Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Investitsiyalarning qonuniy hamda iqtisodiy tarifi va uning turlari.
Investitsiyalar tushunchasi (lotincha «investio» soʼzidan olingan boʼlib, «kiyinaman» degan maʼnoni anglatadi) amalda har qanday lugʼatda mamlakat ichkarisida va xorijda iqtisodiyot tarmoqlariga kapital qoʼyish sifatida talqin qilinadi. Bu taʼrif «Investitsiya faoliyati toʼgʼrisida»gi, «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʼgʼrisida»gi, «Chet el investitsiyalari toʼgʼrisida»gi qonunlarida koʼrsatilganidek aniqlashtiriladi. Shu tariqa mazkur tushunchalarning milliy qonunchiligimizdagi qisqacha sharhini keltiramiz. Investitsiyalar — bu tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlariga qoʼyilayotgan mulkiy va intellektual qimmatliklarning barcha turlari boʼlib, buning natijasida foyda (daromad) yaratiladi yoki ijtimoiy samaraga erishiladi. Oʼzbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati toʼgʼrisida»gi qonunida investitsiyalar iqtisodiy va boshqa faoliyat obʼektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy neʼmatlar hamda ularga doir huquqlar sifatida taʼriflangan. Investitsiya qoʼyilmalari jarayonining mazmuni Oʼzbekiston Respublikasining «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʼgʼrisida»gi qonunida batafsilroq koʼrib chiqilgan: investitsiya – xoʼjalik operatsiyasi boʼlib, u asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar, korporativ huquqlar va va qimmatli qogʼozlarni asosiy vositalar va molmulkka ayirboshlashni koʼzda tutadigan xoʼjalik operatsiyasidir. Аyirboshlash qimmatliklari yoki vositalari deganda respublika qonunchiligiga koʼra, quyidagilar koʼzda tutiladi: - pul va boshqa moliyaviy mablagʼlar, shu jumladan kreditlar, paylar, aktsiyalar va boshqa qimmatli qogʼozlar; - koʼchar va koʼchmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) hamda ularga doir huquqlar; - intellektual mulk obʼektlari, shu jumladan, texnikaviy hujjatlar tarzida tuzilgan texnika, texnologiya, tijoratga oid va boshqa bilimlar majmui, u yoki bu turdagi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur boʼlgan bilimlar va ishlab chiqarish tajribasi, nou-xau; - yerga va boshqa tabiiy resurslar, binolar, inshootlar, uskunalarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi, shuningdek mulk huquqidan kelib chiquvchi ashyoviy huquqlar; - qonun hujjatlariga muvofiq boshqa boyliklar. Investitsiyalarning yuqorida keltirilgan taʼrifidan kelib chiqib, har qanday jamgʼarma qoʼyilmalari ham (mulkiy va intellektual qimmatliklar) investitsiyalarni oʼzida mujassamlashtiravermasligini qayd etish lozim. Masalan, agar bir jismoniy shaxs boshqa jismoniy shaxsdan qimmatli qogʼozlarni olsa, bunday turdagi investitsiyalar cheklangan tavsifga ega boʼladi. Chunki bunda faqat ular egalarining oʼzgarishi yuz beradi, yaʼni pul mablagʼlarini oʼtkazish va kelajakda aktsiyalari qoʼlga kiritilgan kompaniya daromadlarini olish huquqiga ega boʼlish aktlari oʼrinli boʼladi. Keyingi, unchalik muhim boʼlmagan, investitsiyalar mazmunini aniqlashtiradigan taʼrif – bu investitsiya faoliyatidir. Investitsiya faoliyati — bu investitsiya faoliyati subʼektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bogʼliq harakatlari majmuidir.
Investitsiya faoliyati quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: - yuridik shaxslar tuzish yoki ularning ustav jamgʼarmalarida (kapitallarida) ulushli ishtirok etish, shu jumladan, molmulkni yoki aktsiyalarni olish; - qimmatli qogʼozlarni, shu jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini olish; - kontsessiyalarni, shu jumladan, tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga boʼlgan kontsessiyalarni olish; - mulk huquqini, shu jumladan, ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda savdo va xizmat koʼrsatish sohalari obʼektlariga, turar joylarga mulk huquqini, shuningdek, yerga hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish (shu jumladan, ijara asosida foydalanish) huquqini qonun hujjatlariga muvofiq olish; - qonun hujjatlariga zid boʼlmagan boshqa shakllarda. Har qanday mol-mulk, shu jumladan, xalq xoʼjaligining barcha sohalaridagi asosiy fondlar va aylanma mablagʼlar, qimmatli qogʼozlar, maqsadli pul qoʼyilmalari, ilmiy-texnika mahsuloti, intellektual qimmatliklar, boshqa mulkiy obʼektlar hamda mulkiy huquqlar investitsiya faoliyatining obʼekti hisoblanishi mumkin. Barpo etilishi va foydalanilishi qonun hujjatlarida belgilangan sanitariyagigiena, radiatsiya, ekologiya, arxitekturashaharsozlikka oid va boshqa talablarga javob bermaydigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qoʼriqlanadigan manfaatlarini buzadigan obʼektlarga investitsiya kiritish taqiqlanadi. Quyidagilar investitsiya faoliyatining subʼektlari (investorlar va ishtirokchilar) boʼlishlari mumkin: - Oʼzbekiston Respublikasining rezidentlari – fuqarolari (jismoniy shaxslar), yuridik shaxslari; - mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlari; - xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va chet ellik yuridik shaxslar hamda fuqarolar, shuningdek fuqaroligi boʼlmagan shaxslar va Oʼzbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolari; - hamkorlikda investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek davlatlar va xalqaro tashkilotlar. Investorlar qonun hujjatlariga muvofiq buyurtmachi (mablagʼ kirituvchi), kreditor, sotib oluvchi boʼlishlari, shuningdek investitsiya faoliyati ishtirokchisi vazifasini bajaruvchi boʼlishlari mumkin. Investitsiya faoliyatining ishtirokchilari investor bilan tuzilgan shartnoma asosida investorning buyurtmasini bajaruvchi boʼlishlari mumkin.
Investor – oʼz mablagʼlari, qarzga olingan va jalb etilgan mablagʼlar, mulkiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shuningdek, intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati obʼektlariga investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subʼektlaridir. Investorlar qonunga muvofiq, pul qoʼyuvchilar, kreditorlar, xaridorlar sifatida chiqishlari hamda investitsiya faoliyatining har qanday ishtirokchisi vazifasini bajarishlari mumkin. Barcha investorlarning huquqlari mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar teng va investitsiyalarni har qanday obʼektlarga joylashtirish ularning qonun bilan himoya qilinadigan daxlsiz huquqidir. Investitsiya faoliyati ishtirokchilari – boshqa davlatlar fuqarolari va yuridik shaxslari boʼlib, ular buyurtmalarning ijrochilari sifatida yoki investorning topshirigʼiga koʼra, investitsiyalarning amalga oshirilishini taʼminlaydilar. Investor investitsiyalarning maqsadi, yoʼnalishlari va hajmlarini belgilaydi hamda ularni shartnoma asosida, shu jumladan, konkurslar va sotuvlarni tashkil qilish yoʼli bilan amalga oshirish uchun investitsiya faoliyatining har qanday ishtirokchilarini jalb qiladi. Davlat va masʼul shaxs oʼz vakolatlaridan tashqari investitsiya faoliyati ishtirokchilarining shartnomaviy munosabatlariga aralashish huquqiga ega emas.
Investitsiya sikli – investitsiyalash toʼgʼrisida qaror qabul qilingan paytdan boshlab investitsiya loyihasini yakun¬laydigan bosqichlarigacha, xususan, masalan, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, investitsiya qarorlarini qabul qilish, rejalashtirish va loyihalashtirish, qurilishga tayyorlash, qurish, loyiha koʼrsatkichlariga chiqish va qoʼyilmalar qoplanuvchanligi tartibigacha boʼlgan choratadbirlar majmuidir. Investitsiya sikli uchta asosiy davrlardan iborat: 1. Investitsiyaoldi bosqichi. 2. Investitsiyalash bosqichi — haqiqiy xarajatlar, mablagʼlarning qoʼyilishi. 3. Eksplutatsiya qilish bosqichi — sarflangan mablagʼlarni joylashtirish. Investitsiya jarayoni — qator takrorlanadigan investitsiya sikllaridir. Oxirgi yillarda Oʼzbekistonda investitsiya jarayoni faol ishtirokchilarining soni ancha koʼpaydi. Paydo boʼlgan moliyaviy vositachilar katta miqdori tufayli u jiddiy murakkablashdi. Ishlab chiqarishda xalq xoʼjaligi barcha tarmoqlari korxona va tashkilotlarining faoliyati uchun yetarli boʼlgan zaruriy asosiy fondlarni yaratish vazifasini bajaradigan korxona va tashkilotlar tizimi investitsiya majmuasi, deb ataladi.
Investitsiya majmuasi tarkibiga quyidagilar kiradi: 1. Investorlar — kapital qoʼyuvchilar. 2. Sanoat va investitsiya majmuasi uchun buyumlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan bogʼliq korxonalar (asosiy fondlarni yaratish, yetkazib berish, qurilish). 3. Investitsiya banklari. 4. Investitsiya majmuasi bozor infratuzilmasi. 5. Investitsiya majmuasida bozor munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish organlari. Oʼzbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari toʼgʼrisida»gi va «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʼgʼrisida»gi qonunlari bilan quyidagi tushunchalar aniqlandi. Chet el investitsiyalari — Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, xorijiy investorlar tomonidan investitsiya faoliyati obʼektlariga qoʼyiladigan qimmatliklarning barcha turlaridir. Quyidagilar chet el investorlari hisoblanadi: ● respublika qonunchiligidan boshqa qonunlarga koʼra, tashkil qilingan yuridik shaxslar; ● Oʼzbekiston hududida doimiy yashash joyiga ega boʼlmagan jismoniy shaxslar; ● xorijiy davlatlar, xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlari; Oʼzbekistonning amaldagi qonunchiligiga muvofiq, xoʼjalik faoliyatining xorijiy subʼektlari sifatida eʼtirof etilayotgan boshqa subʼektlar. Yuqorida aytib oʼtilganidek, investitsiyalar yanada kengroq talqin qilinganda, uni keyinroq koʼpaytirish maqsadida kapital qoʼyilmalarni oʼzida mujassamlashtiradi. Bunda kapital oʼsimi joriy davrda mavjud mablagʼlardan isteʼmolda foydalanishdan voz kechishni investorga qoplab berish, uni risk uchun mukofotlash, inflyatsiyadan yoʼqotishlarni joylashtirish uchun yetarli boʼlishi zarur.
Investitsiyalar har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini harakatlantiruvchi kuch boʼlib, ularning yordamida iqtisodiyotning innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar asosida rivojlanishi qoʼllab-quvvatlanadi, import oʼrnini bosish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish siyosatlari muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, zamonaviy infratuzilmalar rivojlantiriladi, yangidan-yangi ish joylari yaratilib, ishsizlik muammosining oldi olinadi, eng asosiysi erkin raqobat va tadbirkorlik munosabatlariga asoslangan zamonaviy iqtisodiy tizim rivojlantiriladi. Investitsiyalarning yana bir muhim ahamiyati shundaki, ular har qanday mamlakatning yaqin va uzoq kelajakda rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi.
Investitsiyalar kelib chiqish manbalariga koʼra asosan ikkitaga, yaʼni xorijiy investitsiyalar va ichki investitsiyalarga boʼlinadi. Investitsiyalarning ushbu ikkala turi ham quyidagi obʼektlarni rivojlantirishga yoʼnaltiriladi: hududlar, tarmoqlar, tashkilotlar va tadbirkorlik subʼektlari.
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi:
Birlamchi (avaylangan) jamg`arilgan kapitalni ko`paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik ob`ektlariga joylashtirish;
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o`rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to`g`risida o`zimizda qabul qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ajratish mumkin:
moliyaviy investitsiyalar;
moddiy investitsiyalar;
aqliy (intellektual) investitsiyalar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shar bir investitsiya turining o`ziga xos o`rni bo`ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mashalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, veksel‘‘lar va boshqa qimmatli qog`ozlar shamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi.
Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya`ni binolar, asbob-uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.
Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya`ni ular mulkiy shuquqlar shaklidagi investitsiyalar aqliy meshnatga oid shakldagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat. Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning xillari bozor munosabatlarining nechog`lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o`ziga xos tomonlariga qarab har xil bo`ladi.
Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, ―nouxau‖, kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi.
Investitsiyalar – bu hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo`yilgan kapital. O`zining moliyaviy shakliga ko`ra, ular foyda olish maqsadida xo`jalik faoliyatiga qo`yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko`ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko`rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan bog`liq bo`lgan aylanma kapitalning o`zgarishiga ketgan harajatlardir.
Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va uning
tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatbaho qog`ozlarga (aktsiyalar, obligatsiyalar) qo`yilishi mumkin. Investitsiyalar yalpi va sof investitsiyalarga ajratiladi.
YAlpi investitsiyalar – bu ishlab chiqarish vositalarining iste`mol qilingan qismini qoplash hamda ularni qo`shimcha o`sishi maqsadida ishlab chiqarish jamg`armalari va aholi mablag`lari qo`yilmalaridir. Boshqacha so`z
bilan aytganda, yalpi investitsiyalar o`z ichiga amortizatsiya va sof investitsiyalarni qo`shadi. Sof investitsiyalarni aniqlash uchun yalpi investitsiyalardan amortizatsiya ajratiladi. YAlpi investitsiyalar va amortizatsiya o`rtasidagi nisbatga qarab iqtisodiyotning ahvoli qanday ekanligini, ya`ni yuksalish, yo turg`unlik yoki pasayish davrini boshidan kechirayotganligini aniqlash mumkin. Agarda, yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan ortiq, ya`ni sof investitsiya yuqori bo`lsa, iqtisodiyot yuksalishda bo`ladi, chunki uning ishlab chiqarish quvvatlari o`sadi.
YAlpi investitsiya va amortizatsiya bir-biriga teng bo`lgan chog`da iqtisodiyot turg`unlik holatida bo`ladi. Bu vaziyatda sof investitsiyalar nulga barobar va iqtisod shu yilda qancha kapital iste`mol qilgan bo`lsa, uni qoplash uchun shuncha ishlab chiqaradi.
Ishchan faollik pasayib borayotgan iqtisodiyot uchun (asegnatsiya holati) yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan kam bo`lgan holdagi vaziyat xosdir, ya`ni iqtisodiyotda yil davomida kapital ishlab chiqarilganiga nisbatan ko`proq iste`mol qilinadi. Bunday holatda sof investitsiyalar ishorasi manfiy bo`lib, uning mutlaq qisqarishini bildiradi. Natijada, yil oxirida kapital hajmi yil boshidagiga qaraganda kam bo`ladi.\
Investitsiya kiritishda, avvalo:
- investitsiya faoliyati sub`ektlarning mustaqilligi va tashabbuskorligi;
- kiritilayotgan moddiy ne`matlarga investitsiya maqomini berish (fuqaro o`zining
ehtiyojlarini qondirish uchun olgan buyumlari investitsiya bo`la olmaydi);
- qonun bilan belgilangan investitsiya faoliyatini amalga oshirish imkoniyati yaratilishi zarur bo`lib hisoblanadi.
Investitsiyalar – bu yangi korxonalar qurilishiga, mashina va asbob-uskunalar sotib olishga, ya`ni yangi kapitalni barpo etishga ketgan harajatlardir.Investitsiyaga ketgan harajatning miqdori ikki omilga bog`liq: birinchisi – sof foydaning kutilayotgan me`yori, qaysiki uni tadbirkorlar investitsiyaga ketgan harajatlaridan olishni mo`ljallaydi; ikkinchisi – foiz stavkasi yoki tadbirkor
real kapitalni sotib olishga zarur bo`lgan pulga ega bo`lishi uchun to`lashi lozim bo`lgan baho. Agarda, kutilayotgan foyda me`yori foiz stavkasidan yuqori bo`lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda me`yoridan yuqori bo`lsa, investitsiyalash foydali bo`lmay qoladi.
Investitsiya harajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasini o`zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasini ayirmasi ko`rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16%ga teng bo`lsa, inflyatsiya darajasi yiliga 12% tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4% (16%-12%) tashkil etadi. Agarda, bu miqdor kutilayotgan sof foyda me`yoridan past bo`lsa, investitsiya harajatlari o`sib boradi.
Investitsiya talabining egri chizig`i istalgan investitsiya hajmi (I) va real foiz stavkasi miqdori (r) o`rtasidagi bog`liqlikni o`rnatadi. Real foiz stavkasi, ya`ni pul kapitalini qarzga olish bahosi qanchalik yuqori bo`lsa, investitsiyalashni xohlovchilar shuncha kam bo`ladi va aksincha real foiz stavkasi qanchalik past bo`lsa, foyda keltiradigan investitsiya loyihalari shuncha ko`p bo`ladi.
Shuning uchun ham investitsiya funktsiyasi grafigi quyiga qarab og`ma bo`ladi.
Makroiqtisodiy siyosatda foiz stavkasi bilan investitsiya hajmi o`rtasidagi mavjud bog`liqlik hisobga olinadi va keng foydalaniladi. Foiz stavkasining miqdori pul-kredit siyosatining muhim quroli hisoblanadi. Davlat uni o`zgartirish orqali mamlakatdagi pul taklifini tartibga solib turadi. Foiz stavkasini ko`tarilishi pulning qimmatlashuvi va unga bo`lgan talabning qisqarayotganini bildiradi. Demak, investitsiya harajatlari ham qisqarib boradi. O`z navbatida, investitsiya harajatlarini qisqarishi, kelajakda milliy ishlab chiqarish hajmini pasayishini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |