210
o’simliklari ekila boshlandi. Ularning tomirlari tuproqni mustahkamlasa, yuqori qismi tuz va
qum tepaga ko’tarilmasligiga to’sqinlik qiladi. Orol dengizi tubida o’simliklar ekishga qaratilgan
kompleks chora-tadbirlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida O’zbekiston xorijiy va xalqaro moliya
muassasalari bilan hamkorlikda 4 ta loyihani amalga oshirmoqda. To’qayzorli hududlarni
kengaytirish bo’yicha Orolni qutqarish Xalqaro fondi tomonidan “Oxantoy” qismidagi 1500 ga
hamda “Oqqum” qismining 34 ga maydonida saksovul ekildi. Yaqin yillarda ushbu yo’nalishda
olib borilayotgan chora-tadbirlar xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikdagi amalga oshirilayotgan
yangi loyihalar yordamida yanada kengaytirilishi rejalashtirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Islom taraqqiyot banki,
Saudiya taraqqiyot fondi va arab iqtisodiy taraqqiyot Quvayt fondi hamkorligida umumiy
qiymati 90 mln. AQSH dollari miqdorida Orol dengizining qurigan qismida ihota o’rmonlarini
o’tkazishdan iborat himoya hududini yaratish bo’yicha loyihalar tuzish rejalashtirilmoqda.
Loyihalar Amudaryo deltasining qirg’oqbo’yi hududida 5 ming gektar yer maydondagi
to’qayzorlarni tabiiy yangilashga hamda o’rmon xo’jaligining moddiy va texnika bazasini
mustahkamlashga 3 mln dollar miqdorida mablag’ yo’naltirilgan. SHuningdek, 2,7 mln dollar
miqdoridagi ikkinchi sheriklik dasturi doirasida Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari va
Qoraqalpog’iston Respublikasidagi Orolbo’yi cho’l hududlarining seleksion ko’chatzorlarini
yaratish bo’yicha choralar amalga oshiriladi. SHu bilan bir qatorda yaqin orada Orolni qutqarish
Xalqaro fondi BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi hamkorligida 7,5 mln dollar miqdorida
Orol dengizi havzasida o’rmonlarni tiklash va ko’paytirish bo’yicha loyihani amalga oshiradi.
2017 yil oktyabrida Urganch shahrida Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini
yumshatish masalalariga oid o’tkazilgan xalqaro konferensiya yakunlari bo’yicha, umumiy qiymati 3
mlrd.AQSH dollariga teng bo’lgan milliy va mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan shartnoma
hamda kelishuvlar imzolanib, ulardan 200 mln.dollari grantlar hisoblanadi.
Orol dengizining suvi chekinishi tufayli hosil bo’lgan sho’rxok yerlarda sharoitga mos
o’simlik va daraxtlar ekildi, Orolning suvi qurigan tubida o’rmonzor barpo etilib, garmsel, zararli
tuzlarni havoga ko’tarilishini oldini olish maqsadida saksovullar, cherkez, yulg’un, qandim kabi
o’simliklar ekildi. Orolning suvi qurigan hududida 280 ming gektarli o’rmonzor barpo etildi.
Hozir bu yerda bo’yi 5-6 metr keladigan saksovullar garmselni qaytarib, tuzli qumliklarda
ekotizim tiklanib, o’t-o’lanlar ko’payib, hayot kechirishning tabiiy sharoiti yuzaga kelmoqda.
Hududlarda notekis tarqalgan chuchuk suv resurslari antropogen omillar ta’sirida
ifloslanishi va ulardan noto’g’ri foydalanish natijasida yaroqsiz holatga o’tib qolishi mumkin.
Hozirgi kunda chuchuk suv muammosi, tinchlik, xavfsizlik shartlari hamda farovon turmush
tarzini rejalashtirgan barcha mamlakatlar uchun asosiy global ahamiyat kasb etib, mazkur holat
O’zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan alohida ta’kidlandi. “Global iqlim o’zgarishlari
tufayli Markaziy Osiyoning aksariyat mamlakatlarida tuproq emirilib, unumdor yerlarning
qisqraishi, cho’llanish, suv tanqisligi, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash jiddiy muammoga
aylanmoqda”[3,89 b ].
Orolbuyi ekologik tahdidlarini bartaraf qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi 2017
yil 10 sentabrda Ostonada bo’lgan Islom Hamkorligi tashkilotiga a’zo davlatlarni yig’lishida
birgalikda chuchuk suv tanqisligi muammosini hal qilishda hamkorlikka chaqirib, hozirda ana
shu hamkorlik asosida ishlar olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: