ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ТОШКЕНТ ВИЛОЯТИ ЧИРЧИҚ ДАВЛАТ ПЕДАГОГИКА ИНСТИТУТИ
СИРТҚИ БЎЛИМИ
5 ЙИЛ СИРТҚИ 2-КУРС ЖИСМОНИЙ МАДАНИЯТ ТАЪЛИМ ЙЎНАЛИШИ
19-2 ГУРУҲ ТАЛАБАСИ ЖУМАБОЕВ ШОХРУХНИНГ
«СПОРТ ВА ҲАРАКАТЛИ ЎЙИНЛАРНИ ЎҚИТИШ МЕТОДИКАСИ» ФАНИДАН МУСТАҚИЛ ТАЪЛИМ ТОПШИРИҚЛАРИ
ЧИРЧИҚ-2020
22-Variant
22. I-IV sinf o'quvchilariga mos harakatli o'yinlar.
Reja:
1) I-IV sinf o'quvchilari uchun harakatli o'yinlarning tarbiyaviy ahamiyati.
2) O'qituvchi tomonidan IIV-sinf oquvchilariga mos harakatli oyinlarni ma'lum ko'nikmalar asosida o'tkazish usullari.
3) «500 Harakatli O'yinlar» kitobidan I- IV sinf o'quvchilari uchun mos keladigan harakatli o'yinlar to'plami.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyitlar ro'yxati.
1) I-IV sinf o'quvchilari uchun harakatli o'yinlarning tarbiyaviy ahamiyati.
Bolalarni kollektivchilik, mehnatsevarlik va jamoat oldida oz burchini xis qilish ruxida tarbiyalash xozirgi kunning eng muxim masalalari xisoblanadi. Bola maktabga qadam qoygan birinchi kundan boshlaboq unda mexnatga -nisbatan muxabat uygotish, uyushqoqlik, ishchanlik va boshlangan ishni oxiriga yetkaza bilish xususiyatini tarbiyalash kerak. Buning uchun tarbiyaning barcha vositalaridan, jumladan bolalarning sevimli oyinlaridan foydalanish ayni muddaodir.
Oyinlar xayotidagi tosiqlarni yengish xamda xar xil xislat va qobiliyatlarni royobga chiqarish bilan bogliq bolgan jismoniy mashqlarning turli kompleksini oz ichiga oladi. Bundan tashqari odatda bolalar sevib oynaydigan ularga quvonch baxsh etadigan musobaqa elementlari xam harakatli oyinlarga kiradi.
Malumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning oyinlari taqlid qilish tabiatida boladi. Bola tevarrak atrofidagi borliqni kuzatadi, undagi bazi narsalarni oyiniga kiritadi va shu oyin vositasida ozini qurshab torgan olamni bilib oladi, binobarin onda turmush xodisalariga nisbatan muayyan munosabat paydo boladi.
Oquvchi turmushdagi mexnat soxasidagi tabiat xodisalari va jonivorlar xayotidagi xar xil narsalarni taqlid qilib oynar ekan bu xodisa va harakatlarning manosini anglay boradi, asta-sekin xayotiy tajriba orttiradi qiyinchiliklarni yengishga organadi, unda harakat konikmalari xosil boladi va tasavvur tobora boyib boradi.
Bayon etiladigan oyinlar, chunonchi yurish, yugurish, sakrash, irgitish yoki uloqtirish, tirmashib chiqish kabi mashqlar bola harakatlarinii rivojlantirish va takomillashtirishda katta axamiyatga ega boladi. Harakatlarning takomillashishi bilan birga, jismoniy qobiliyat xam taraqqiy eta boradi, yurak va nafas sistemasining faoliyati yaxshilanadi.
Bundan tashqari oyinlar bolalarning jismoniy barkamol bolishi uchungina emas, balki aqliy va axloqiy jixatdan tarbiyalash uchun muxim axamiyatga ega. Koplashib oynaladigan oyinlarda bolalar maqsadga erishish uchun farosatini va tadbirkorligi, katiyatini korsatishib jamoat oldida faqat ozining emas, balki ortoqlarining xatti-harakatlari uchun xam javobgarlik xisini sezadigan bolishi kerak.
Ushbu kitob bolalar bogchalari murabbiylari, boshlangich sinf va jismoniy tarbiya oqituvchilari, kuni uzaytirilgan gruppa tarbiyachilari, JEKlarning tarbiyachitashkilotchilari xamda jismoniy tarbiya institugi talabalari, pedagogika institutlarining jismoniy tarbiya faqolteti talabalari va jismoniy tarbiya kollejlari oquvchilari uchun xam foydali boladi.
Mazkur yoshdagi bolalarga mos harakatli oyinlar jismoniy tarbiya darsining asosi xisoblanadi. Shuning uchun maktab dasturida oyinlar boshqa materiallarga nisbatan koproq orin oladi. Buning sababi shuki, dastorga kiritilgan xar xil jismoniy mashqlarni bolalar turli oyinlar vositasida osonroq idrok qiladilar va ozlashtiradilar. Masalan, ularga yugurib kelib uzunlikka sakrashni orgatish boyicha aloxida mashgulot otkazilsa, oqituvchi qoygan vazifa amalga oshmay qolishi mumkin. Chunki mashqni tushuntirish, amalda kursatish, bajarish va qanday bajarilganini aniqlash, xatolarni tuzatish va xokazolar bolalar uchun zerikarli boladi. Agar bu ishda "Buri zovur ichida" oyiniidan foydalansa, maqsadga osongina erishiladi.
I-IV sinflarda harakatli oyinlarning asosan darsning asosiy va yakunlovchi qismida otkazish tavsiya etiladi, chunki dasturda darsning kirish qismida saf mashqlarini otkazish belgilangan.
Oyinlarda yugurish, sakrash, uloqtirish yoki irgitish kabi harakatlar bajarilishiga aloxida etibor berish lozim. Bu yoshdagi bolalar bilan asosan oddiy va ortacha murakkablikdagi oyinlar otkaziladi. Agar bolalar yetarli tayyorlangan bolsa, yanada murakkabroq, yani komandalarga bolinib ijro etiladigan oyinlarni xam otkazish mumkin. Bolalar bu oyinlarda "Bir qishi xamma uchun, hamma bir qishi uchun" prinsipi boyicha birgalikda harakat qiliishni organadilar. Bu xol butun jamoaning, komandadagi barcha ishtirokchilarining masuliyatini orttiradi.
Komandali oyinlar yetarli darajada chaqqonlik, xozir javoblik, farosatlik va jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi va ayni vaqtda bu xususiyatlarni takomillashtiradi.Jismoniy tarbiya darslari kopincha turli oyinlardan iborat boladi va ularga gimnastika xamda sport oyinlarining asosiy turlari basketbol, voleybol va xokazolar xam kiritiladi.
Oqituvchi harakatli oyinlar yordamida jismoniy mashgulotlarni qiziqarli otqazadi va I-IV sinf oquvchilarida turli harakat konikmalarini xosil qiladi.I-VI sinf oquvchilari harakatli oyinlarda qatnashganlarida ularning harakatlari faollashib, tartibli va aniqroq bolib boradi.
9-10 yoshli bolalarning oyinlari birmuncha murakkablashtiriladi. Agar oqtuvchi oz oldiga oquvchilarda sportning biror turi boyicha harakat konikmalarini xosil qilish vazifasini qoysa, ayrim darslar shu vazifani bajarishda yordam beradigan oyinlardan iborat bolishi mumkin. Shuni xam nazarda tutish xam kerakki, oyin darslarinii otkazish oquvchilardan ayrim oyin harakatlarini konikmalariga ega bolishni talab qiladi Oyin darslarini xar oquv choragini oxirgi on kunliklarida otkazish maqsadga muvoofiqdir. Chunki shunda oqituvchiga bolalar qanday harakat konikmalarini egallagani imkonini beradi.
Harakatli oyinlar I-IV sinflar darsliklarida xam ancha keng orin oladi. Bu sinflardagi harakatli oyinlar jismoniy tarbiya darslarida xosil qilingan harakat konikmalarini takomilashtirish va mustaxkamlash uchun xizmat qiladi. Darsning asosiy qismi muayyan vazifani amalga oshirishga masalan, basketbol oyining asosiy elementlarini orgatishga doir oyin materiallaridan iborat bolsa, uning kirish qismida "Toplar poygasi" singari harakatli oyinlardan foydalanish mumkin. Bunday xollarda darsning asosiy qismiga "Ovchilar va ordaklar", "Otishma" oyinlari kiritiladi.
Oyinlardan foydalanishda faqat ularning elementlari kanchalik tez bajarilganini emas, balki bajarilish sifatlarini xam aloxida xisobga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |