Qachon O’rta Osiyoda ham pedagogik fikrlar taraqqiy eta boshladi.
XVIII asrga kelib O’rta Osiyoda ham pedagogik fikrlar taraqqiy eta boshladi. Asrimizning
boshlarida vatandoshlarimizdan M. Bexbudiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy,
Saidrasul Aziziy, A. Fitrat, Saidahmad Siddiqiy kabi ma‘rifatparvar jonkuyarlari yetishib chiqdi. Bu
olimlar yangi usul maktablari tuzishda, darsliklar yaratishda, xalq o’rtasida ma‘rifatni targ’ib
etishda jonkuyarlik qildilar.
6. Maktab so'zining ma'nosi nima?
Hayotning barcha yo'nalishlaridagi tajribalar maktabning vujudga kelishiga sabab bo'ldi.
Maktab so'zi yunon tilida “dam olish, mehnatdan so'ng hordiq chiqarish” degan ma'noni anglatadi.
Qadimgi Gresiyada maktab deb tajribaliroq, bilag'onroq odamlarning bolalari va usmirlar bilan
suhbatlashishini aytishgan.
Keyinchalik “maktab” termini maxsus o'quv-tarbiya muassasalari sifatida ishlatila boshlagan
va hozirgi vaqtda ham shu ma'noda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |