371
PAXTACHILIKNING TARIXI VA GEOGRAFIYASI
Umarova J.Q.,
biologiya fanlari nomzodi.
Navoiy davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Paxtachilik tarixi va geografiyasi, Navoiy viloyatining geografik o’rni
hamda ahamiyati.
Аннотация: История и география хлопка, географическая роль и значение
Навоийского региона.
Annotation: History and Geography of Cotton, Geographical Role and Importance of
Navoi Region.
Insoniyat ekib foydalanayotgan ekinlar ichida qimmatlisi bu – g’o’zadir. G’o’za asosan
tolasi uchun o’stiriladi. Paxta tolasi keng miqyosda, turli maqsadlar uchun ishlatiladi va uning
organlaridan birortasi ham chiqitga chiqarilmaydi.
G’o’za tabiatda ko’p yillik o’tsimon yoki daraxtsimon o’simlik. Ko’p yillik daraxtsimon
g’o’zalar ko’sagi mayda, tolasi oz va kalta bo’lib, amalda undan tola olish uchun
foydalanilmaydi. Olimlarning tekshirishicha, g’o’za avlodi bundan taxminan 70-100
million yil
avval, ya’ni bo’r davrining ikkinchi yarmida, ba’zi tekshirishlarga qaraganda, hatto bo’r davridan
ilgari vujudga kelgan.
[2]
Ma’lumki, yer yuzi ilgari yaxlit bitta materikdan iborat bo’lib, keyinchalik geologik
o’zgarishlar natijasida kontinentlarga bo’lingan. Bularning har birini iqlim sharoitlari bir-biridan
tafovut qilgan. G’o’za o’simligi ham mana shu iqlim sharoitlar ta’sirida o’zgargan. Shunday
qilib, g’o’zaning 3 ta katta geografik gruppalari– Avstraliya, (Sturtiya), Osiyo-Afrika
(Paleotropik-eugossipium) va Amerika (Neotropik) paydo bo’lgan.
Mana shu gruppadagi
g’o’zalar tashqi muhitga hamda irsiy xususiyatlariga qarab bir qancha kichik gruppachalarga
bo’linib, tabaqalashib ketgan. Jumladan, g’o’zaning Osiyo-Afrika gruppasi Osiyo – (janubiy va
sharqiy-janubiy Osiyo) va Afrika (Afrika va g’arbiy-janubiy Osiyoning bir qismi) gruppalariga
mansub deyish mumkin. Amerika gruppasi ham ikkita kichik gruppaga–Markaziy Amerika va
Janubiy Amerika gruppalariga bo’lingan «Gossipium» avlodi mana shu tur va xillarning tabiiy
holda ko’payishiga asos bo’lgan.
O’rta Osiyoda paxtachilikni rivojlanganligi va undan nafis gazlamalar to’qilishi haqida
IX-X asrdagi arab geograflari yozib qoldirganlar. Ular Buxoro yaqinidagi Zindoni qishlog’i va
Marv shahrida to’qilgan gazlamalar nihoyatda nafis va go’zalligini
va bu gazlamadan faqat
zodagonlar kiyim tikdirib kiyishini ta’kidlaganlar.
G’o’za Yer sharining tropik, subtropik va mo’’tadil iqlim zonalarining issiq qismida
ekiladi. Garchi g’o’za o’simligi ekvator yaqinidagi mintaqada paydo bo’lgan bo’lsada, hozirgi
kunda asosiy ekin maydoni shimol va janubga qarab ancha siljigan bo’lib, janubiy chegarasi
janubiy kenglikning 35
0
gacha boradi, shimoliy chegarasi esa shimoliy kenglikning 44
0
gacha
boradi. Paxtachilikning eng shimoliy chegarasi Xitoy xalq respublikasi bo’lib, janubiy chegarasi
Avstraliyadadir. Bizning respublikamizda paxtachilik shimoliy kenglikning 37
0
dan
(Surxondaryo viloyatida), 43
0
gacha (Qoraqalpog’iston avtonom respublikasi) boradi.
Bizning viloyatimiz (Navoiy) O’zbekistonning markaziy qismida joylashgan bo’lib,
Qizilqumning anchagina territoriyasini egallaydi. Viloyatning shimolidan janubigacha 450 km,
sharqdan g’arbgacha 350 km masofani tashkil etadi. G’arbdan viloyatimiz Qoraqalpog’iston,
shimol va sharqdan Qozog’iston va qisman
sharqdan Jizzax viloyati, janubdan Buxoro,
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari bilan chegaradosh.
Viloyatning asosiy qismi qumlik cho’llardan iborat. Iqlimi keskin kontenental. O’rtacha
yog’ingarchilik viloyat territoriyasining katta qismida 70-100 mm miqdorida bo’lib, tog’ va tog’
oldi hududlarda bu ko’rsatkich 170-200 mm ni tashkil etadi.
Viloyat tuproqlari asosan qumloq, kam unum tip tuproqlardir. Shamol asosan sharqdan
g’arbga qarab esadi (300 kun o’rtacha yiliga). Qishda nisbatan sovuq, shimolda 0,2 daraja yoki
issiq va quruq. O’rtacha oylik harorat +7,5-31,1°C (maksimum ko’rsatkich +50 gacha boradi).
Hududning tabiiy iqlimi Markaziy Osiyo geografik o’rni bilan chambarchas bog’li bo’lib,
O’rta yer dengizining subtropik va Qizilqum cho’li intaqasining keskin o’zgaruvchan iqlimi
372
bilan tasniflanadi. Hududda ikki iqlim: tik tog’lar, tog’lar oldi va cho’l iqlimi huqum suradi. Tik
tog’lar tog’lar oldi iqlimi. Bu hududga dengiz sathidan 1400 metr va undan yuqori tog’, tog’lar
oldi maydonlari kiradi. Havoning o’rtacha yillik harorati 10-12°C atrofida bo’lib,
yil davomida
600-700 mm gacha yog’in-sochin tushadi, yig’indi harorat esa o’rtacha 3,7-4,0 m tezlikda
esadigan shamollar ta'sirida rivojlantirish, ayniqsa g’alla yetishtirish uchun mo’'tadil hisoblanadi.
Afso’ski joy-re'lefining keskin tik va qiyaligi katta 15-200 va undan ham yuqoriligi uchun, g’alla
yetishtirishdagi agrotexnik tadbirlarni mexanizatsiya kuchi bilan bajarish natijasida
bog’dorchilik, o’zumchilik, rivojlantirilib kelinmoqda. Asosiy maydonlar chorva mollari uchun
yaylov sifatida foydalaniladi.
Hududning dengiz sathidan 500-800 m balandlikda joylashgan tog’pasti va qiyaliklar,
tekisliklarda-tog’bo’z tuproqlari: och to’sli bo’z va tipik bo’z tuproqlar rivojlangan bo’lib
o’rtacha yillik harorat 14-15°C, yog’in-sochin o’rtacha 250-300 mm tushadi.
Viloyatning g’arbiy-shimoliy, shimoliy hududlarining iqlim sharoitlarini e'tiborga olib,
shimoliy hududlarda chorvachilikni asosan qorako’lchilikni rivojlantirish yo’lga qo’yilgan.
Viloyatning
janubiy-sharqiy, janubiy hududlarida sug’oriladigan, sug’orish mumkin
bo’lgan maydonlarida yassi tog’lar oldi tekisliklarida iqlim biroz yumshoq 12-15 m/sek tezlikda
esuvchi shamolli kunlar sanoqligina, o’rtacha 5-8 m/sek, asosan 2,2 m/sek tezlikda esadi. Biroq
Markaziy Qizilqumning keskin o’zgaruvchan iqlimi «Garimsel» kabi o’ta og’ir sharoitlar,
sug’oriladigan maydonlarda ekib parvarishlanayotgan maydonlarda qishloq xo’jalik ekinlarining
mo’tadil o’sib rivojlanishiga, hosildorligiga, salbiy ta'sirini o’tkazib turadi.
Viloyatimiz respublikamizning o’ziga xos tuproq-iqlim, ob-havo sharoitiga ega bo’lgan
katta hududni tashkil qiladi. Hududda ekiladigan g’o’za navlari ishlab chiqarish navlarining
issiqqa, suv tanqisligiga, o’ziga xos ob-havo sharoitiga bardoshli bo’lishi talab etiladi.
Viloyatda g’o’zaning o’rta tolali Buxoro-6, Oqdaryo-6, Buxoro-102, An-Boyovut-2
navlari rayonlashtirilgan. Shuningdek S-4727, S-6524, S-6530, Namangan 77,
Omad navlari
ham qisman ekiladi. Viloyatning sug’orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarida Qizilqum
mintaqasining ta’sirini hisobga olib g’o’za turlarining tuproq sho’rlanishiga, garmselga,
qurg’oqchilikka nisbatan chidamli, tezpishar bo’lishi e’tiborga olinadi. G’o’za bo’yicha ilmiy
tadqiqot ishlarini olib borishda albatta har bir viloyatning geografik o’rnini o’rganish va
geografiyasini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: