Mavzu:Tijorat bankida kredit operattsiyalarini tashkil etish. Bankning kredit siyosati.
Respublikamizdagi har bir bankning o/zining kredit siyosati mavjud. Banklarning kredit yo’naltirshi iqtisodiyotni rivojlantirsh to’xtab qolgan yoki rivojlanmagan soxalar jadal suratda rivojlantirish v ular moddiy resurs bilan taminlash uchun xizmat qiladi. Albatta bunda banklar ham zerilarli daromat qiladi banklarning asosiy daromadlaridan biri bu kredit yo’naltirishdandir Xalq banki ATB xozirgi kunda davlat banki xisoblangani uchun asosan davlat buyurtmasi bo’yicha kreditlar yo’naltiradi.
Xozirgi kunda Xalq banki ATBda quyidagi kreditlar mavjud:
Xunarmand Istemol kredti
Tezkor avto kredit
“Bunyodkor kredit
“Ayollarga ko’mak kredit
Ta’lim krediti
Qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun kreditlar
Bankning kredit siyosati — kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi tavakkalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir ko‘rsatmalar bilan ta’minlovchi hujjatdir. Kredit siyosati bankning kredit faoliyati maqsadlarini aniq ko‘rsatishi va aniqlab berishi shart. Tijorat bankining kredit siyosati alohida xujjat sifatida ishlab chiqiladi va bank kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Kredit siyosati bank faoliyati turlariga qarab mazmuni va tuzilmasi jihatidan farq qiladi. Mazkur bo‘lim bank maqomi va u joylashgan manzildan qat’i nazar, kredit siyosatida aks ettirilishi lozim bo‘lgan umumiy masalalar ro‘yxatini belgilab beradi. Bunda kredit siyosatining yo‘nalishlarida berilayotgan kreditlarning hajmi va shakli, qisqa va uzoq muddatli kreditlar o‘rtasidagi nisbat, moliyaviy axborotlarni tahlil etish jarayoni, kredit portfeli hamda mablag‘larning qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar aks ettirilishi lozim. Har qanday kredit siyosatining maqsadi odatda quyidagilardan iborat bo‘ladi: uzoq muddatli investitsiyalardan aksiyadorlarga yuqori daromad kelishini ta’minlash, likvidlikni saqlab turish, tavakkalchilikni diversifikatsiya qilish, siyosat va tadbirlar birligini kafolatlash, qonunlar va me’yoriy hujjatlarga rioya qilish, hududning kreditlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish.
Bank tomonidan kreditlar kaytarishlilik, muddatlilik, toʼlovlilik taeminlanganlik va maksadlilik (overdraf, taʼlim va mikrokarz kreditlari boʼyicha maksadlilik oʼrganilmaydi ) shartlari asosida ajratiladi. Bankda mijozlarga kredit ajratish bilan bogʼliq masalalar qonunchilik hujjatlari, Bank Kredit siyosatiga muvofiq Bosh bankda Kredit qoʼmitasi, anderrayter, filiallarda esa Kredit komissiyalari tomonidan koʼrib chiqiladi.
Bank mijozlariga kredit ajratish yoki rad etish toʼgʼrisida qaror qabul qilish Kredit qoʼmitasi, anderrayting, filiallarda esa Kredit komissiyalarining mutlaq vakolatiga kiradi. Kredit ajratish boʼyicha qaror qabul qilish kollegial organ (Kredit qoʼmitasi va Kredit komissiyasi) vakolatida boʼlsa, kredit soʼrovnomasi birinchi anderrayting tizimidan oʼtkaziladi va qaror qabul qilish uchun kollegial organga (Kredit qoʼmitasi va Kredit komissiyasi) qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi. Bank boshqaruvining alohida qarori bilan anderrayting xizmati ham kredit ajratish boʼyicha qaror qabul qilishi mumkin.
Kreditlash xizmati boʼyicha hujjatlar toʼplamini shakllantirish jarayoni va uning tahlili quyidagi bosqichlarga boʼlinadi:
1) Mijozlar arizalarini va boshqa taqdim etilgan hujjatlarni koʼrib chiqish va mijozlar bilan suhbatlashish, boʼlgʼusi qarz oluvchini uning huquqiy maqomini aniqlash maqsadida oʼrganish;
2) “Kredit-axborot tahliliy markazi kredit byurosi” MChJ maʼlumotlar baʼzasidan kreditlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni olish.;
3) Loyixa amalga oshirish joyi va garovga kuyilayotgan mulkni fotosuratlari (kreditlash bilan shugʼullanuvchi tegishli hodim joyiga chiqqan xolda fotosuratlar olishi shart)
4) kreditlash xizmati bahosini (foizini) aniqlash;
5) chet el banklari kredit liniyasi orqali moliyalashtiriladigan investitsion loyihalar boʼyicha, chet el bankining dastlabki roziligini olish;
6) kreditlash xizmati koʼrsatish masalasini filial Kredit komissiyasi/Bank Kredit qoʼmitasida koʼrib chiqish;
7) chet el banklari kredit liniyasi orqali moliyalashtirilgan investitsion loyihalar boʼyicha, chet el banklari bilan individual qarz shartnomasini tuzish;
Bank filiallarida mijozlar bilan tuzilayotgan barcha Kreditlash xizmati bilan bogʼliq shartnomalar loyihasi “Xoʼjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga asosan filial yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan huquqiy ekspertizadan oʼtkazilishi kerak. Shartnomalarni ularning imzolarisiz tuzishga yoʼl qoʼyilmaydi. Аgar filial yuridik xizmatida faqat bitta xodim faoliyat yuritayotgan boʼlsa, uning ishda boʼlmagan (mehnat taʼtili, xizmat safari va b.) davrida tegishli litsenziyaga ega boʼlgan yuridik xizmat koʼrsatuvchi korxonalar bilan shartnoma asosida yurist/konsulьtant jalb qilinishiga ruxsat etiladi. Shuningdek, bunday hollarda geografik jihatdan yaqin masofada joylashgan Bank filiali huquqshunos maslahatchilari bilan haq evaziga xizmat koʼrsatish shartnomasi tuzish orqali yuridik xizmat vazifalarini amalga oshirilishiga yoʼl qoʼyiladi. Koʼrsatilgan xizmatlar uchun haq toʼlash vaqtincha ishda boʼlmagan huquqshunos-maslahatchi olayotgan oʼrtacha ish haqidan kelib chiqib, hisoblanadi.
Shartnoma taraflari xoʼjalik shartnomalarini tuzish, bajarish, oʼzgartirish va bekor qilish munosabati bilan zarur boʼlgan maʼlumotnomalar va boshqa hujjatlarni soʼrash va olish huquqiga ega. Mazkur huquqdan keng foydalanib, Kreditlash xizmatiga oid shartnomalar imzolanishdan avval, mijozning taʼsis hujjatlari va boshqa hujjatlari oʼrganib chiqilishi lozim. Bunda ularning shartnomalar tuzishga va imzolashga vakolatlari mavjudligi, tegishli boshqaruv organlari roziligi olinganligiga, ayniqsa, kafillik va garov (ipoteka) shartnomalari tuzilishida alohida eʼtibor berilishi kerak.