Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги



Download 6,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/292
Sana16.06.2022
Hajmi6,86 Mb.
#676149
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   292
Bog'liq
1-392

Adabiyotlar ro’yxati: 
1
.
Kаrimоv I.А. O’zbеkistоn Rеspublikаsi ХXI аsr bo’sаg’аsidа: хаvsizlikkа tаhdid, bаrqаrоrlik 
shаrtlаri vа tаrаqqiyot kаfоlаtlаri. Tоshkеnt, O’zbеkistоn-1997, 114 bеt.
2.O’zbekiston tabiatni muhofaza qilish vazirligi rasmiy web sayti
 
ATROF-MUHIT MUHOFAZASI VA TABIIY RESURSLARDAN OQILONA 
FOYDALANISH 
Shamsidinova Gulchehra Do’stmurodovna, 
b.f.n., dotsent
 
Shodiyeva Ozoda Majidovna, 
katta o`qituvchi
 
Bahromova Nilufar Salohiddin qizi, 
magistrant
 
Navoiy Davlat pedagogika instituti
 
Annotatsiya: Ma’qolada O’zbekiston tabiiy resurslarining holati, mineral xom-
ashyolardan oqilona foydalanish hamda atrof-muhit muhofazasi bo’yicha Respublikada 
olib borilayotgan ishlarning tahlili keltirilgan. 
Tayanch so’zlar: tabiiy resurslar,qishloq xo’jaligi, kimyoviy moddalar, oziq-ovqat 
xavfsizligi.  
 
PROTECTION OF THE SURROUNDING ENVIRONMENT AND EFFICIENT 
USE OF NATURAL RESOURCES 
Abstract: The article analyzes the current condition of natural resources in Uzbekistan, 
the efficient use of mineral raw materials, and measures being undertaken in the Republic 
in relation to the protection of the environment. 
Key words: natural resources, agriculture, chemical substances, safety of food products 
Tabiat va inson orasidagi munosabatlar azaldan hammani qiziqtirib, sanoat va 
transportning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, aholining ko’payishi va urbanizasiyasi, qishloq, 
xo’jalik ishlab chiqarishini kimyolashtirish, yerlarni betartib, rejasiz o’zlashtirish, suv 
zahiralaridan bemalol xo’jasizlarcha foydalanish, bir tomondan respublika boyliklaridan ko’proq 
foydalanishga imkoniyat bersa, ikkinshi tomondan atrof-muhitga salbiy ta’sir etib, uning 
dastlabki tabiiy muvozanatini buzilishiga olib kelmoqda. Natijada hududning havosi va suvi 
ifloslanib, tuproq erroziyasi tezlashmoqda,o’simlik va hayvonlarning ba’zi turlari kamayib yoki 
yuqolib ketmoqda, tabiiy yodgorliklar shikastlanmoqda.
“2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi 
bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da ta’kidlanganidek, ”Sug’oriladigan yerlarning meliorativ 
holatini yaxshilash,suv resurslarini tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish,qishloq 
xo’jaligi rivojlanishini aholining hayot faoliyatiga ta’sirini kamaytirish” ishlarini olib borish 
lozimdir.[1,130 b]. 
O’zbekistonda tabiiy boyliklardan foydalanish o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, asosiy 
shaharlari, qishloqlari, zavod-fabrikalari, sug’oriladigan yerlari, paxta dalalari vohalarda 
joylashganligi,natijasida Toshkent, Mirzachul, Farg’ona, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, 
Quyi Amudaryo vohalari sanoat, maishiy-kommunal chiqindilari va qishloq, xo’jalikda 
ishlatilgan kimyoviy moddalar bilan ifloslangan. “Qishloq xo’jaligini isloh qilish va oziq-ovqat 
xavfsizligini ta’minlash masalalari,hech shubhasiz,biz uchun muhim masalalardan biri bo’lib 
qoladi”[1,129]. 


206 
O’zbekiston yoqilg’i balansida faol hududlardan hisoblanib, gaz va neft Shimoliy So’x, 
Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Chimyon, Sho’rsuv, Mingbuloq konlarida qazib olinadi. 
Buxoro va Qashqadaryo vohalarida Sho’rtang (zahirasi 60 mln.tonna), Zevarda, Muborak, 
Uchqir, Jarqoq va Ko’kdumaloq (zahirasi 143.7 mlrd/m kub) gaz konlari ishga tushirildi. 
Qidirib topilgan tabiiy gaz Respublikaning 35 yil, neft esa 30 yil ehtiyojini qoplab, Rossiya va 
Turkmanistondan keyin 3-, ko’mir zahiralariga bo’yicha Markaziy Osiyoda 2-o’rinda turadi. 
Angren, Sharg’un va Boysun ko’mir konlari qatlamlari orasida xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan 
gil, kaolin,qum, bentonit, slanes va boshqa turli jinslar uchraydi. 
Mamlakat juda katta mineral boyliklarga ega, oltin, mis, molibden, vol’fram,qo’rg’oshin, 
rux, tabiiy gaz, qimmatbaho toshlar jihatidan jahonda birinchi o’rinlarda turadi. Bundan tashqari 
fosforit, tuz, oltingugurt, alyuminiy xom ashyosi pardozlash va qurilish materiallarining katta 
zahirasi mavjud. 
O’zbekistonda temir koni Sulton Uvays,Nurota, Chotqol tog’larida uchrab,uning tarkibida 
nikel, kobalt, brom, platina va boshqa ma’danlar mavjud. Hududda marganesning Zarafshon, 
Korjontov va Morguzar konlari bo’lib, mis zahirasi bo’yicha Qozog’iston va Rossiyadan keyin 
uchinchi o’rinda turadi. Mis konlari Olmaliqda, polimer konlari Surxondaryo viloyatida, 
Nurota,Qurama tizmalarida uchraydi.
Tabiat va inson qo’li bilan yaratilgan mahsulotlar - chegaralangan bo’lib, ko’mir, neft, tabiiy 
gaz yuz million yillar davomida paydo bo’lgan. Transport vositalari uchun ishlatiladigan benzin, 
dizel va raketa yoqilg’isi neftdan olinib, ko’mir zavodlarda elektr ishlab chiqarishda, tabiiy gaz 
isitish va dvigatelni harakatga keltirish va transport yoqilg’isi sifatida ishlatiladi. Hozirgi
globallashuv jarayonida qattiq yoqilg’ilarni tejash, kelajak avlod uchun zahira sifatida qoldirish 
uchun muhim manba hisoblanib, ularning me’yordan ortiq yoqilishi atmosferani ifloslanishiga, 
bu esa tabiiy ekotizimlarni buzilishiga olib keladi. 
 
Quyosh energiyasidan quvvat oladigan suv isitgich moslamalari, kollektorlar orqali 
quyosh nurlari energiyasidan foydalanadi.Shamol energiyasidan mexanik yoki elektr 
energiyasini ishlab chiqarish bevosita shamol tezligiga bog‘liqdir. Foydali qazilmalar 
insoniyatning xo’jalik taraqqiyoti uchun energiya va yoqilg’i manbai bo’lib, yildan- yilga
undan foydalanish ortib bormoqda. Agar so’nggi 25 yil ichida dunyoda ko’mirga bo’lgan 
ehtiyoj 2, temir rudasiga 3, neft va gazga 6, marganes, kaliy, fosfor tuzlariga htiyoj 2-3 marotaba 
oshgan bo’lsa, bunda aholining ulushi 40% tashkil qiladi. Hozir dunyoda har yili 150 mlrd. t. 
mineral xom ashyo qazib olinib, nurash oqibatida dengiz, okeanlarga 15 mlrd. tonna tog’ jinslari 
oqib ketmoqda. 
BMT ning ma’lumotiga qaraganda, dunyoda yiliga 32 mlrd. tonna ko’mir 2,6 mlrd. 
tonna neft, 6 mlrd. tonna temir rudasi, 3,6 mln. tonna xrom rudasi, 7,3mln. tonna mis rudasi, 3-
4mln. tonna qo’rg’oshin rudasi, 159 mln. tonna tuz, 120 mln. tonna fosfotlar, 1,2mln. tonna 
uran, simob, molibden, nikel, kumush, oltin, platina rudalari qazib olinmoqda[2,28 b]. 
Mutaxassislarning bergan ma’lumotlariga ko’ra, agar qazilma boyliklardan hozirgi sur’atda
foydalanilsa, oltin 30-35, rux 36, surma 70, kaliy 40, uran 47, mis 66, simob 70, ko’mir, neft, 
gazlar 150 yilda tugab qolishi mumkin. Shu sababli ko’pgina rivojlangan mamlakatlar: 
Yaponiya, Angliya, Germaniya, Italiya, Gollandiya, Belgiya va boshqa mamlakatlarda xom 
ashyo, yer osti boyliklari yetishmasligi oqibatida, ikkilamchi chiqindilarni qayta ishlash va 
boshqa mamlakatlarning boyliklaridan foydalanmoqdalar. Yaponiya olimlarining ma’lumotlariga 
ko’ra, okean tagidagi metall miqdorlari hisobiga dunyo sanoatini hozirgi iste’mol darajasi mis 
bilan 2000 yil, nikel bilan 70 000 yil marganes bilan 14 000 yil ta’minlash mumkin. Bu 
boyliklardan dunyo sanoati ehtiyoji uchun 20 % gacha foydalanilmoqda. Bundan tashqari yer 
osti minerallari odatda 1 yoki 2 metall hisobiga qazib olinib, qolgan qismi atrof muhitga tashlab 
yuboriladi. M: 100 t granitdan 8 t alyuminiy, 5 t rux, 0.5 t titan, 80 kg. marganes, 30 kg. xrom, 
17 kg, nikel, 14 kg. vannadiy ajratib olish mumkin. Hozirgi kunda qazib olinadigan 150 mlrd. 
tonna rudadan kerakli elementlar ajratib olinib, qolgan 95-98% atrof muhitga tashlab yuboriladi. 
Qazilma boyliklarni qidirib topish, qayta ishlash va tashish jarayonida yer yuzasi
strukturasi bo’zilib, hosildor maydonlar qisqaradi, o’simliklar nobud bo’ladi, tuproq erroziyasi 


207 
tezlashadi, oqibatda yaroqsiz yerlar maydoni oshadi. Masalan, 1 t. temir olish uchun 5-6 t.,1 
t. qo’rgoshin olish uchun 60-90 t., 1 t. rux olish uchun 80-100 t., 1 t. mis olish uchun 100-140 t. 
,1 t. mis olish uchun esa 60 000-80000 t. ruda ishlatiladi. 
O’zbekiston foydali qazilma zahiralarining 2,7 mingdan ziyod turli istiqbolli joylari 
aniqlanib, shundan 60dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb etilgan. Mamlakat hududidagi 900dan 
ortiq konning tasdiqlangan zahiralari 970 mlrd., umumiy mineral xom-ashyo salmog’I esa 3,3 
trillion AQSH dollarini tashkil etadi. G’oyat muhim strategik manbalar: neft va gaz kondensati, 
tabiiy gaz bo’yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo’yicha 40dan ortiq, rangli, 
nodir va radioaktiv metallar bo’yicha 40, konchilik xom ashyosi bo’yicha 15ta kon qidirib 
topilgan. Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 mlrd. dollarlik miqdorda foydali qazilmalar 
qazib olinmoqda va ular yoniga 6,0-7,0 mlrd. dollarlik yangi zahiralar qo’shilmoqda. Bir qator 
foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, vol’fram, kalsiy tuzlari, fosforitlar, 
kaolinlar bo’yicha O’zbekiston tasdiqlangan zahiralar va istiqbolli rudalar jihatidan MDHdagina 
emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o’rinni egallaydi. Masalan, oltin zahiralari bo’yicha 
respublika dunyoda 4, uni qazib olish buyicha 7, mis zahiralari bo’yicha 10-11, uran zahirasi 
bo’yicha esa 7-8-o’rinda turadi. 
Hozirgi kunda Zafarobod markaziy ruda boshqarmasi 170000 ga maydonda uran olish 
ishlari olib borib, mazkur maydonlarni turli darajada yaroqsiz holatga keltirmoqda. Ikkinchi 
navbat uchun ajratilgan umumiy maydon 16 000 ga ni tashkil qiladi.Olib borilayotgan amaliy 
faoliyat natijasida yer osti tuzlari miqdori 10-50, ba’zi bir radioaktiv moddalar miqdori 10-20 
barobar oshgan. Navoiyazot kombinati o’zining 570000m.kublik zaharli chigitlarini 50 ga 
maydonga ega bo’lgan suv havzalariga oqizib, uning asosini polimerlar 25%, rodonitlar 10%, 
qattiq aralashmalar, tarkibida seonit 50 mg/l, ammiak 150, sul’fat tuzlari 15000, mis 2500mg/l 
tashkil qiladi. 
Navoiy elektrokimyo zavodining chiqindisi 7 mln. 800 000 m. kubni tashkil qilib, 
125 ga maydonni egallagan, tarkibi o’ta murakkab organik birikmalardan iborat. Atrof muhitni 
toza saqlash va tabiiy yoqilg’i resurslarini tejash borasida so’nggi yillarda vodoroddan 
foydalanish muammosi yuzaga keldi. Vodorodning afzalligi shundaki, birinchidan zahirasi 
cheklanmagan sanoat miqyosida ishlab chiqarish tobora oshib bormoqda, ikkinchidan u universal 
yoqilg’i hisoblanib, elektr ishlab chiqarishda, avtotranstport, aviatsiya, dengiz transportida 
suyuq, gaz holida ishlatish mumkin.
Mamlakatimizda Angren toshko’mir koni(zahirasi 1885 mln.t), fosforidlar (zahirasi 100 
mln.t.), Fargona vodiysidagi qora ko’mir (zahirasi esa 30-35mln.t.), 32 tur rangli metallarning 33 
ta koni ishga tushirilib, 16 ta tog’ metallurgiya korxonalari faoliyat ko’rsatib, 27 ta oltin 
zahiralari mavjud konlardan 16 tasida qidiruv ishlari olib borilib,7 tasi ishlatilmoqda. 
Respublikadagi 32 ta mineral shifobaxsh suv konlaridan 12 tasida shifoxonalar tashkil qilinib, 
27 tasida mineral suvlardan foydalaniladi. Shifobaxsh suvlarni isrofgarchiligi shifoxonalarda 
50%ni, o’zi oqar quduqlarda esa 30% tashkil qilib, tabiiy boyliklarni qo’riqlash, tejab tergash,
unumli foydalanish, isrofgarchilikka chek qo’yish, hamda chiqindisiz texnologiyaga o’tish 
masalalarida kamchiliklar kuzatilmoqda. 
 
O‘zbekistonda“Chiqindilar 
to‘g‘risida”gi 
qonunga 
muvofiq, 
har 
yili 
100 
mln.tonnadan ortiq sanoat chiqindilari hosil bo‘lib, ularning 14 %i toksik toifaga 
mansubdir.Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan chiqindilar hosil qiladigan 
korxonalar ustidan nazorat ishlari amalga oshiriladi. 
Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari g’oyat 
muhim bo’lib,
 
quyidagi vazifalar asosiy bo’lib hisoblanadi: 

Tabiiy resurslardan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish, muhofazaga 
olingan hududlarni boshqarish bo’yicha dasturlar ishlab chiqish; 

Atrof-muhitni ifloslanish manbalarini aniqlash, ekologik xavfsiz mahsulotlar va 
texnologiyalar asosida ekologik sertifikatlash nazorat tizimini takomillashtirish; 

Ekologik axborotlar va atrof-muhit monitoringi bo’yicha ma’lumotlar bazasi tizimini 
yaratish, xalqaro ekologik normalar va standartlar ishlab chiqish; 


208 

Xalq 
xo’jaligining 
turli 
sohalarida 
ekologik 
toza 
texnologiyalar, 
chiqindilarni 
zararsizlantirish va o’zlashtirish bo’yicha ilmiy-texnik ishlanmalarni hayotga tadbiq etish 
hamda ilmiy tadqiqot ishlari olib borishni davom ettirish; 

Atrof-muhitni muhofazasi, tabiiy resurslardan foydalanish masalalari bo’yicha o’zaro 
hamkorlikni kuchaytirish va birgalikda ekologik qarorlar qabul qilish. 

Aholi salomatligi uchun o’ta xavfli moddalar miqdorini kamaytirish; 

Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish,chiqindisiz texnologiyalarga o’tish; 

Korxonalarda xom ashyoni tejab, ulardan kompleks foydalanish, ishlab chiqarish va
iste’mol shiqindilarini qayta ishlashga erishish; 

Ifloslantiruvchi moddalarni tabiatga chiqarganligi, tabiiy boyliklardan samarasiz 
foydalanganligi uchun tashkilotlardan jarima olish, aksincha, holatlarda ularni 
rag’batlantirish lozim.

Download 6,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish