi qimmatbaho 
oʻsimliklar qatoriga kiradi, uning qimmatligi 
stolonlarda turli biologik faol moddalarning koʻpligi 
bilan bog
ʻliq boʻlib, rivojlangan mamlakatlarda 
ulardan farmakologik faol birikmalar ishlab 
chiqarish uchun xomashyo sifatida keng foydalaniladi [1]. 
Cistanche zamonaviy tibbiyotda eng kam o‘rganilgan dorivor o‘simliklardan 
biri bo‘lib qolmoqda. Osiyo mamlakatlari aholisi orasida bu o‘simlik “Sahrodagi 
hayotning ildizi” deb ta’riflanadi. Uning shifobaxsh ta’siri jenshenga qaraganda 
5 barobar kuchliroqdir. Cistanche antioksidant, yallig‘lanishga qarshi, 
estrogenik, immunomodulyator, antitumor va boshqa xususiyatlarga ega. 
138 


Adabiy manbalardan ma’lumki, Cistanche turkumiga mansub o‘simliklar 
xalq tabobatida keng qo‘llaniladi, shuningdek, ta’sir doirasi keng bo‘lgan 
ko‘plab farmakologik faol birikmalar olish uchun xomashyo hisoblanadi [4]. 
Cistanche O‘rta va Sharqiy Osiyo xalqlari tomonidan eng samarali dorivor 
o‘simliklardan biri sifatida keng foydalaniladi. An’anaviy tabiblar uzoq vaqt 
davomida cistanche turlari qadimdan bepushtlikning oldini olish, ruhiy holatni 
yaxshilash, jinsiy salomatlikda, erta qarishning oldini olish, asab tizimini 
tinchlantiruvchi, mushaklarning ish faoliyatini yaxshilovchi, jigar va taloqni 
tiklashda bundan tashqari kosmetologiya sohalarida katta samara berib 
kelmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu o‘simlik prostata bezining ayrim 
kasalliklarini davolash uchun foydalaniladi. 
Cistanche ko‘plab vitamin komplekslarining faol komponentidir. O‘zining 
antioksidant xususiyatlari tufayli o‘simlik miya hujayralariga foydali ta’sir 
ko‘rsatadi, ularni shikastlanishdan himoya qiladi va xotiradagi jarayonlarini 
faollashtiradi. 
Cistanche an’anaviy xitoy tabobatida ikki ming yildan ortiq vaqtdan beri 
qo‘llanilgan. Sistanche ildizidan tayyorlangan choy jinsiy zaiflikni, bo‘g‘im va 
buyrak kasalliklarini davolaydi, xotirani mustahkamlaydi, asablarni 
tinchlantiradi, antioksidant ta’sirida yashil choydan 10-15 baravar oshadi. 
Dorivorlik xususiyatlaridan foydalanish maqsadida cistanche o‘ti, ya’ni 
o‘simlikning stolonlari (poyalari) yig‘iladi. Xomashyo asosan cistanche gullash 
davrida yig‘iladi. Yig‘ilgan novdalar qumdan tozalanadi, keyin uzunasiga 
kesiladi. Cistanche ochiq havoda soyada yoki ayvonlar ostida quritiladi, 
xomashyo yupqa qatlam bilan yoyib qo‘yiladi. Quritilgan poyalari 2 yildan ortiq 
bo‘lmagan davrgacha quruq xonada qog‘oz qoplarda saqlanadi. 
Biroq mutaxa
ssislarning taʼkidlashicha, keyingi yillarda yoqilgʻi sifatida 
keng qoʻllaniladigan saksovul, qandim va yul
g‘
un kabi xoʻjayin oʻsimliklarning 
chakalakzorlarining qisqarishi, shuningdek, xomashyoning nazoratsiz xarid 
qilinishi natijasida cistanche ildizi oxir-oqibat noyob turga aylanishi mumkin. 

Download 4,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish