TA’LIM JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH
Umarova Rano Ubaydullayevna,
Andijon davlat universiteti o‘qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada ta’lim tizimida o‘quvchilarning intellektual
salohiyatini rivojlantirishda ta’lim texnologiyasining ahamiyati to‘g‘risida fikrlar
bayon etilgan. Dars jarayonida ta’lim texnologiyalarini qo‘llash natijasida
o‘quvchilarning intellektual salohiyati va ilmiy nazariy bilimi yanada
mustahkamlanadi. Shuning bilan birgalikda, ta’limda axborot va kommunikatsiya
texnologiyalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yanada boyitish,
takomillashtirishga olib keladi.
Kalit so‘zlar: ta’lim, axborot texnologiyalari, ta’lim texnologiyasi, informatika,
innovatsiya.
Hozirgi kunda talim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va
axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, etibor
kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu
vaqtgacha ananaviy talimda o‘quvchirni faqat tayyor bilimlarni egallashga
o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini
o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto
xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu
jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga
sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik
funktsiyasini bajaradi. Talim jarayonida o‘quvchi asosiy figuraga aylanadi.
Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv
metodlar o‘quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini taminlaydi.
Davlat ta’lim standartlari o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan majburiy
minimal daraja bo‘lib, davr o‘quvchilarga ta’lim standartlari darajasi
talablaridan oshirib bilim, iqtidor va ko‘nikmalar berishni taqozo etadi. Bu
masalani ijobiy hal qilish ilg‘or tajribalar, yangi pedagogik texnologiyalarni
izlash, ularning didaktik imkoniyatlarini sinab ko‘rgan holda amaliyotga tatbiq
etishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojni oshirib yubordi.
Bundan kelib chiqadigan amaliy xulosa - ilg‘or ta’limiy yangiliklarni
aniqlash, ularning jamg‘armalarini tashkil etish, sinab ko‘rish, pedagogik
amaliyotga joriy qilishning, ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga
tatbiq etish tizimini yaratish masalasining dolzarbligini oshirdi. Hozirgi kunda
313
bu tizimni yaratish yo‘lida bir qator izlanishlar, sa’y-harakatlar boshlab
yuborilgan.
Smart ta’lim – mavjud manbalarga tez moslashuvchanlik, multimedianing
maksimal xilma-xilligi, tinglovchining saviyasi va talabi darajasiga tezkorlikda
moslashuvchanlikdan iborat. Kompetentlikning uzluksiz rivojlanishi, bilimlarni
doimiy o‘sishi va yangilanib borishi zamonaviy ta’lim tizimidagi dolzarb
muammolardan hisoblanadi. Sababi bilimni rivojlantirish uchun yendi inson
kapitalining ta’siri kamlik qila boshlaydi. Bu kabi masalalarni hal qilishda
nafaqat ta’lim muhitining o‘zini, balki ta’lim tizimining tarkibi, instrumentlari,
usullari tubdan o‘zgartirilishi shart. Analitik kompetensiyalar, kompleks
muammolarni yechish mahorati, yangi g‘oyalarni rivojlantiruvchi —
innovatsion xususiyatlar, o‘zaro kommunikatsiya madaniyati kabi bilimlarni
takomillashtirish zarur. Chunki an’anaviy ta’lim parametrlari asosida bilim
berish insonlarni Smart — jamiyat uchun tayyorlamaydi. O‘z navbatida, Smart
— texnologiyasisiz, innovatsion faoliyat yuritib bo‘lmaydi. Agar Hozirgi kunda
bu tizimni yaratish yo‘lida bir qator izlanishlar, sayharakatlar olib borilmoqda.
Innovatsiyalar dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, bir tizimda shakllangan yangicha
yondashuvlardir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug‘ilib, ta’lim
mazmuni rivoji uchun istiqbolli hisoblanadi, shuningdek, umuman ta’lim tizmi
rivojiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, Smart texnologiyasi o‘quvchilarni tajribalar o‘tkazish,
modellarni konstruksiyalash, musiqa va filmlarni mustaqil yaratish, o‘z
g‘oyalarini amalga oshirish va mahsulot yaratishni rag‘batlantiradi. O‘qitishga
bunday yondashuv bolalarga nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini samarali
chog‘ishtirish imkonini beradi. O‘quvchilarning ijodkorligini oshiradi, yuqori
malakali, zamon talabiga mos kadrlar tayyorlashda mustahkam poydevor
bo‘ladi.
Smart texnologiyalarini kelajakda mamlakatimiz ta’lim tizimiga joriy etish
bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
texnologik yangilanishga ajratilgan vaqt (2020-2025 yillar) juda qisqa. Shu bois,
“tezkor start” usulini qo‘llash, ya’ni Smart education ta’lim muhiti talablarini
o‘rganib chiqish va mamlakatimiz ta’lim tizimiga joriy etishni tezlashtirish;
respublikamizda turli fanlardan elektron resurslarni dunyo andozalariga mos,
muvofiqlashtirilgan va tizimli ravishda yaratishni yo‘lga qo‘yish hamda imkoni
boricha boshqa davlatlar bilan hamkorlikda umumiy ta’lim muhitiga moslab
yaratish; dunyo bo‘yicha yaratilgan boshqa ochiq resurslarni qayta yaratmasdan,
ularning eng maqbullarini tarjima qilish va moslashtirish hamda ta’lim
jarayoniga joriy qilish; ta’lim muassasalarini Smart education ta’lim muhiti
314
texnik vositalari bilan ta’minlashni jadallashtirish. Innovatsion
texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga xosligi shundaki, ular
o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi.
O‘qitish jarayoni o‘qituvchi hamda o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga oladi.
O‘qituvchining faoliyati o‘quv materialini bayon qilish, o‘quvchilarning fanga
bo‘lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e’tiqodini shakllantirish,
o‘quvchilarning mustaqil mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim,
ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. O‘z ishiga ixlos
bilan qaragan o‘qituvchida chinakkam ehtiros bo‘ladi.
Ma’lumki, har bir dars mavzusini o‘rganishda o‘ziga xos texnologiya, usul
va vositalarni tanlashga to‘g‘ri keladi. O‘qitish jarayonida yuqori natijaga
erishish uchun dars jarayonini oldindan ketma- ketligini mo‘ljallash kerak
bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi predmetning o‘ziga xos tomonlarini, o‘quv jarayonini
va sharoitini, o‘quvchilarning ehtiyojini va imkoniyatlarini, bilim saviyasini,
sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiyalarni tanlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |