Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги



Download 4,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/206
Sana12.04.2022
Hajmi4,08 Mb.
#547308
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   206
Bog'liq
ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ – МАМЛАКАТ ТАРАҚҚИЁТИНИНГ МУҲИМ ОМИЛИ KANFERENSIYA ADU

Adabiyotlar ro‘yxati: 
1
. А. Артикбаев, Д.Д. Соколов "Геометрия в целом в плоском 
пространстве времени" Фан. (Тошкент
-1991). 
2. M.A.Sobirov, A.E.Yusupov "Differensial geometriya kursi"[O‘qituvchi 
nashriyoti] (Toshkent-1965). 
3. A.Ya.Narmonov "Differensial geometriya" [Universitet] (Toshkent-2003) 
4. И.М.Яглом "Принцип относительности Галилея и неевклидова 
геометрия" [НАУКА] (Москва
-1969). 
MATEMATIKA DARSLARIDA TA’LIMNING INNOVATSION 
USULLARIDAN FOYDALANISH 
 
Turg‘unboyev Xudoberdi Xamidullo o‘g‘li,
Farg‘ona davlat universiteti Matematika fakulteti talabasi
Annotatsiya. Maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida matematika 
darslarida ta’limning innovatsion usullaridan foydalanish imkoniyatlari bayon 
qilingan. Shuningdek, unda matematika darslarida ma’lumotlarni tahlil qilish, 
solishtirish va taqqoslash, muammoni aniqlash, uni hal etish, tahlil qilish va 
rejalashtirish usul va vositalaridan foydalanish bo‘yicha aniq misollar 
keltirilgan.
Kalit so‘zlar: fikr, matematika, ma’lumot, metod, tushuncha, usul, vosita, 
o‘quvchi

 
Jahonda dunyoning aksariyat rivojlangan davlatlari tomonidan ta’lim 
barqaror taraqqiyotni ta’minlaydigan asosiy kuch sifatida e’tirof etilib, 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida “Ta’lim 
jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish ta’lim tashkilotlari 
64 


tomonidan amalga oshirilishi, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish 
jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning innovatsion 
shakllari va usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi” 
belgilab qo‘yilgan [1]. Ayniqsa, hozirgi kunda o‘quvchilarda ta’lim olishga 
sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish, ta’lim jarayonini 
individuallashtirish, innovatsion usullar yordamida ta’lim-tarbiya jarayonini 
loyihalashtirish bo‘yicha pedagoglarning metodik ta’minotini yaxshilashga 
alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Mazkur maqolada matematika darslarida ta’lim berishning ayrim innovatsion 
usullaridan foydalanish borasida so‘z yuritamiz. 
Umumiy 
o‘rta ta’lim maktablarida matematika fanini o‘qitishda 
ma’lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash, muammoni aniqlash, uni 
hal etish, tahlil qilish va rejalashtirish usul va vositalaridan foydalanish maqsadga 
mufoviq. Bunday usul va vositalarga “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Nima 
uchun?”, “Baliq skeleti”, “Nilufar guli” kabi innovatsion usullar kiradi.
Masalan muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo‘yicha fikrlar 
zanjirini tuzishda “Nima uchun?” sxemasidan foydalanish mumkin. Bu sxema 
tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va faollashtiradi. 
“Nima uchun?” chizmasi muammoni shakllantirishdan boshlanadi. “Nima 
uchun?” savoli bilan ko‘rsatkich chiziladi va undan keyin o‘quvchi miyasiga 
kelgan javobni yozadi. Ushbu jarayon berkitilgan sabab aniqlanguncha davom 
etadi. 
Bu grafik organayzer turli muammoli masala va vaziyatlar yechimini to‘g‘ri 
topishga o‘rgatadi, o‘quvchilarda muammo mohiyatini aniqlash bo‘yicha 
ko‘nikma va malakalarini rivojlantiradi. Bu organayzer yordamida o‘quvchilar 
muammoli vaziyatlarning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qiladilar, 
ularning oqibatlarini o‘rganadilar. 
Grafik organayzerni tuzish kichik guruhlarda amalga oshirilsa, yaxshi samara 
beradi. O‘quvchilar A4 formatidagi qog‘ozda berilgan muammoning kelib 
chiqish sabablarini “Nima uchun?” savoli orqali har tomonlama tahlil qiladilar. 
Har bir kichik guruhga bir xil muammo berilishi ham mumkin. Bu holda kichik 
guruhlarda izlab topilgan sabablar oxirida jamoada muhokama qilinadi, har xil 
g‘oyalar o‘rganiladi. Bu organayzerni tuzish ko‘p vaqt talab etganligi uchun 
amaliy mashg‘ulotlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq. 
Masalan, uchburchakning nechta to‘g‘ri burchagi bo‘lishi mumkinligi 
muammosiga keladigan bo‘lsak, bu grafik organayzerni quyidagicha 
tasvirlashimiz mumkin: 
65 


Mashg‘ulot jarayonida shu kabi sxemalardan foydalanish orqali muammoli 
vaziyatni hal etish bilan birga o‘quvchilarni kelgusi hayotga tayyorlash va ularga 
o‘z bilim, ko‘nikma va malakalaridan kundalik faoliyatda foydalanishni 
o‘rganish uchun imkoniyat yaratgan bo‘lamiz. 
Shunday qilib, “Uchburchak ichki burchaklarining yig‘indisi haqidagi 
teorema” mavzusi misolida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika 
darslarida ta’limning innovatsion usullarini qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rib 
chiqdik. 
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, innovatsion usullar umumiy natija hisobiga 
ishtirokchilarning interfaolligini, o‘zaro aloqadorligi va mas’uliyatini, guruh 
ishtirokchilarining o‘zaro birgalikdagi harakatiga individual mas’uliyati va 
yo‘nalganligini ta’minlaydi, tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va 
faollashtiradi. Shuningdek, guruhiy va jamoaviy ish shakllarini tashkil etishda 
ishtirokchilarning o‘zaro birgalikdagi faoliyati natijasida qo‘yilgan maqsadga 
samarali erishishlarini ta’minlaydi. Chunki innovatsion usullar o‘quvchilarni 
olayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishga, 
hatto xulosalarni ham o‘zi keltirib chiqarishga o‘rgatadi. 

Download 4,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish