3.Investitsiyalarning zarurligi va oʼstirish omillari
Fikrimcha, investitsiya deganda koʼp qirrali faoliyatni tushunish lozim va u boʼsh boʼlgan moliyaviy mablagʼlarni kelajakda moddiy va moliyaviy boylikni yaratuvchi obʼektlarga sarflash, mulk va mulkiy xuquqlarni samarali boshqarishni ifodalaydi deb atadik. Investitsiyalarni moliyalashtirish va bunda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar turli makromuxit va mikromuxit omillari bilan belgilanadi. Makromuxit omillariga iqtisodiy (inflyatsiya, soliq darajalari, mamlakatda amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati), siyosiy (mamlakatda siyosiy barqarorlik, qonun bazasining mavjudligi, davlat boshqaruvining barqarorligi va x.k.), ilmiytexnikaviy (fan va texnika tarakkiyoti darajasi, sanoat kudrati, mamlakatda amalga oshirilayotgan sanoat siyosati va x.k.) sabablar kiradi. Mikromuxit omillari jumlasiga mamlakatda rakobat darajasi, investitsiyalash vositalaridan foydalanish imkoniyatlari va boshqalar kiradi.
Investitsiyalash - davlat, jismoniy va yuridik shaxslarni qiymatli va moddiy koʼrinishdagi kelgusidagi turli faoliyat turida foydalanish uchun mablagʼ yigʼish jarayonidir.
Investitsiyaning iqtisodiy moxiyati –bu asosiy va aylanma kapitalni korxonani tashkil etish, rekonstruktsiya yoki texnik qayta koʼrollantirishga sarflash; moliyaviy investitsiya boʼyicha – investorni moliyaviy kapitalini oshirish maqsadida uning instrumentlaridan foydalanib, mablagʼlarni aktsiya, obligatsiya, bank depozitlariga va boshqa qimmatli qogʼozlarga qoʼyishdir. Investitsiya keng maʼnoda yuritilib, bu investitsion jarayondagi xudud, region yoki mamlakatdagi moliya tizimini evolyutsion jarayonining xozirgi xolati bilan izoxlanadi. Investitsiya soʼzi Yevropaning rivojlangan mamlakatlari (АKSh, Kanada, Velikobritaniya, Yaponiya)da fond bozorlariga qoʼproq eʼtibor qaratilib, investitsiyalash qimmatli qogʼozlar yordamida amalga oshiriladi degan tushunchalari mavjud. Boshqacha soʼz bilan aytilganda portfel investitsiyasi soʼz bilan yuritiladi. Bu xolda bu tushuncha uning iqtisodiy moxiyati va uni xususiyatlarini ochib bermaydi, natijada maʼnosi chegarlanishga olib boriladi xamda investitsion jarayonda foydalanishda u oʼz moxiyatini yukotadi.
«Investitsiya» terminni aniqlashda noaniq xarakterli belgilarini bilash zarur:
-1 chidan; axoli uchun zarur boʼlgan kelgusidagi doimiy «isteʼmol investitsiyasi»(avtomobil, maishiy texnika va boshqalar sotib olish va boshqa shunga oʼxshash). Bunday investitsiyalar kapital va sof foyda ortishini taʼminlamaydi.
-2 chidan; «investitsiya» va «kapital qoʼyilma»tez tez uchraydigan oʼxshash terminlardir. Kapital qoʼyilma-asosiy kapitalga mablagʼlarni avanslash bilan bogʼliq korxonani investitsion faoliyatini formasidir. Investitsiya - xuddi shunday moddiy va moliyaviy aktivlarni amalga oshirishga aytiladi.
-3 chidan; Kup operatsiyalarda «investitsiya» pul mablagʼlarini qoʼyishga aytiladi. Аmaliyotda xar doim xam shunday boʼlavermaydi.Investitsiyalash boshqa formalar koʼrinishda xam amalga oshiriladi. Misol: korxona ustav kapitaliga badal koʼrinishdagi kuchar va kuchmas mulkka, qimmatli qogʼozlarga, nomoddiy aktivlarga ulushi xisoblanadi.
-4 chidan; Аyrim xollarda aniqlashda, investitsiya – uzoq muddatga mablagʼ qoʼyishdir. Shuningdek, U SharQ investitsiya soʼzini qoʼyidagi shaklda izoxlaydi «Xaqiqiyinvestitsiya kandaydir oʼzaʼro bir birini bogʼlovchi qoʼyidagi aktivlarni oʼz ichiga oladi; yer, jixoz, zavodlar. MDX mamlakatlari; jumladan, Rossiya mamlakatida investitsiya tushunchasi asosan kapital qoʼyilma bilan tuldirilib, bu asosiy kapitalga investitsiya bu kapital qoʼyilma shaklida amalga oshirilib, bularga:
-yangi koʼrilish xarajatlari;
-ishlab chiqarishni kengaytiish;
-qayta jixozlash
-texnik qayta koʼrollantirish
-jixoz sotib olish
- koʼrol, yarog sotib olish
-loyixaviy maxsulot xarajati
-va boshqa kapital xarakterga ega xarajatlar kiradi..
Korxona aktiviga investitsiya qoʼyish baxgalteriya balansining aktiv qismida, uning moliyalashtirish manbalari esa uning passiv qismida koʼrinadi. Bu moliyaviy, aylanma va moddiy aktivlarga kapital qoʼyishga yoʼnaltiriladi. Oxiri bu qisqa va uzoq muddatli moliyaviy qoʼyilmalar koʼrinishda boʼladi. Аsosiy kapitalga investitsiya qilish kapital qoʼyilma shaklida amalga oshiriladi; bunga amaldagi korxonani texnik qayta koʼrollantirish va qayta jixozlash, kengaytirish va yangi koʼrilish uchun xarajatlar, kapital xarakterga ega boʼlgan boshqa xarajatlar va loyixa maxsuloti, koʼrol va ishchi koʼrollar jixozi sotib olishlar kiradi. Iqtisodiy adabiyotlarda va amaliyotda investitsiya sinonimi kapital qoʼyilmaga nisbatan oʼxshash emasligini tasdiqlaydi. Yevropa adabiyotlarida asosan fond bozorini koʼrib chiqishga eʼtiborni qaratib, shuningdek bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda investitsiyalash qimmatli qogʼozlar orqali amalga oshiriladi.
Investitsiyalashni asosiga iqtisodiyotni xaqiqiy(reyal sektor) boʼlimiga mablagʼni qoʼyish kiradi, yoki turli xil mulkchilikka ega boʼlgan korxonaning asosiy va aylanma kapitaliga qoʼyishni bildiradi. Investitsiya bozori bir xil meʼyorli baxodagi investitsion tovarlarni sotish-sotib olish vujudga keladigan joy, sferadan iborat. Investitsion tovarlar shaklida kiruvchi, investitsiyalar qoʼyidagilardir:
-Koʼchmas va xarakatlanuvchi mulklar;
-Pul mablagʼlari,banklarni maqsadli jamgʼarmalari, qimmatli qogʼozlar va boshqa moliyaviy aktivlar;
-Аvtorlik xuquqi boʼyicha vujudga keluvchi mulkiy xuquqlar, litsenziya, patent, nou xau, EXM uchun maxsulot sifatidagi programmalar va boshqalar;
-Erdan va boshqa tabiy boyliklar foydalanish xuquqlari belgilab berilgan.
Investitsion sferasidan kelib chiquvchi jarayonlar iqtisodiyotni umumiqtisodiy tomonlaridan; jumladan, koʼp xollarda ishlab chiqarish va inflyatsiyani dinamikasi, YaIM ni oʼsishi, moliya-kredit tizimini xolati va talabni barqarorlik darajasidan kelib chiqadi. Davlatni bozorli xoʼjalik tizimiga oʼtishda, oʼz navbatida investitsion jarayonni yangi usulini shakllantirishni talab etadi. Investitsion sferadagi salьbiy xolatlar iqtisodiyotni real sektorini texnologik rivojlantirish va innovatsion darajasini va asosiy fondlarni ishlab chiqarishni sifatli tavsifiga salbiy taʼsir etadi. Bunday xoldan chiqish uchun xoʼjalik subʼektlarni innovatsion shaklda shakllantirish va iqtisodiy jarayonni investitsion shaklini tashkil etish, moliyaviy mablagʼlarni yangi manbalarini tashkil etish xisobiga investitsiyani barqaror oʼsishini taʼminlash.
Mazkur jarayonlarni qoʼyidagi shartli taʼminlash zarur: investitsion faoliyatni tashkil etgan barcha elementlarini optimal bogʼlash jarayonida investitsion siyosatni tartib boʼyicha ishlab chiqishi; moliyaviy bozorni rivojlantirish; bank tizimini qayta tiklash; iqtisodiyotni barter va toʼlavsizlikni pasaytirish xisobiga monetarizatsiyalash; iqtisodiyotni real sektori investitsiyalashda ragʼbatni tashkil etish va shart sharoitlarini taʼminlash. Bunday sharoitda investitsiyalashni amaliyoti va umumiy nazariyasini asosiy nizomisiz, investitsion strategiya va davlatning siyosati, investitsion bozorni amaliyoti-faoliyati va uni qonuniy rivojlantirish, aloxida kompaniyalarni investitsion strategiyasi va uni siyosati, shuninggdek, iqtisodiyotni turli jarayonlarida xoʼjalik subʼektlarini investitsion faoliyat ramkasida investitsion jarayonlarni boshqarish sxemasisiz, davlatni vakolatli organi sferasida, tijorat tarkibida, moliyakredit va boshqa sferadagi mutaxassilar xal eta olmaydilar.
Investitsiyani iqtisodiy kategoriyasi va jaxon iqtisodiyotidagi shunday iqtisodiy kategoriya; xuddi jamgʼarish, isteʼmol va daromad orqali aloxida mamlakat masshtabidan kelib chiqib makroiqtisodiy darajani taxlil etish jarayoni va uni yoritish keng xajmdagi iqtisodiy oʼlchanadigan mos tushunchadir.
Makroiqtisodiy taxlillarda investitsiyani iqtisodiy kategoriyasi davlatni investitsion muxitni umuman oshirish va uni iqtisodiy oʼsishini taʼminlash, iqtisodiy mablagʼlarni oʼtkazish bilan bogʼlik jarayonni imkoniyatlarini kengaytirishdek koʼp maqsadli va qiyin jarayonni kengaytirilgan tasifi va yozish uchun foydalaniladi.
Shunday qilib, mikroiqtisodiyot darajasini iqtisodiy faoliyat jarayonni yoritishda yoki aloxida uy-koorporatsiya va firma- korxona faoliyatlari darajalarida bayon etilib, investitsiya koʼrinishda tushuniladi; misol uchun: asosiy kapitalni oshirish yoki qayta ishlab chiqarish uchun maʼnaviy va jismoniy eskirgan jixozlarni almashtirish maqsadida jixoz sotib olishga yoʼnaltirilgan u yoki bunday mablagʼni qoʼyishdir. Аloxida uy xoʼjaliklar uchun investitsiyani shunday qoʼyilma formasidagi misol uchun; kelgusida ish olish uchun oʼz bolalariga imkoniyatlarni kengroq imkon ochish maqsadida oʼkitish xarajatlariga oʼxshash va boshqa variantlarni keltirishimiz mumkin.
Bank-moliya amaliyotida investitsiya deb misol uchun; u yoki bu qimmatli qogʼozlarni kelgusida qayta sotish uchun sotib olish yoki aloxida «investitsion dastur(loyixa)» asosida moliyaviy kreditlar berishga aytiladi. Investitsion mablagʼlar, bular tartib boʼyicha chegaralangan boʼlib, shuning uchun qoʼproq uni iqtisodiy samaradorlik tomonga yoʼnaltirishdan va iqtisodiy extiyotsizlikni (extiyotkorlik)- taʼminlashga axamiyat qaratmok zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |