234
ko‘rsatib o‘tish mumkin. Birinchidan, biostimulyatorlarni qo‘llash bir qator
rivojlangan Yevropa va Osiyo mamlakatlarida keng tarqaldi. Ikkinchidan, maxsus
qishloq xo‘jaligi ehtiyojlarini qondirish uchun biostimulyatorlar bilan ishlov
berilayotgan maydonlar yuqori hosildorlikka ega bo‘lib kelmoqda.
Uchinchidan,
qishloq ho‘jalik ekinlari asosan g‘allachilik va paxtachilikda ishlatiladigan
biostimulyator mahsulotlar, iqtisodiy va barqaror rivojlanish talablarini qondirish
uchun tobora ko‘proq jalb qilinmoqda. To‘rtinchidan, biostrumulyatorlar qishloq
xo‘jaligi kirib kelishi fermerlarning daromadlarini
optimallashtirish va
samaradorlikni oshirishiga sabab bo‘lmoqda. Shunday qilib, biostimulyatorlar
investitsion daromadlarni yaxshilash va istemolchilarni ortib borayotgan talabini
qondirish yo‘lidir.
Respublikamizda agrar sohani rivojlantirish, oziq ovqat xavfsizligini yanada
mustaxkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va
eksport salohiyatini yanada oshirish vazifalari belgilangan.
Bu borada yurtimiz kimyogar olimlari
xususan Andijon davlat
universitetining professori, kimyo fanlari doktori I.R.Asqarov va uning shogirdlari
tominidan ferrotsen va uning hosilalari asosida ko‘plab biostimulyatorlar sintez
qilinib, amaliyotda qo‘llash bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ferrosen asosida sintez qilingan birikmalar qishloq ho‘jaligida biologik faol
birikmalar sifatida ishlatib kelinmoqda. Metilolmochevina, dimetilomochevina,
metilendimochevina, va tiomochevina hosilalari ham o‘simliklarni o‘sishi va
rivojlanishi hamda hosildorligi va sifatini ortishida ahamiyati katta. Shunga asosan
Andijon davlat universitetining “Tovarlar kimyosi”
ilmiy laboratoriyasida
professor I.R.Asqarov boshchiligida kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dotsent M.M.Xojimatov tomonidan N-metiloksiferrosenilamid, N-ferrosenilamid-
metankarboksamid,
N-(ferrosenilmetil)-N’-metiloksikarboksamid,
N-
metiloksiferroseniltioamid,
N-(ferrosenilmetil)-N’-metiloksitiokarbamid,
N-
ferrosenil-tioamidometantiokarboksamid kabi bir qator ferrosen hosillari sintez
qilindi. Undan tashqari m-ferrosenilbenzoy kislotasining metilolmochevina,
dimetilomochevina, metilendimochevina, va tiomochevinalar bilan ham sintesi
amalga oshirilib sintez qilingan moddalarni biologik faoligi o‘rganilgan va
amaliyotga joriy etilgan. Ana shu moddalardan biri 1'-(3-karboksifenil)-1-
tioamidferrosendir.
235
Ferrotsenning eng muxim hosilasi ferrotsenkarbon kislotasi va
uning hosillari
turli-hil kasalliklar, modda almashinuvining buzilishi oqibatida kelib chiqadigan
hastaliklarni davolashda, uning suvda eruvchan hosilalari qishloq ho'jaligida
yahshi natijalar berishi aniqlangan. Biz ferrotsenni biologik faol yangi
birikmalarini olish bo‘yicha tadqiqotlarni davom ettirib
ferrotsenkarbon kislotani
tiomochevina bilan reaksiyasi amalga oshirildi. Reaksiya diazotirlash reaksiyasi
yordamida o‘tkazildi.
Olingan natijalarga ko‘ra reaksiya quyidagi sxema bo‘yicha boradi:
Reaksiya unumi nazariyga nisbatan 55%. Olingan sariq rangli moddaning
eruvchanligi aniqlandi. Organik erituvchilarda yaxshi, suvda kam eriydi. T
s
=195
o
C. Empirik formulasi C
12
H
9
O
2
NSFe
Sintez qilib olingan yangi moddaning fizik-kimyoviy ko'rsatkichlarini tahlil
qilish va unin suvda eruvchan tuzlarini biologik faolligini aniqlash bo’yicha ishlar
davom ettirilmoqda. Ushbu moddaning suvda eruvchan
hosilalari kelajakda
qishloq ho'jaligi ekinlarining o'sish va rivojlanishga ijobiy ta'sir eta oladigan,
hosildorligini oshirishga hizmat qiladigan sifatli ekologik toza mahsulotlarni
yetishtirishda biostimulyator sifatida foydalanish imkonini beradi deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: