3-Mavzu Bankda derozit operatsiyalarini amalga oshirish Xalq banki ATBda depozitlar (omonatlar) bankning yuridik va jismoniy mijozlari o’rtasida muayyan kelishuv asosida ya’ni (shartnoma) asosida tuziladi. Xalq bankida quyida depozit turlari mavjud:
Jismoniy shaxslar uchun:
Online ommabop
Online Ommabop- "Jismoniy shaxslar o‘zlarining АT Xalq banki tizimida ochilgan bank kartalaridagi pul mablag‘laridan o‘tkazish orqali “Xalq Mobile” mobil dasturi yordamida mazkur omonatiga mablag‘larini jamg‘arib borishi mumkin. Omonat bo‘yicha hisoblangan foizli daromad oyma-oy to‘lab beriladi. Hisoblangan foizlar kapitalizatsiya qilinmaydi. Mablag‘lar muddatidan oldin talab qilib olinganda amalda saqlangan muddatiga mos ravishda 6-oygacha yillik 10 foiz va 6-oydan 18-oygacha yillik 21 foiz daromad to‘lanadi. Omonat pullarining to'liq qaytarilishi «O’zbekiston Respublikasi banklarida fuqarolarning omonatlarini kafolatlash jamg`armasi» tomonidan kafolatlangan.
Ommabop - Omonat turiga mijozlardan mablag‘lar naqd pulda yoki naqd pulsiz (jumladan bank kartasi orqali) shaklda qabul qilinadi. Omonat bo‘yicha hisoblangan foizli daromad oyma-oy to‘lab beriladi. Omonatni saqlash muddatidan oldin talab qilib olinganda amalda saqlangan muddatiga mos ravishda 6-oygacha yillik 10 foiz va 6-oydan 18-oygacha yillik 20,4 foiz daromad to‘lanadi.
Bollar xazinasi- depazit turi ota onalar farzandlari voyaga yetguncha qo’yiladigan depazit turi bunda bola 7 yoshdan to 16 yosjgacha bo’lagan davrga qo’yiladi. Omonatni yechib olish muddati bola 16 yoshga ya’ni voyaga yetgunga qadar. Omonatning foiz stavkasi yillik 17% (foiz) omonatga mablag’ qo’yishning eng kam miqdori 1000 so’m ( ming so’m)ni tashkil etadi. Omonat bo’yicha foizlarni to’lash davriyligi har oyda.
Talab qilib olunguncha- bunday depazit turida mijoz o’z mablag’larini belgilanmagan mauddat ya’ni talab qilib oluguncha bank xisobiga qo;yadi. Bunday depazit turiga foiz stavkasi belgilanmagan. Eng kam pul qo’yish mablag’i belgilanmagan.
Foydali sarmoya- Omonat turiga mijozlardan mablag‘lar naqd pulda yoki naqd pulsiz (jumladanbank kartasi orqali) shaklda qabul qilinadi. Omonat bo‘yicha hisoblangan foizli daromad oyma-oy to‘lab beriladi. Omonatni saqlash muddatidan oldin talab qilib olinganda amalda saqlangan muddatiga mos ravishda 3-oygacha yillik 10 foiz va 3-oydan 6-oygacha yillik 19,4 foiz daromad to‘lanadi.
Bank va omonatchilar oʼrtasida bank omonati shartnomasi, omonat summasi bank kassasiga qabul qilingan yoki omonat hisobvaragʼiga tegishli mablagʼ naqd pulsiz kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Oferta asosida omonatlar ofertani elektron shaklda aktseptlash orqali qoʼyiladi. Banklar jismoniy shaxslarning omonat operatsiyalarini amalga oshirishda bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʼrsatish tizimlari orqali qonun hujjatlarida belgilangan barcha hisobvaraqlardan foydalanadilar. Banklar tomonidan milliy va chet el valyutasida depozitlarni jalb qilish, qaytarish, foizlar hisoblash va toʼlash bilan bogʼliq operatsiyalarni bajarish va nazorat qilish quyidagi xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.