Bankhuquqining manbalariga quyidagilar kiradi: - Bankhuquqining manbalariga quyidagilar kiradi:
- 1) O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi;
- 2) xalqaro huquq normalari;
- 3) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
- 4) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsion sudining qarorlari;
- 5) bank faoliyatiga doir qonunlar: «Banklar va bank faoliyati
- to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi,
- «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
- to‘g‘risida”gi,« Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi, “Xususiy bank va
- moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Garov
- reestri to‘g‘risida”gi, “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi, “Valyutani
- tartibga solish to‘g‘risida”gi, “Bank siri to‘g‘risida”gi, ” Fuqarolarning
- banklardagi omonotlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi, “ Faoliyatning
- ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar,”Fuqarolik
- kodeksi”, “Jinoyat kodeksi”, “Soliq kodeksi va boshqa qonunlar;
- 6)banklarning ichki me’yoriy hujjatlari. Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari,
- farmoyishlari, yo‘riqnomalari, normativlari va boshqalar.
- Bank xuquqi manbai sanaluvchi qonunlar orasida etakchi o‘rinni
- «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi, hamda «Banklar va
- bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlar egallaydi.
SHunday qilib, ko‘rib chiqilayotgan normalarni bilish ikki xil xarakterga ega: - SHunday qilib, ko‘rib chiqilayotgan normalarni bilish ikki xil xarakterga ega:
- - Ular bir davlatdan ko‘p bo‘lgan barcha bank operatsiyalariga qo‘llaniladi.
- - Ulardagi qoidalar bir davlatning milliy qonunchiligida belgilanishi mumkin.
- Bank huquqi barcha tashkilotlar va turli xil korxonalar o‘z mablag‘larini bankda
- saqlashlari va belgilangan naqdsiz xisob kitob qoidalariga rioya qilishlari
- shartligiga asoslanadi. Qonunchilikda kredit tashkilotlarda ochilishi mumkin
- bo‘lgan xisob varaqlar, xisob kitob shakllari va xisob kotobni amalga oshirish
- tartibi belgilangan.
- SHu sababli barcha bank tizimini va bank operatsiyalarini tartibga soluvchi
- qoidalar kompleksini shakllantiradi. Undan tashqari, bank faoliyati huquqi boshqa
- milliy tarmoqlar huquqlarini o‘z ichiga oladi.
- Ma’muriyat huquqi normalari kredit tizimi boshqaruvi asoslari va bank tizimi
- tuzilishini tartibga soladi. Bundan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, bank
- qonunchiligi kompleks tarmoqlar yig‘indisidir. Ushbu normalarning
- kompleksligi bank huquqining kelajakda mustaqil tarmoq bo‘lishi mumkinligidan
- dalolat berishi mumkin. Bank huquqi yuqorida ta’kidlaganimizdek, O‘zbekiston
- Respublikasining moliyaviy huquqining tarkibiy qismi, asosi hisoblanadi deb
- aytsak bo‘ladi. CHunki, bank huquqi monitar-fiskal siyosatni yuritish, iqtisodiyotni
- pul-kredit orqali muvofiqlashtirish, markazlashgan fondlarning mobilizatsiyasi,
- taqsimlash va ishlatish, davlat boshqaruviga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |