Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти


Investitsiyalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli



Download 226,42 Kb.
bet5/5
Sana15.05.2021
Hajmi226,42 Kb.
#64720
1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi chernovik

4. Investitsiyalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya Qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustaxkam xamkorlikni yoʼlga qoʼyish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan maxsulotlarga ichki talabni raјbatlantirish masalalari aloxida oʼrin tutdi. 2010 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muxim

maqsadi va asosiy ustuvor vazifasi - bu isloxotlarni davom ettirish va chuqoʼrlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya Qilish, 2009 - 2012 yillarga moʼljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturini soʼzsiz bajarish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror surʼatlarini, samaradorligini xamda makroiqtisodiy muvozanatni taʼminlashdan iboratdir. Bu borada Quyidagilarni eʼtiborga olish darkor:

Birinchidan: korxonalar oʼrtasida barqaror kooperatsiya aloqalarini oʼrnatish va ularni kengaytirish boʼyicha boshlangan ishlarni davom ettirish, bu jarayonga kichiq biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlarini faol jalb qilish zarur.

2010 yilda maxalliylashtirish asosida ishlab chiqariladigan maxsulotlar xajmi oʼtgan yilga nisbatan 40 foizga oʼsishi, shu borada eksport Qilinadigan maxsulotlarning ulushi esa kamida 12 foizni tashkil qilishi lozim.

Ikkinchidan: soʼnggi yillarda ish xaqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish, inflyatsiya darajasini pasaytirish boʼyicha koʼrilgan chora-tadbirlar natijasida axolining

yalpi va real daromadlari sezilarli ravishda oshdi, uning xarid Qobiliyati barqaror surʼatda oʼsib bormoqda.

Uchinchidan: axoliga xizmat koʼrsatish soxasini yanada kengaytirish gʼoyat muxim axamiyatga ega.

Toʼrtinchidan: nisbatan barqaror va bozor konʼyunkturasi oʼzgarishlariga tez moslashuvchan, yangi ish oʼrinlari yaratish imkonini beradigan kichiq biznesni jadal rivojlantirish masalasini xal etish bizning sharoitimizda xamon muxim axamiyatga molik masala boʼlib qolmoqda.

Beshinchidan: eksport qilinadigan maxsulotlarimiz tarkibini va umuman, tashqi savdo aylanmasini yanada diversifikatsiya qilish dolzarb masala boʼlib qolmoqda.

Keyingi vaqtda jaxon bozorida narxi keskin tushib ketgan xomashyo resurslarini eksport qilish amaliyotidan imkon qadar tezroq qutulib, tayyor raqobatdosh maxsulotlar eksportini faol oshirish va bu maxsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimiz kerak.

Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida Oʼzbekiston moliyaviy barqarorlashtirish hamda davlat boshqaruvining yangi tizimini yaratish bilan bogʼliq gʼoyat murakkab masalalarni hal qildi. Shu davrning oʼzida davlat korxonalarini xususiylashtirish va restrukturizatsiyalash dasturi ishlab chiqildi va amalga oshirila

boshlandi. Keyingi yillarda Oʼzbekistonda iqtisodiyotning ishlab chiqarish

va noishlab chiqarish sohalariga yoʼnaltirilayotgan investitsiyalar nisbatida noishlab chiqarish sohasi ulushi koʼpayishi koʼzatilmoqda. Buni -diagramma maʼlumotlaridan ham koʼrish mumkin.

Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga jalb etilgan investitsiyalar tarkibi (foiz hisobida):




-diagrammadan shuni ko‘rish mumkinki, tahlil qilinayotgan davr ichida Davlat tomonidan iqtisodiyotga sarflangan investisiyalar tarkibida ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirilgan investisiyalarning ulushi 66,0 foizdan 70,1 foizga usib borgan,

ya'ni shu yillar ichida kupayish 4,1 foizni tashkil etdi. Shu bilan bir qatorda noishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirilgan investisiyalar hajmi 34,07 foizdan 29,9 foizga kamaygan. Yuksak darajada rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyoti

tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, investision faollik bilan iqtisodiy o‘sish borasidagi aloqadorlik bir xilda emas. Bunda ular birbirini taqozo etishi ko‘zatiladi. Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy faollikka bog‘liq bo‘lgani holda, o‘z navbatida iqtisodiyot

taraqqiyotining har bir konkret bosqichida mamlakatning real imkoniyatlarini belgilab beradi. Boshqacha qilib aytganda, YaIM o‘sishi sur'atlari qancha yuqori bo‘lsa, investision resurslarni kengroq vujudga keltirish va shu asosda samarali investisiya siyosatini yuritish uchun imkoniyatlar shuncha ko‘proq bo‘ladi.

Ayni paytda shuni ham ta'kidlash lozimki, iqtisodiy faoliyatning aniq sohalardagi xalqaro tajriba o‘rganilayotganda ko‘rib chiqilayotgan namunalar bizning mamlakatimizda yuzaga kelgan vaziyatga mos ekanligi shubhadan holi bo‘lishi g‘oyat muhimdir. Shuni nazarda tutib, Osiyodagi Janubiy Koreya, Singapur, Tayvan' va

Tailand kabi “yangi industrial mamlakatlar”ning sanoatga oid siyosatini ko‘rib chiqish kerak. Bu mamlakatlar muvaffaqiyatining asosiy omillari quyidagilardan iborat: chuqur agrar islohotlar o‘z vaqtida o‘tkazilgani; eksportga mo‘ljallangan faol siyosat

yuritilishi; iqtisodiyot ancha erkinlashtirilgani va natijada iqtisodiy o‘sishni davlatga qarashli emas, balki xususiy korxonalar ta'minlagani; davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ma'muriy yo‘l bilan majburlashga emas, balki kuchli iqtisodiy rag‘batlantirish vositalariga asoslanganligidir.

Investisiya faoliyatini byudjet tomonidan moliyalashning mavjud tizimi boqimandalik kayfiyatini yuzaga keltiradi hamda davlat korxonalari va tashkilotlari uchun imtiyozli shart-sharoit yaratadi. Bunday holatga barham berish uchun, bizningcha, mamlakatdagi investisiya faoliyatini moliyalashning butun tizimini qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi. Avvalo, byudjet tomonidan moliyalash o‘rniga past, imtiyozli foiz stavkalari bilan davlat tomonidan moliyalashga o‘tilishi kerak. Shuningdek, davlat byudjetidan mablag‘larni tekinga berishdan voz kechilishi hamda tijorat banklari kreditlaridan kengroq foydalanilishi lozim. Bank krediti ulushi oshirilishi moliyalash natijalari uchun javobgarlikni oshirish imkonini beradi, chunki kredit kengayishi munosabati bilan bank risklari darajasi oshadi.

Byudjet mablag‘lari cheklangan, ular asosan joriy ehtiyojlarga yo‘naltirilayotgan, respublikamizdagi investorlar o‘z sarmoyalarini ishlab chiqarishga yo‘naltirishdan manfaatdor bo‘lmayotgan sharoitd investisiya siyosati faollashtirilishi, davlatning qulay investisiya muhiti barpo etish va iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirishdagi rolini oshirish talab qilinadi.

Davlat tomonidan tartibga solishning shunday tizimi yaratilishi lozimki, bunda investisiya siklining barcha bosqichlarida – ustuvor yo‘nalishlarni rivojlantirishga real

moliyaviy mablag‘lar olishdan to jahon bozorida raqobatlasha oladigan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotishgacha iqtisodiy vositalardan foydalanilsin. Investisiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, bizningcha, yakkahoqimlikka qarshi muhit yaratish, raqobatni rag‘batlantirish, kichiq va o‘rta biznes korxonalarini keng qo‘llabquvvatlash, samarali soliq siyosati yuritish yo‘nalishida bo‘lishi kerak.

Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun davlat tarkibiy o‘zgartishlarning qulay barqarorligini hamda ular bozor mexanizmlari tizimida o‘zaro muvofiq bo‘lishini ta'minlaydigan qulay shart-sharoit yaratishi lozim. Bunda iqtisodiyotning davlatga

tegishli va xususiy sho‘'balari investisiya faoliyati ishlashi hamda o‘zini o‘zi tartibga solib turishini ta'minlaydigan bozor mexanizmi iqtisodiy vositalari adekvat aks ettirilishi zarur.

Ijtimoiy soxada, respublika axamiyatidagi soglikni saklash ob'ektlari ko‘rildi va jixozlandi, kadrlarni tayyorlash davlat milliy dasturining bajarilishi nuqtai-nazaridan lisey, kollej va oliy ukuv dargoxlari barpo etildi, televidenie va radio eshittirish tarmoqlaridagi ob'ektlar qayta jixozlandi, yangi metro tarmoqlari ishga tushirildi.


XULOSA

Milliy iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida mamlakatda investisiya faoliyatini rivojlantirish, investisiya faoliyatini tartibga solishni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotimda quyidagi asosiy xulosalarni keltirib chiqarishga muvaffaq bo‘ldim:

- huquq nuqtai nazardan chet el investisiyalari boshqa davlat hududida kapitalga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bog‘liq.

- iqtisodiy nutqtai nazadan esa ularning hududiy, zamon va makondagi harakat shakllari foyda olish maqsadida ko‘pdan-ko‘p qo‘shimcha risklar bilan to‘qnashish ehtimoliga ega;

- investision faoliyatini amalga oshirishda xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar ham ichki, ham tashqi bozorni to‘yintirish, import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadlarida tashkil qilish;

- investisiyalar isteʼmol sektorida emas, balki ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda, ham davlat, ham nodavlat sektori sohalariga bog‘lash;

- iqtisodiyotning turli sohalarida kapital jamg‘arilishi jarayonlarini kuchaytirish yoki susaytirish, aholining to‘lovga qobil talabini kengaytirish yoki qisqartirish yo‘li bilan tartibga solish;

- soliq tizimini qulaylashtirish, yaʼni soliq subyektlarini, obyektlari va stavkalarini tabaqalashtirish va soliq imtiyozlarini berish;

- amortizasiya siyosatini amalga oshirish, shu jumladan tezlashtirilgan amortizasiya siyosatini qo‘llash hamda amortizasiya imtiyozlarini berish;

- ayrim hududlarni, tarmoqlarni rivojlantirish maqsadga dotasiyalar, subsidiyalar, subvensiyalar orqali yordam ko‘rsatish;

- kredit siyosatini, davlatning norma va standartlarining antimonopol tadbirlarini ishlab chiqarish, davlat mulkini xususiylashtirish va narx-navo siyosatini o‘tkazish;

- yer hamda boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish shart- sharoitlarini aniqlash;

- barcha xo‘jalik yuritish bosqichlarida jamg‘armalar o‘sishi surʼatlarini ragbatlantirish va va isteʼmol darajasini pasaytirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak;

- mamalakatimizdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, mulk shaklining qandayligidan qatʼiy nazar, xalqaro ahamiyatdagi qurilishlarda ishtirok etish, omborlarni va boshqa port inshootlarini egallashlari va ana shu davlatlar hududida xususiy va qo‘shma korxonalar ochishga harakat qilishlarini rag‘batlantirish;

- jahondagi ko‘pgina mamlakatlarda soliqlarning investisiya faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan tartibga solish funksiyasidan samarali foydalanish;

- investisiya faoliyatini tartibga solish tizimi doirasida soliqlarning ragbatlantiruvchi funksiyalarini kuchaytirish;

- bozor axborot xizmatini rivojlantirish, marketing xizmati faoliyatini va tashki iqtisodiy qonunchilikni faollashtirish;

- investisiya loyihalarining monitoringini o‘tkazish va mexanizmini ishlab chiqish.

investisiya faoliyatini tartibga solish bilan bog‘liq muammolarni hal etish maqsadida quyidagi amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqdim:

- investision loyihaning amalga oshirilishi natijasida olinadigan mahsulotlarni eksport qilishda shartnomani bevosita xorijlik taʼsischi bilan tuzishni meʼyoriy hujjatlar asosida taʼqiqlab qo‘yish lozim;

- mamlakatimizdagi xo‘jalik subyektlarining, shu jumladan, davlat korxonalarining qimmatli qog‘ozlarini xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorlarida sotish yo‘li bilan xorijiy investisiyalarni milliy iqtisodiyotga keng ko‘lamda jalb etish imkoniyatidan foydalanish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.

1. O‘zbekiston Respublikasining “Investisiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. – T.: 1998 y. 24 dekabr'.

2. Karimov I.A. Bank tizimi, pul muomilasi, kredit, investisiya va moliyaviy barqarorlik. – T.: “O‘zbekiston”, 2005 y.

3. G‘ozibekov D.G‘. Investisiyalarni moliyalashtirish masalalari. – T.: “Moliya” nashriyoti, 2003 y. 332 bet.

4. Jo‘raev A.S. , Xo‘jamqulov D.Yu., Mamatov B.S. Investisiya loyihalarni tahlili: Oliy o‘quv muassasalari uchun o‘quv qo‘llanma. – T.: “Sharq”, 2003 y. 256 bet.

5. Podshevalenko G.P., Laxmatkina N.I., Makarova M.V. i dr. Investisii: uchebnoe posobie/ Finansovaya akademiya pri Pravitel'stve RF. – M.:, “KNORUS” – 2004 g. 208 str.

6. Mamatov B., Nosirov E., Xo‘jamqulov D., Sharafxo‘jaev K. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish. O‘quv qo‘llanma. TMI. – T: 2007 y. 152 bet.

7. Xaydarov N. «Iktisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investision faoliyatidagi moliya-soliq munosabatlarini takomillashtirish masalalari», iktisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya avtoreferati. T., 2003 y., 14-15 b.

8. Sharp U. Aleksander G., Beyli Dj. Investisii: Per.s angl.- M.: INFRA-M, 2006. 1028 str.



9. Bocharov V.V. Investisii:Uchebnik-2 –e izdanii-SPb:Piter 2009 -348s.

10. Ye. G. Nepomnyashiy. Ekonomicheskaya osenka investisiy. Uchebnoe Posobie . Taganrog-2005gg.
Download 226,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish