Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент вилояти чирчиқ давлат педагогика институти



Download 0,57 Mb.
bet1/5
Sana27.03.2022
Hajmi0,57 Mb.
#512740
  1   2   3   4   5
Bog'liq
19-2 (Сиртқи 5-йиллик) Жумабоев Шохрух


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ


ТОШКЕНТ ВИЛОЯТИ ЧИРЧИҚ ДАВЛАТ ПЕДАГОГИКА ИНСТИТУТИ
СИРТҚИ БЎЛИМИ



5 ЙИЛ СИРТҚИ 2-КУРС ЖИСМОНИЙ МАДАНИЯТ ТАЪЛИМ ЙЎНАЛИШИ
19-2 ГУРУҲ ТАЛАБАСИ ЖУМАБОЕВ ШОХРУХНИНГ
«СПОРТ ВА ҲАРАКАТЛИ ЎЙИНЛАРНИ ЎҚИТИШ МЕТОДИКАСИ» ФАНИДАН МУСТАҚИЛ ТАЪЛИМ ТОПШИРИҚЛАРИ


ЧИРЧИҚ-2020
22-Variant


22. I-IV sinf o'quvchilariga mos harakatli o'yinlar.


Reja:
1) I-IV sinf o'quvchilari uchun harakatli o'yinlarning tarbiyaviy ahamiyati.
2) O'qituvchi tomonidan I—IV-sinf o‘quvchilariga mos harakatli o‘yinlarni ma'lum ko'nikmalar asosida o'tkazish usullari.
3) «500 Harakatli O'yinlar» kitobidan I- IV sinf o'quvchilari uchun mos keladigan harakatli o'yinlar to'plami.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyitlar ro'yxati.


1) I-IV sinf o'quvchilari uchun harakatli o'yinlarning tarbiyaviy ahamiyati.
Bolalarni kollektivchilik, mehnatsevarlik va jamoat oldida o‘z burchini xis qilish ruxida tarbiyalash xozirgi kunning eng muxim masalalari xisoblanadi. Bola maktabga qadam qo‘ygan birinchi kundan boshlaboq unda mexnatga -nisbatan muxabat uyg‘otish, uyushqoqlik, ishchanlik va boshlangan ishni oxiriga yetkaza bilish xususiyatini tarbiyalash kerak. Buning uchun tarbiyaning barcha vositalaridan, jumladan bolalarning sevimli o‘yinlaridan foydalanish ayni muddaodir.
O‘yinlar xayotidagi to‘siqlarni yengish xamda xar xil xislat va qobiliyatlarni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan jismoniy mashqlarning turli kompleksini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari odatda bolalar sevib o‘ynaydigan ularga quvonch baxsh etadigan musobaqa elementlari xam harakatli o‘yinlarga kiradi.
Ma’lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o‘yinlari taqlid qilish tabiatida bo‘ladi. Bola tevarrak atrofidagi borliqni kuzatadi, undagi ba’zi narsalarni o‘yiniga kiritadi va shu o‘yin vositasida o‘zini qurshab to‘rgan olamni bilib oladi, binobarin o‘nda turmush xodisalariga nisbatan muayyan munosabat paydo bo‘ladi.
O‘quvchi turmushdagi mexnat soxasidagi tabiat xodisalari va jonivorlar xayotidagi xar xil narsalarni taqlid qilib o‘ynar ekan bu xodisa va harakatlarning ma’nosini anglay boradi, asta-sekin xayotiy tajriba orttiradi qiyinchiliklarni yengishga o‘rganadi, unda harakat ko‘nikmalari xosil bo‘ladi va tasavvur tobora boyib boradi.
Bayon etiladigan o‘yinlar, chunonchi yurish, yugurish, sakrash, irg‘itish yoki uloqtirish, tirmashib chiqish kabi mashqlar bola harakatlarinii rivojlantirish va takomillashtirishda katta axamiyatga ega bo‘ladi. Harakatlarning takomillashishi bilan birga, jismoniy qobiliyat xam taraqqiy eta boradi, yurak va nafas sistemasining faoliyati yaxshilanadi.
Bundan tashqari o‘yinlar bolalarning jismoniy barkamol bo‘lishi uchungina emas, balki aqliy va axloqiy jixatdan tarbiyalash uchun muxim axamiyatga ega. Ko‘plashib o‘ynaladigan o‘yinlarda bolalar maqsadga erishish uchun farosatini va tadbirkorligi, katiyatini ko‘rsatishib jamoat oldida faqat o‘zining emas, balki o‘rtoqlarining xatti-harakatlari uchun xam javobgarlik xisini sezadigan bo‘lishi kerak.
Ushbu kitob bolalar bog‘chalari murabbiylari, boshlang‘ich sinf va jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, kuni uzaytirilgan gruppa tarbiyachilari, JEKlarning tarbiyachitashkilotchilari xamda jismoniy tarbiya institugi talabalari, pedagogika institutlarining jismoniy tarbiya faqo‘lteti talabalari va jismoniy tarbiya kollejlari o‘quvchilari uchun xam foydali bo‘ladi.
Mazkur yoshdagi bolalarga mos harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya darsining asosi xisoblanadi. Shuning uchun maktab dasturida o‘yinlar boshqa materiallarga nisbatan ko‘proq o‘rin oladi. Buning sababi shuki, dasto‘rga kiritilgan xar xil jismoniy mashqlarni bolalar turli o‘yinlar vositasida osonroq idrok qiladilar va o‘zlashtiradilar. Masalan, ularga yugurib kelib uzunlikka sakrashni o‘rgatish bo‘yicha aloxida mashg‘ulot o‘tkazilsa, o‘qituvchi qo‘ygan vazifa amalga oshmay qolishi mumkin. Chunki mashqni tushuntirish, amalda kursatish, bajarish va qanday bajarilganini aniqlash, xatolarni tuzatish va xokazolar bolalar uchun zerikarli bo‘ladi. Agar bu ishda "Buri zovur ichida" o‘yiniidan foydalansa, maqsadga osongina erishiladi.
I-IV sinflarda harakatli o‘yinlarning asosan darsning asosiy va yakunlovchi qismida o‘tkazish tavsiya etiladi, chunki dasturda darsning kirish qismida saf mashqlarini o‘tkazish belgilangan.
O‘yinlarda yugurish, sakrash, uloqtirish yoki irg‘itish kabi harakatlar bajarilishiga aloxida e’tibor berish lozim. Bu yoshdagi bolalar bilan asosan oddiy va o‘rtacha murakkablikdagi o‘yinlar o‘tkaziladi. Agar bolalar yetarli tayyorlangan bo‘lsa, yanada murakkabroq, ya’ni komandalarga bo‘linib ijro etiladigan o‘yinlarni xam o‘tkazish mumkin. Bolalar bu o‘yinlarda "Bir qishi xamma uchun, hamma bir qishi uchun" prinsipi bo‘yicha birgalikda harakat qiliishni o‘rganadilar. Bu xol butun jamoaning, komandadagi barcha ishtirokchilarining ma’suliyatini orttiradi.
Komandali o‘yinlar yetarli darajada chaqqonlik, xozir javoblik, farosatlik va jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi va ayni vaqtda bu xususiyatlarni takomillashtiradi.Jismoniy tarbiya darslari ko‘pincha turli o‘yinlardan iborat bo‘ladi va ularga gimnastika xamda sport o‘yinlarining asosiy turlari basketbol, voleybol va xokazolar xam kiritiladi.
O‘qituvchi harakatli o‘yinlar yordamida jismoniy mashg‘ulotlarni qiziqarli o‘tqazadi va I-IV sinf o‘quvchilarida turli harakat ko‘nikmalarini xosil qiladi.I-VI sinf o‘quvchilari harakatli o‘yinlarda qatnashganlarida ularning harakatlari faollashib, tartibli va aniqroq bo‘lib boradi.
9-10 yoshli bolalarning o‘yinlari birmuncha murakkablashtiriladi. Agar o‘qtuvchi o‘z oldiga o‘quvchilarda sportning biror turi bo‘yicha harakat ko‘nikmalarini xosil qilish vazifasini qo‘ysa, ayrim darslar shu vazifani bajarishda yordam beradigan o‘yinlardan iborat bo‘lishi mumkin. Shuni xam nazarda tutish xam kerakki, o‘yin darslarinii o‘tkazish o‘quvchilardan ayrim o‘yin harakatlarini ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab qiladi O‘yin darslarini xar o‘quv choragini oxirgi o‘n kunliklarida o‘tkazish maqsadga muvoofiqdir. Chunki shunda o‘qituvchiga bolalar qanday harakat ko‘nikmalarini egallagani imkonini beradi.
Harakatli o‘yinlar I-IV sinflar darsliklarida xam ancha keng o‘rin oladi. Bu sinflardagi harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya darslarida xosil qilingan harakat ko‘nikmalarini takomilashtirish va mustaxkamlash uchun xizmat qiladi. Darsning asosiy qismi muayyan vazifani amalga oshirishga masalan, basketbol o‘yining asosiy elementlarini o‘rgatishga doir o‘yin materiallaridan iborat bo‘lsa, uning kirish qismida "To‘plar poygasi" singari harakatli o‘yinlardan foydalanish mumkin. Bunday xollarda darsning asosiy qismiga "Ovchilar va o‘rdaklar", "Otishma" o‘yinlari kiritiladi.
O‘yinlardan foydalanishda faqat ularning elementlari kanchalik tez bajarilganini emas, balki bajarilish sifatlarini xam aloxida xisobga olish zarur.



Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish