1) mustahkam changli taqir yer, kulrang yerli. Qalinligi 5 sm. 2) mustahkam qumoq tuproq, kulrang tuzli qatlam. Qalinligi 10 sm. 3) mustahkam tuproqli, mexanik tarkibli malla rang tuzli qatlam. Qalinligi 2,4 metr. 4) mayday donli, kvartsli sarg’ish yer rangli qum. Qalinligi 45 sm. 5) mayda donli juda mayday donli, sariq rangli yer rangli qum. Qalinligi 15 sm. 7-Transheya Mullalitepa qishlog’ining g’arbiy qismini kesib o’tgan o’zanda joylashgan. Transheyaning uzunligi 5 metr, chuqurligi 0,8 metr. 1) Qumoq tuproqli taqir yer, kulrang yerli mustahkam qatlam. Qalinligi 3 sm. 2) kulrang o’rtacha tuzlangan qumoq tuproq. Qalinligi 12 sm. 3) turli rangdagi mustahkam og’ir, sho’rxok tuproq. Uzunligi 4,7 m, chuqurligi 40 sm. 4) mayda donli kvartsli kulrang yupqa qumli qatlam, ost qismi qizg’ish – malla rangda. Qalinligi 40 sm. Bu linzada boshqa Geoksar II fazasi linzasi o’zanidan ochilgan transheya 1,3,4,5 dan farqlanmaydi.13 Qadimiy Geoksar vohasining gidrografik tarmog’i va qadimiy delta tekisligi ajralmasidagi aholi dehqonchilik uchun sug’orishda liman uslubidan foydalangan. Bukinichning takidlashicha aynan yuqorida aytib o’tilgan liman usulidan Kopetdog’ tog’oldi zonasida yashovchi qadimgi dehqonlar foydalanishgan. Bu sug’orish tizimlari tarmoqlari 1962-1963-yillarda tekshirilgan. Shu tariqa Janubiy Turkamanistonda dehqonchilikning vujudga kelishi va rivojlanishini o’rganar ekanmiz yuqoridagi Geoksar yodgorligi muhim topilmadir. II bob. Janubiy Turkmanistonda dastlabki dehqonchilikning vujudga kelishi va Joytun madaniyati. 2.1. Janubiy Turkmanistonda dastlabki dehqonchilikning vujudga kelishi. Mezolit, ya’ni o’rta tosh davridan keyin neolit boshlandi. Neolit so’zi yunoncha «neos»— yangi va «litos»— tosh so’zlaridan iborat bo’lib, yangi tosh asri degan ma’noni anglatadi. Neolit tosh asrining so’nggi bosqichi bo’lib, insoniyat bu davrda yangi katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Dehqonchilik va chorvachilikka o’tilish jamiyat tarixida keskin iqtisodiy sakrash bo’lib, olimlar bu taraqqiyot bosqichini neolit yoki dehqonchilik revolyusiyasi deb ataydilar. Bu davrda qishloq-qarorgohlarning ham qiyofasi jiddiy o’zgaradi. Dehqonchilikka o’tilishi jamoalar xo’jaligining asosi sifatida kishilarning muqim, o’troq yashashiga olib keldi. Endilikda qarorgohlarning mukammalasha borishiga ijtimoiy-iqtisodiy jabhalar katta ta’sir ko’rsatadi. Dehqonchilikning ilk bosqichlarida vujudga kelgan «oshkoralik binolari» istehkomlar bilan o’rab olinadi. Bunday binolar butun jamoaga tegishli edi. Keyinchalik «dohiylar» uylari tashkil topib, jamoatchilik funksiyalarini bajargan. To’g’ri, istehkomli qishloqlar rivojlangan ovchi va baliqchilarda ham mavjud edi, lekin bu jarayon aslida o’troq dehqonlarga xosdir. Hosildor, suvli va chorvachilik uchun qulay yerlarga bo’lgan ishtiyoq qabila va jamoalar o’rtasida o’zaro mojarolarni keltirib chiqaradi, hatto qurolli to’qnashuvlarga ham sabab bo’lgan. Shuning uchun qishloqlarni mudofaa istehkomlari bilan mustahkamlash odat tusiga kiradi. Eng qadimgi dehqonlar qishloqlari O’rta Osiyoda miloddan avvalgi VI ming yilliklarga mansub joytunliklar madaniyati misolida bir muncha yaxshi o’rganilgan. U O’rta Osiyoning asosan janubiy-g’arbiy mintaqalarini o’z ichiga olgan holda, odatda qurg’oq muzofotlardan iborat bo’lganligi uchun ham sun’iy sug’orish asosida xo’jalik yuritishni talab qilardi. Shuning uchun ham o’troq, muqim yashash kompleksi alohida ahamiyatga ega edi. Inson jamoalari bir necha ming yillar bu joyda yashaganligi sababli ayrim qishloqlarning madaniy qatlamlari bir necha o’n metrlarni tashkil qilgan. Bunday muqim yashash xususiyati manzarasini Joytun madaniyatiga tegishli yodgorliklarda kuzatish mumkin bo’ldi. Joytun madaniyatining ilk davriga mansub Joytun qishlog’ining o’zi hisoblanadi. Bu qishloq 30 ta uydan tashkil topgan, ular hovli va xo’jalik qurilmalari bilan jihozlangan. Uylarning joylashishi ham ma’lum bir reja asosida emas. Umumiy jamoa uyi va ibodatxona ham ajratilmagan. Ammo Joytun madaniyatiga mansub va uning o’rta bosqichi rivojlanishiga doir Pessijiktepada ibodatxona yoki jamoa yig’iniga taalluqli uy ochilgan bo’lib, uning dahliz – kirish qismi, devorlari turli buyoqlar bilan jihozlangan.14 Ammo uylarning tartibsiz qurilish holati hamon saqlangan. Xuddi shunday xususiyat so’nggi Joyitun qishlog’ida saqlangan bir vaqtda endi bu erda qishloqning o’rtasida katta uy joylashgan bo’lib, bu bino ham, ibodatxona ham umumyig’in funksiyasini bajargan. Joyitun qishloqlarining maydon hajmi unchalik katta bo’lmasdan, balki 05 gektardan to 2 gektargacha. Bu ko’rsatkich qishloqlarning dehqonchilik davrida ularning tobora kengayib borishidan dalolat beradi. Bu qishloqlarda ham mudofaa inshootlari yo’q. Biroq qishloqning chetki joylarida barpo etilgan uy devorlari qishloq ichkarisiga nisbatan bir muncha qalinroq. Bu jarayon fartifikasiya taraqqiyotiga tashqi, siyosiy kuchlar ta’sirining minimal darajadaligini ko’rsatadi. Shuni aytish lozimki, Old Osiyoda miloddan avvalgi VIII-VII ming yilliklarda yashagan qadimgi dehqonlar turmushida uy-joy qurish, fartifikasiya masalalari bu vaqtda ancha rivojlangan edi. Keyinchalik yirik qishloqlar, ishlab chiqarish hali kichik oilalar ixtiyorida edi. Doimiy evolyusiya tufayli ilk dehqon jamoalarida, avvalambor, son jihatdan o’zgarish, qishloqlarning tobora yiriklashuvining sodir bo’lishi qishloqlarning tiplarga ajratish sxemasi vujudga keldi. Qishloqlarni odam soniga qarab ularning mezonini belgilash mumkin. Masalan, amerikalik arxeolog G.Chayld shahar tipidagi qishloqlarning aholi soni 5000 bo’lishi mumkin, degan taklifni kiritgan. V.M.Massonning fikriga qaraganda, to’liq o’rganilgan yirik qishloqlarning aholisi 1000 kishigacha bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |