Њзбекистон Республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Qishloqlarning evolyusiyasida ixtisoslashgan xo’jalikning, ma’muriy va diniy funksiyasining vujudga kelishi muhim ahamiyat kasb etadi



Download 351,5 Kb.
bet5/13
Sana05.04.2023
Hajmi351,5 Kb.
#925178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
janubiy turkmaniston

Qishloqlarning evolyusiyasida ixtisoslashgan xo’jalikning, ma’muriy va diniy funksiyasining vujudga kelishi muhim ahamiyat kasb etadi.

O’rta Osiyoning janubiy-g’arbiy muzofotlarida mil. avv. IV minginchi yillarda kichik qishloqlarda Joytun neolitining an’analari davom etgan. Masalan, uylar bir xonali bo’lib, pala-partish qurilib, qishloq markaziy qismida Markaziy binosi ham bo’lib, balki u taxminan umumiy yig’in uyi bo’lishi mumkin. To’g’ri, alohida qurilgan uylarning asta-sekin ko’pxonali massivlarga aylanishi ham kuzatilgan. Muzofotning sharqiy o’lkalarida kichik uylar xarakterli bo’lsa-da, ammo markaziy yig’in uylari yirik bo’lib, uning aylana devori yarim metr qalinlikda xom g’ishtdan qurilgan.15 Shu bilan bir vaqtda ancha mukammal markazlar vujudga keladi: Geoksyur maydoni 12 ga, Qoratepa 15 ga va Namozgohtepa maydoni ham bulardan kam emas. Qoratepadagi qurilishlarning tig’isligiga qaraganda, bu erda 100 dan ortiq odam yashagan. Ko’pxonali uylar esa katta oila jamoasi yashaganligini ko’rsatib, bu asosiy yaycheyka strukturasi hisoblangan.

Yuqorida keltirilgan dalillar shuni ko’rsatadiki, neolit davrida hayvonlarni xonakilashtirish barcha hududlarda bir xil bo’lmagan, bu jarayon tabiiy va geografik sharoitlar bilan ham muayyan bog’liq bo’lgan, albatta. Neolit davri etnik birikmalarining vujudga kelishi bilan ham xarakterlanadi. Bu o’rinda Joytun, Kaltaminor va Hisor qabilalarining moddiy madaniyat xususiyatlari xo’jaligi va tarqalish hududlari inobatga olinadigan bo’linsa, neolit davrida birgina moddiy tarixiy umumiyliklargina emas, balki qabilalarning etnik jihatdan birikmalari ham tashkil topib, bu hodisa sivilizasiya sari bo’lgan evolyusiyaning hosilasi edi. Hisor neolit davri jamoalari ijodkorlari o’ziga xos madaniyat barpo qilish bilan bir vaqtda jahon ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa neolit qabilalari madaniyati xususiyatlarini ham o’zida ifodalab, tarixiy taraqqiyot jarayonida va urbanizasiya yo’lida muhim rol o’ynagan. Bu qabilalar yangi tosh asrining dastlabki etaplaridan mahsulot ishlab chiqarish xo’jaligini shakllantira borib, qo’nim yashash sharoitlarini yaratgan. Xullas, tog’li hisorlik qabilalar ibtidoiy madaniyatimiz tarixida o’chmas iz qoldirdi.

O’rta Osiyoning tabiiy sharoiti yashash uchun qiyin bo’lgan muzofotlarda, xususan, mamlakatning shimoliy dashtlari va cho’llarida yashab kelgan qabilalarning katta bir qismi bir necha ming yillar davomida terim-termachilik, ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanib, tirikchilik o’tkazib kelganlar. Shu tufayli bu hududlarda qo’nim yashash bilan bog’liq makonlar kamchil uchraydi.

Arxeolog olimlarimiz bu qabilalarning moddiy madaniyat tarixini o’rganish borasida ham katta yutuqlarga erishdilar va ular neolitning ilk bosqichlaridan to uning so’nggi davrlarigacha galma-gal rivojlanib kelgan taraqqiyot yo’llarini isbotladilar. Shu bilan birga, O’rta Osiyoning mahalliy mezoliti negizidan shu erlik neolit madaniyatining etishib, qaror topganligi kabi masalalar oydinlashtirildi.

Avvalo, so’nggi paleolit va mezolit davrida mavjud bo’lgan ona urug’i navbatdagi neolit davrida o’zining birmuncha yuksalish darajsiga erishganligini nazarda tutish kerak. Barcha xo’jalik siljishlarining zaminida mehnat qurollarining doimiy takomillashib borishi yotadi. Toshni parchalash, uni qurol-yarog’ ishlab chiqarish maqsadida qayta ishlash texinkasi yuksaldi. Qurollarning turlari birmuncha ko’paydi. Toshni silliqlash, parmalash usullarida qurol yasash texnikasi o’zlashtirildi. Xo’jalikka zarur bo’lgan toshboltalar takomillashtirildi. Loydan ro’zg’or, idishlari yasash ixtiro qilindi. Kemasozlik va to’qimachilikning paydo bulishi ovchilik, baliqchilik, oddiy dehqonchilik va dastlabki chorvachilik sohasida kishilarning erishgan muvaffaqiyatlari neolit davriga to’g’ri keladi. Tabiiy sharoiti birmuncha yaxshi hududlarda yashagan qabilalar o’troq, dehqonchilik kasbini egaladi. Uy-joylarning har xil turlari paydo bo’ldi. Mamlakatimizning janubidagi ayrim mintaqalarda shox-shabbalardan to’qilgan, loy bilan suvalgan, loydan qurilgan uylar, yog’och karkasli uylar va shu kabi turli tarzdagi imoratlar vujudga keldi. O’troqlikka o’tish odamlarning butun turmush tarzida o’zining jiddiy ta’sirini ko’rsatdi. Odamlarning xo’jalik faoliyati tobora umumiylik kasb etib, xo’jalikning turli tarmoqlari rivojlana bordi. Mezolit davrida boshlangan motiga dehqonchiligi rivojlana bordi, hayvonlarni xonakilashtirish jarayonidan dastlabkn o’troq chorvachilik xo’jaligi tashkil topdi. Umuman, mamlakatimiz hududida neolit davri miloddan avvalgi V—III ming yilliklarga to’g’ri keladi.

Ibtidoiy davr, shu jumladan neolit madaniyatini o’rganishda tosh buyumlar muhim va yetakchi manba hisoblanadi. Arxeologiyada ko’pgina tadqiqotchilar u yoki bu qabilalarning madaniyat tarixini o’rganishda turmushda qo’llanilgan sopol idishlar muhim manba ekanligi e’tirof qilinadi. Albatta, sopol buyumlarnnng manba sifatidagi ahamiyatini pasaytirib bo’lmaydi, biroq loyni pishirish usulida idishlar yasashni kishilar o’tmish tariximizda nisbatan ancha keyinroq, ya’ni neolit dav­rida ixtiro qilishgan. So’ngra bu jarayon barcha qabilalarda birvarakayiga tashkil topmagan. Shuning uchun bo’lsa kerak, O’rta Osiyo miqyosida topilgan ayrim neolit makonlarida sopol buyum qoldiqlari kuzatilmaydi. Bas, shunday ekan, neolit davri madaniyatini o’rganishda ham tosh industriya yetakchi manba bo’lib kelaveradi.16

Arxeologiyada tosh industriya deb, tayyorlangan buyum tiplarining barqaror, doimiy muvozanatdagi yig’indisi tushunilib, bu yerda toshni paraqalash texnikasi, uni ikkinchi bor qayta ishlash, ya’ni kertish usulida o’tkirlash hamda buyumlar shakllarining doimiy saqlanishi kabi shartlar hisobga olinadi. Yodgorliklarni o’rganishda mana shu asosiy prinsiplar e’tiborga olinib, territoriyalar va turli mintaqalar zaminida topilgan komplekslarning bir-biriga o’xshashligi yoki ularning farqlari aniqlanadi. Bu metodning ahamiyati ham shundaki, industriya taraqqiyotining doimo takomillashib borishiga yoki turg’unligiga qarab jamoalarning madaniyat darajasi aniushnadi. Mana shu asosda biror-bir, katta territoriyada yashagan qabilalarning umumiy madaniyat yig’indisi va shu yig’indi tarkibida lokal, ya’ni mahalliy madaniyat elamentlarnig mavjudligi aniqlanib, natijada shu qabilalarning gnoseologiyasi, ya’ni kelib chiqish yo’llari hamda zamonga nisbatan davri aniqlanadi. Masalan, O’rta Osiyo territoriyasidagi neolit yodgorliklarining kupchiligini paraqasimon tex­nika yig’indisi asosida birlashtirish mumkin. Ammo paraqalash texnikasi tarkibida ham turli o’ziga xos uslublarni kuzatish mumkin. Shunday ekan, O’rta Osiyoning cho’l-dasht mintaqasida yashagan ovchilik va baliqchilik bilan turmush kechirgan qabilalar kaltaminorliklar madaniyat tarixi yig’indisiga birlashadi. Ammo shu ma­daniyat yig’indisi tarkibida yana ikkinchi bir mahalliy madaniyat ementlariga ega bo’lgan Oqchadaryo atrofida yashagan qabilalarni misol keltirish mumkin. Shunday qilib, yodgorliklardagi topilma industriya uch nuqtai-nazardan, ya’ni paraqalash texnikasi, qayta ishlov berish va buyum turlari asosida o’rganiladi. Paraqalash texnikasi deb g’amlangan turli yirik, kichik paraqalar va shu tarzdagi tosh uchirindilari ( otsheplar) yig’indisi tushuniladi. Qayta ishlov texnikasi deb har xil tarzda buyumlarni o’tkirlash usuli tushuniladi. Neolit davrida tosh uskunalarni o’tkirlash texnik usullari turlicha bo’lgan. Jumladan, o’tmas qirrali, o’tkir qirrali va arra tishli yo’sinda tig’ chiqarilgan. Odatda, tig’ chiqarish qurolga mo’ljallangan tosh parchasining astar yoki orqa tomonidan kertish, ezish texnikasi usulida bajarilgan. Buyum turlari yig’indisini o’rganishda ularning morfologik va texnik belgilari hisob­ga olinadi. Mana shu tarzda yodgorliklar industriyasining xususiyatlari aniqlanib, ularning qaysi madani­yat doirasiga mansubligi belgilanadi.

Shunday qilib, u yoki bu yodgorlik topilmalarini kompleks o’rganish tufayli biron-bir madaniyat qol­diklari qaysi sabilalarga taalluqli ekanligini, davrini aniqlash, kelib chiqishi hamda ularning bir-birlari bilan bo’lgan madaniy aloqalarini bilib olish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Demak, ibtidoiy tariximizni o’rganishda tosh industriya muhim va yetakchi ahamiyatga egadir. Albatta, arxeologiya sohasidagi boshqa man­balarning ahamiyatini ham pasaytirib bo’lmaydi.

Tadqiqiqotchilarimizning so’nggi yillarda bu sohada erishgan yutuqlarini nazarda tutsak, O’rta Osiyo neolit madaniyatining kelib chiqishi jarayoni bir ma’lum yo’nalishdan bormasdan, balki ko’p qirrali bo’lib, mahalliy madaniyat negizida va qo’shni qabilalarning ma’lum elementlari ishtirokida tarkib topgan. Miloddan avvalgi V minginchi yillikning boshlariga kelib, O’rta Osiyoda xo’jalik asosan ikki yo’nalishda rivojlandi. Bu yerda, Kopetdog’ etaklarida hamda ayrim boshqa tabiatan dehqonchilik uchun qulay rayonlarda bir guruh qabilalar toshqin suvlar asosida va sun’iy sug’orish yo’li bilan dehqonchilik qilishni o’rganib, o’troqlashib yashashga o’tadilar. Bu qabilalar ovchilik, baliqchilik, termachilikni dehqonchilik bilan qo’shib olib borgan, turli ozuqa o’simliklarini madaniylashtirgan, xo’jaligi tez yuksalib borgan. O’rta Osiyoda, asosan shimoliy dasht va cho’l territoriyalarida yashagan boshqa bir guruh qabilalar ovchilik, baliqchilik asosida tirikchilik qilganlar, ovchilik va baliqchilik bir necha ming yillar davomida ular xo’jaligining negizini tashkil etgan. Natijada mikrolit asbob-uskunalarning, jumla­dan, janubda dehqonchilikning vujudga kelishi tufay­li yo’qolib ketgan va yo’qolib borayotgan tosh qurollarining bu qabilalar turmushida uzoq zamonlar davo­mida saqlanib qolishiga sabab bo’ldi, oqibatda bunday qurollar shu ovchi va baliqchi qabilalarning tirikchi­lik manbai bo’lib qoldi hamda ularning hayotida termachilik ma’lum o’rin tutdi. O’rta Osiyo neolit davri bo’yicha maxsus kurs o’tilishini nazarda tutib, quyida bu hududda neolit madaniyatining yo’nalishini umumiy tarzda ko’rib chiqishni lozim topdik.

Arxeologiya fanining O’rta Osiyo neolit madaniyatini o’rganish sohasida erishgan yutuqlariga asosan bu hududda yashagan yangi tosh davri qabilalarini dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va baliqchilik xo’jaliklari asosida tirikchilik yuritgan aholi guruhlariga bo’lish mumkin.17

Shuni alohida qayd etish lozimki, Qadimgi Marg’iyona hududlarida tosh asri madaniyati, ayniqsa, paleolit davri hamon sust o’rganilgan. Turkmanistonning Kopetdog’ etaklarida neolit davri yodgorliklari ancha tuzuk o’rganilgan. Bevosita Marg’iyona hududlarida yakka-dukka tarzda tosh qurollari topilganligi ma’lum, ammo madaniy qatlamlar bilan bog’liq yodgorliklar hozircha topilib o’rganilganicha yo’q. Shu boisdan, Janubiy O’rta Osiyoning tosh davri Baqtriya manbalari asosida ko’rib chiqildi.

Xulosa tarzida shuni qayd etish lozimki, bu hududlarda sodir bo’lgan tosh asri madaniyati o’zga yurtlardan kirib kelgan emas, balki tub, mahalliy asosda rivojlangan bo’lib, bu hududlarda tashkil topgan mis-tosh va jez davri madaniyati joyli tosh asri jamoalarining keyingi vorislari edi. Bu masalalar ishimizning bundan keyingi satrlarida o’z ifodasini topgan.

Joytun urug’ – jamoalarining dehqonchilik madaniyati.

Eng qadimgi dehqonchilik madaniyati izlari Turkmanistonda yaxshi o’rganilgan. Janubiy Turkmanistondagi Kopetdog’ tizmasining shimoliy tog’bag’ri tekisligi territoriyasi mamlakatimizning dastlabki dexdonchilik madaniyati tashkil topgan markazlaridan biri ekanligi isbotlangan. Bu territoriyada yashagan jamoalar xo’jaligida dehqonchilik neolit davrining dastlabki bosqichlaridayoq muhim o’rin tutgan. Bu haqdagi arxeologik ma’lumotlar 30-yillarga to’g’ri keladi. Bi­roq Janubiy Turkmanistonni arxeologik jihatdan astoydil o’rganish ishlari 1952 - yildan, ya’ni Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspedisiyasining bu yerda tadqiqot ishlarini yo’lga qo’yishidan boshlandi. Turkmanistonda qadimgi dehqonchilik madaniyatini o’rganish sohasnda, avvalo, B. A. Kuftin, A. A. Marushenko, so’ngra 1955 - yildan V. M. Masson, D. Durdiyev, O. K. Berdiyev kabi arxeologlar katta tadqiqot ishlari olib borib, bu madaniyat haqida juda qiziqarli ma’lumotlar to’plashga erishdilar. Janubiy Turkmaniston hududida dastlabki ibtidoiy dehqonchilik madaniyati tarixini o’rganish Joyitun qishlog’ini tadqiq qilishdan boshlandi. Bu yodgorlik Ashxaboddan 30 km shimoli-g’arb tomonda, Qoraqum tizmasining boshlang’ich mintaqdsidagi qumlik tepalarning birida, qadimgi daryo deltai qirg’og’ida joylashgan.18 Aslida «joyi tun», deb shu yodgorlik yaqinida joylashgan suv to’planadigan pastqam qoq joyga aytiladi. Joyitun tepaligining nomi ham shunga asosan adabiyotlarda shartli qabul qilingan. Joyitun qishlog’i qoldig’ini arxeologik jihatdan o’rganish tufayli ibtidoiy dehqonchilik xo’jaligiga doir katta material to’plandi. So’nggi yillarda bu yerda arxeologik ishlar keng ko’lamda olib borildi va natijada Kopetdog’ tizmasi etaklaridan yana shunga o’xshash bir necha qadimgi dehqon qishloqlari qazib o’rganildi. Jumladan, Bami, Tug’oloqtepa, Chag’illitepa, Munchoqlitepa, Cho’pontepa kabilar shunday yodgorliklar tipidan bo’lib, ular qadimgi dehqonchilik madaniyatiga oid qiziqarli materiallar berdi.

Turkmanistonning boshqa hududlarida yashagan neolit qabilalari ovchilik, baliqchilik va terimchilik xo’jaligi asosida tirikchilik o’tkazganlar. Mamlakatning janubiy serhosil vohalarida esa o’troq dehqon va chorvador qabilalar yashagan ekan. Bunday ishlab chiqaruvchi xo’jalikning tashkil topishida tabiiy sharoitning mavjudligi muhim rol o’ynagan. O’sha zamonlarda Kopetdog’ tog’i jilg’a-soylaridan hosil bo’lgan suvlar kichik daryochalarni tashkil qilib, vohaga hayot bag’ishlagan. Ayniqsa, sel, toshqin suvlari natijasida tashkil topgan serxosil vohalar ibtidoiy kishilarning oddiy dehqonchilik yuritishiga ma’lum qulaylik tug’dirgan, Bunday vohalarda sun’iy sug’orish usulida dehqonchilik qilish yaxshi natija bergan. Bu atrofda yashagan ibtidoiy jamoalar dehqonchilikni liman usulida olib borgan. Bu usul shundan iborat bo’lganki, jilg’alardan kelgan toshqin suvni sun’iy ravishda dalaga qaytarib, ya’ni jilovlab, ekin maydonlarini cheklarga bo’lib, so’ngra g’alla ekishgan. Bu usul yuqori hosil manbai bo’lmasada, biroq, shu tarzda dastlabki dehqonchilik qilingan. Agar dastlabki vaqtlarda toshqin suv bosgan uchastkalarda dehqonchilik qilingan bo’lsa, keyinchalik asta-sekin sun’iy sug’orish usuli qo’llanilgan.

Mana shunday dastlabki ibtidoiy dehqon qishloqlaridan biri Joyitun hisoblanadi. Yodgorlik bir necha yillar davomida qazib ko’rildi va qadimgi dehqon jamoalarining turmush faoliyati bilan bog’liq juda qiziqarli ilmiy ma’lumotlar olindi. Ma’lum bo’lishicha, qishloq uchta davriy qatlamdan iborat bo’lib, bu qaltlamlar bu yerda kishilarning uzoq zamonlar yashaganligidan guvohlik beradi. Arxeologik usul bilan birin-ketin qazilib ochilgan uy-joy binolari, hovli va xo’jalik binolari neolit davrida kishilarning me’morchilikda erishgan yutuqlaridan dalolat beradi. Binolar deyarli to’rtburchak tarzida bo’lib, qurilish materiallari sifatida tuxumsimon, silindr shakllaridagi loy g’ishtlardan foydalanilgan. Bino qurishda qo’llanilgan bu «g’isht» shakllari doimiy takomnllashtirilib borilgan. Xonalarning pollari ganch va ayrim hollarda ohak erntmasi bilan tuproq aralashtirilib suvalgan. Devor qurish va suvash ishlarida somon kam qo’llanilgan. Bunday ibtidoiy dehqonlar me’morchiligiga oid binolar qoldiqlari Joyitun madaniyati doirasiga taalluqli boshqa ko’pgina yodgorliklardan ham topildi. Yangi tosh zamonida ibtidoiy jamoalarning bu borada erishgan yutuqlari turmushda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Shuning uchun ham neolit davridagi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan bu madaniyatni Joyitun madaniyati deb aytiladi.19

Joyitun madaniyati Janubiy Turkmanistondagi eng qadimgi dehqon va chorvador ajdodlarimizning madaniyatidir. Joyitun qishlog’idan hamda shu tipdagi ko’pgina yodgorlikdardan bu madaniyatli qabilalarning xo’jalik turmush faoliyatlari taraqqiyot darajasini belinlovcin ko’pgina boshqa topilmalar ham qo’lga kiritildi. Shlardan mehnat qurollari, turmush buyumlari hamda san’at namunalari qiziqarlidir. Joyitunliklar o’z mehnat qurollarini asosan turli tosh jismlaridan, ko’pincha esa chaqmoqtoshlardan hamda suyak va yog’ochlardan yasashganlar. Biroq suyak va yogoch qurol-aslahalar bizgacha juda kam yetib kelgan. Tosh topilmalari tarkibidan o’zaklar keng joy oladi. Ular turlicha bo’lib prizma va konussimonlari ko’proq qismini tashkil qiladi. Bunday tosh o’zaklardan turli hajmdagi, asosan pichoqsimon paraqalar ajratib olinib, ulardan qurol tig’lari yasashganlar. Tosh paraqalar Joyitun industriyasining asosiy komponenti hisoblanadi. Ibtidoiy joyitunliklar tosh paraqalaridan turli qurol-aslahalar yasashning yetuk ustalari bo’lganlar. Jumladan shu tipdagi yodgorliklardan topilgan qadamatosh o’roq tig’lari, turli shakldagi randalar, qirg’ichlar, arra tishli buyumlar, payrahasimon qurollar bundan guvohlik beradi. Ayniqsa, qadamatosh qurol qoldiqlari serob uchraydi. Bu tarzdagi tosh qurollar aslida o’roq tig’lari bo’lib, joyitunliklarda dehqonchilik kasbi yetakchi xo’jaliklardan bo’lganligini bildiradi. Yodgorlikllar zaminidan ko’pgina geometrik shakllardagi mikrolitlar topildi, ular o’rim-yig’im hamda turli narsalar kesuvchi asboblarning qadama tig’lari sifatida qo’llanilgan. Bu yerda geometrik shakldagi mikrolitlarning keng tarqalishi Joyitun madaniyatining muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. Bunday qurollarning suyakdan yoki yog’ochdan dastalari bo’lgan. Kaspiy dengizi bo’yida joylashgan Jabal g’oridan shunga o’xshash qurol-aslaha qoldiqlari topilgan edi. Biroq Jabal g’oridan farqli ravishda joyitunliklar yangi tarzdagi xo’ja­lik egalari sifatida bunday shakldagi geometrik mikroparaqalarni qadama tig’ sifatida qo’llashgan ekan. Ibtidoiy qurollarning funksiyalarini aniqlashda olimlarimiz katta yutuqlarga erishdilar. Xullas, Joyitun madaniyati tosh industriyasining muhim xususiyati qurollarning paraqalardan ishlab chiqarilishidadir. Ammo bu yerda tosh parchalaridan (otshep) yasalgan qurollar ham uchraydi va ikkinchi bor, ya’ni qayta o’kirlanmagan qirrali paraqalardan ham kesuvchi asbob sifatida foydalanilgan. Joyitun tipidagi yodgor­liklardan topilgan tosh randalar burg’ular va shu kabi ko’pgina qurol turlari boshqa qo’shni territoriyalardan topilgan arxeologik komplekslardan katta farq qilmaydi. Joyitunliklar silliqlash usuli bilan boltalar yasashni bilganlar. Jumladan, bu yerdan topil­gan teshasimon va bolta qurollar bundan dalolat be­radi.

S. A. Semyonovning tajribalari natijalariga ko’ra, yumshoqroq toshdan silliqlanib, yasaladigan bitta tosh bolta uchun 2,5—3 soat vaqt va shunday usulda nefritdan tayyorlanadigan bitta bolta uchun 10—15 soat vaqt sarflanadi. Demak, joyitunliklarning ish faoliyatini hisobga olganda, oddiy qurollarni ishlab chnqarish uchun uncha ko’p vaqt talab qilinmagan. Yodgorlik zami­nidan topilgan palaxmon toshlari, keli, ya’ni o’g’ir hamda oddiy qo’l yorg’uchoq asboblar ham joyitunliklar turmushida keng qo’llanilgan ekan.

Joyitun madaniyatining so’nggi davriga doir yodgorlinklardan biri Chag’allitepadan ham dehqonchilik faoiyatiga taalluqli qiziqarli topilmalar olindi. Masalan, hayvon suyaklaridan yasalgan belkuraklar, igna, juvoldiz va boshqa teshuvchi hamda tikuvchi asboblar, hayvon terilarini tozalaydigan qurollar shular jumlasidandir.20


Download 351,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish