15
Amaliyot bilimlarning haqiqiyligini ko’rsatuvchi mezondir.
Kuzatish, tajriba, o’zgartirish,
yaratish, - bular amaliyot shakllariga kiradi. Amaliyot ijtimoiy hayot
va tabiatning murakkab
jarayonlarini bilib olishda inson uchun asosiy qurol bo’lib xizmat qiladi.
41. Ta‘lim jarayoni mohiyatini tushuntiring?
Jarayon – bu lotinchadan olingan bo’lib, oldinga harakat qilish tushuniladi. Ta‘lim
jarayonining mazmunini bilim, ko’nikma va malakalar tashkil qiladi.
Ta‘lim jarayoni - o’quvchi (talaba)ning bilmaslikdan bilishga tomon, oddiydan murakkabga
tomon, uncha tuliq bo’lmagan bilimdan ancha to’liq, aniqroq va chuqurroq bo’lgan
bilim tomon
sodir bo’ladigan jarayondir. Bu o’qituvchi rahbarligida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: