ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ ТОШКЕНТ АРХИТЕКТУРА ҚУРИЛИШ ИНСТИТУТИ «ШАҲАР ҚУРИЛИШИ ВА ХЎЖАЛИГИ» КАФЕДРАСИ “АРХИТЕКТУРА ВА ШАХАРСОЗЛИК АСОСЛАРИ” фанидан ТАҚДИМОТ Мавзу: Замонавий шаҳарсозлик назарияси Тошкент-2021й. Маърузачи: Катта ўқитувчи Ш.С.Кадабаева Ekoshaharning shakllanishi tamoyillari va ekoshahar tushunchasi Ekoshahar mustahkam, ustivor, turg‟un shahar - bu atrof-muhitga ta‟sir etishini hisobga olib loyihalangan shahardir. Mazkur shaharda yashovchi aholi energiyadan, suv va oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanishni minimallashtiradi, issiqlikning behuda sarflanishiga, havoni karbonad angidrid (CO2) va metan bilan ifloslanishiga va suv obiektlarining ifloslanishiga umuman yo‟l qo‟yilmaydi. Birinchi marotaba «ekoshahar» atamasini 1987-yilda Richard Register «Sog‟lom kelajak uchun shahar qurilishi» kitobida ishlatdi
Ekoshaharni shakllantirishning asosiy tamoillari quyidagilardan iborat:
- oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirilgan joyidan istemolchigacha bo‟lgan masofani qisqartirish uchun turli qishloq xo‟jalik strukturalari va yer maydonlarini shaharda (markazda yo shahar atrofida) yaratish;
- yangilanuvchi energiya manbalari: shamol generatorlari, quyosh batareyasi yoki oqova suvlar yaratgan biogazdan foydalanish;
daraxtlar ekish (soya joylarni tashkil etish) va yuzani rangli yoritish kabi havoni sovutishga bo‟lgan ehtiyojni kamaytirishning turli usullarini qo‟llash, tabiiy ventelatsia tizimini o‟rnatish, shahar maydonini 20%dan kam bo‟lmagan qismida suv obiektlari va yashil zonalarni ko‟paytirish;
Bu tadbirlar beton va asfaltning ko‟pligi natijasida shahar iqlimini qishloq joylariga nisbatan bir necha gradusda issiqroq qiluvchi ,,issiqlik oroli effekti”ga qarshi kurashga qaratilgandir.
shaxsiy avtomobillardan hosil bo‟luvchi chiqindi gazlarni kamaytirish maqsadida jamoat transporti ishini yaxshilash va piyodalar yulaklarini ko‟paytirish (jamoat hududlarini yaratish);
- jamoat transportini jonlashtirishi uchun qurilish zichligini oshiris, lekin shahar issiqlik orollarining paydo bo‟lishidan saqlanish;
- shaharning kengayishini kamaytirish, aholini turar-joyi va ish joyini maksimal yaqinlashtirishning yangi yo‟llarini izlash;
- tomlarni ko‟kalamzorlashtirish;
- chiqindi darajasi nol (0) bo‟lgan transport;
- faol uy; - ustuvor shahar drenaj tizimi;
- energiya tejovchi tizim va moslama;
- toza suvlarni saqlay oladigan bog‟ va landshaftlarni loyihalash;
Shaharsozlik insonning tabiiy muhitga faol ta‟sirini asosiy omillaridan biridir, shaharni mamlakat va regionning umumiy ekotuzilishi sifatida ko‟rib chiqish haqqoniydir.