Yuqoridagi ma’lumotlar tahliliga to’xtaladigan bo’lsak,investorlar kesimidagi birja aylanmasida eng yirik ulush(38%) banklar hisobiga to’g’ri kelmoqda. Hukumatimiz tomonidan kichik biznesga yaratilayotgan imkoniyatlar mahsuli o’laroq ular bu jihatdan keyingi yirik ulushga egalar.
Banklar quyidagi shartlar bajarilgan hollarda qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalarni amalga oshirishlari mumkin:
bankning bir korxona ustav kapitaliga, shuningdek, ushbu korxonaning boshqa qimmatli qog‘ozlariga qilgan qo‘yilmasi miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak. Ushbu me'yor bir emitentning ham "investitsiyalar" hisobvaraqlari, ham "qimmatli qog‘ozlar oldi- sotdisi" hisobvaraqlari bo'yicha nodavlat qimmatli qog‘ozlariga qilingan bank qo‘yilmalarini hisobga olgan holda hisoblanadi;
20 www.csm.gov.uz//”Toshkent birjasi”//.28.02.2015y. ma’lumotlari asosida tayyorlangan.
bankning barcha emitentlar ustav kapitaliga va boshqa qimmatli qog‘ozlariga qilgan investitsiyalari miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 50 foizidan oshmasligi kerak;
oldi-sotdi uchun nodavlat qimmatli qog‘ozlariga qilingan bank qo‘yilmalari miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak.
Bank boshqa banklarning ustav kapitalida (sho‘ba va chet el kapitali ishtirokidagi banklarni tashkil etish hollari bundan mustasno), shuningdek, bank ustav kapitalining o'n yoki undan ortiq foiziga ega bo'lgan yuridik shaxsning ustav fondida ishtirok etish huquqiga ega emas.
Tijorat banklariga joylashtirilmagan,qayta sotib olingan yoki boshqacha tarzda emitent-aksiyadorlik jamiyatlarining tasarrufiga o'tgan aksiyalar bilan “repo” bitimlarini amalga oshirishga ruxsat etilmaydi.Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi banklar zarur monitoring va operatsiyalar amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta'minlovchi adekvat axborotni bank rahbariyatiga taqdim etish uchun keng qamrovli boshqaruv axborot tizimiga ega bo'lishi lozim.
Qimmatli qog‘ozlar portfeli bo'yicha ichki hisobotlar qimmatli qog‘ozlar turlari va ko'rinishlari bo'yicha bo'linishni, sifat reytingi, nominal va bozor qiymatini, xarid qilish yoki sotish sanasini, foiz stavkalari,imtiyozlarni,olingan dividendlarni(foizlarni),oldi-sotdi bitimlari bo'yicha foydani o'z ichiga olishi kerak.Bunday hisobot ham investitsiya qilingan qimmatli qog‘ozlar,ham oldi- sotdiga mo'ljallangan qimmatli qog‘ozlar bo'yicha muntazam ravishda tayyorlanishi lozim. Keyingi yillarda mamlakatdagi korxona va firmalarning eksport salohiyati ortib,ularning to’lovga qobilligi va liokvidliligi mustahkamlanib,korporativ obligatsiyalar chiqarish salohiyati jadal su’ratlarda ortib bormoqda.
Hozirda muomalada anchagina miqdorda emissiyadagi korporativ obligatsiyalar mavjud.Ular albatta,korxonalarning to’lovga qobilligini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |