Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги термиз давлат университети иқтисодиёт ва туризм факультети



Download 393,54 Kb.
bet23/116
Sana16.07.2021
Hajmi393,54 Kb.
#121348
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   116
Bog'liq
Туризм иктисоди маърузалар туплами

Ijtimoiy-iqtisodiy omillar turizm rivojlanishida alohida o’ringa ega.

N.S. Mironenko va M. Bochvarova omillarni katta ikkita guruhga: rekreatsion faoliyatni tashkil etishga ehtiyojni vujudga keltiruvchi va amalga oshiruvchi, ya’ni dam olishni tashkil etishni ta’minlovchi omillarga bo’lishadi. Bu omillar ta’sirini umuman rekreatsion faoliyatni tashkil etish va dam olish tizimining hududiy lokalizatsiyasini farqlash lozim.

Ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tizimlashtirishga ko’plab tadqiqotchilar harakat qilishgan. Yetakchi omillar orasida avvalo mamlakat ishlab chiqarish kuchlari rivojlanganligi, aholining moddiy va madaniy rivojlanganlik darajasi oshishi aytib o’tilgan.

Ishlab chiqarish kuchlari rivojlanganligi umumiy ishdan tashqari vaqt va bo’sh vaqtning o’sishiga ta’sir etadi. Mehnat faoliyati vaqtining qisqarishi va dam olish vaqtining ortishi servis va turizm sohasini keskin o’zgarishiga olib keladi. Bundan tashqari nafaqadagilarning va o’quvchilarning bo’sh vaqtini ham xisobga olish lozim. Ta’kidlash lozimki, bo’sh vaqt byudjeti juda farq qiladi.

Ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi va hududiy kontsentratsiya urbanizatsiya jarayonlarida aks etadi. Dunyo aholisining yarmiga yaqini shaharlarda yashaydi. Bu esa havoning kuchli ifloslanishi, mikroiqlimning o’zgarishi, shovqinning ortib ketishi, quyosh va ko’kalamzorlarning kamayishi ularning sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Urbanizatsiya jarayonlari natijasida tabiat qo’ynida rekreatsiyaning ahamiyati ortib boradi.

Rekreatsion faoliyat rivojlanishiga xususan funktsional xilma xilligiga va rekreatsion tizimlar joylashuviga aholining yosh tarkibi ham katta ta’sir etadi. Masalan, dengizda dam olishni 20-45 yoshlilar ma’qul ko’rishadi. Boshqa tarafdan kuzatishlarga qaraganda bir qator rekreatsion faoliyatlar(dala hovlida dam olish, tog’larda piyoda sayr qilish) 45 yoshdan katta aholi orasida mashhur. 45 yoshdan 65 yoshgacha bo’lganlarning daromadi yuqori bo’lganligi bois dam olishning qimmat turlari vujudga kelishiga sabab bo’lmoqda. Balneologik kurortlarda asosan katta yoshdagilar ko’proq dam olishadi. Alohida yosh guruhlarining nisbati umumiy rekreatsion ehtiyojlarga va funktsional xilma xilligiga ta’sir etadi.

Rekreatsion ehtiyojlarni amalga oshiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar: transport imkoniyati; mavsum vaqtlarida talabni qondira oladigan rekreatsion korxonalar soni; bo’sh vaqtni o’tkazish infratuzilmaning rivojlanganligi; mehnat resurslarining mavjudligi va boshqalar xisoblanadi. Rekreatsion xizmat ko’rsatish tarmog’i bir tarafdan ijtimoiy-iqtisodiy omillarni asosiy amalga oshiruvchi sifatida boshqa tarafdan boshqa barcha omillarning umumiy ta’siri natijasi sifatida ishtirok etadi.

Ijtimoiy-iqtisodiy omillarga madaniy-tarixiy omillar ham kiradi. Muzeylar va galareyalar, ko’rgazmalar, arxitektura yodgorliklari, tarixiy diqqatga sazovorliklar turistlarni jalb etadi. Tarixga, madaniyatga, boshqa halqlarning turmush tarzi va an’analariga qiziqish turizm rivojlanishida muhim katalizator vazifasini o’taydi. Bu ma’noda madaniy-tarixiy omillar etnik omillar bilan uzviy bog’liq.

Turizmning rivojlanishida ijtimoiy-etnik holatlar muhimligi shundaki, sayyoramizda turli xalqlar o’z madaniyati, tarixi, an’analari, urf-odatlari, diniga egaligi katta qiziqish uyg’otadi. Ko’p kishilar ta’lim va madaniyat darajasi o’sish natijasida turli xalqlar hayoti bilan yaqindan tanishishga intilishadi.

Iqtisodiy-geografik omillar turizm rivojlanishiga qulay sharoit yaratadigan ob’ekt ekanligi shundaki, turli mamlakatlar iqtisodiyoti va mintaqalari bir biridan tarkibi va darajasi bo’yicha hududiy joylashuvi texnologik jarayonlarning xususiyatlari bo’yicha yetarlicha farq qilishi ishbilarmonlar va sanoatchilar vakillarida qiziqish uyg’otadi. Jahon iqtisodiyoti ehtiyojlarining o’sib borishi xalqaro aloqalar o’sishiga sabab bo’ladi. Ishbilarmonlar va sanoatchilar sayohat dasturlarida ilmiy markazlar va ishlab chiqarish korxonalariga tashriflar joy olgan bo’lib, ular ushbu mintaqaning ilmiy-texnik sohasi, tajribalari, texnologiyalarini o’rganishga harakat qilishadi.

Iqtisodiy-geografik omillar turizmni rivojlantirish vositasi sifatida turistik infratuzilma va joylashtirish fondlari o’sishi, xalqaro va ichki kommunikatsiya, transport vositalari takomillashini belgilab beradi.


  1. Turizmni rivojlantirish omillari rivojlanishga ko’mak beruvchi va rivojlanishini to’xtatib turuvchi omillarga bo’linadi. Bu kabi tasniflashning muammosi shundaki, bir omilning o’zi mintaqada turizmning rivojlanishiga ko’maklashuvchi va to’xtatib turuvchi bo’lishi mumkinligidadir.

Turizm rivojlanishiga ko’maklashuvchi omillarga atroflicha to’xtalamiz. 20 asrda turizmning rivojlanishida mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasi muhim ahamiyatga egaligi tadqiqotlar natijasida ma’lum bo’ldi. Mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy aloqalar faollashuvi, xalqaro savdoning kengayishi va transport vositalarining takomillashuvi katta rol o’ynamoqda.

Rivojlangan mamlakatlarda 20 asrda ijtimoiy boylikning o’sishi natijasida Germaniya, Yaponiya, AQSh va boshqa mamlakatlarda YaIM o’sib bormoqda.

Bo’sh vaqtning ko’payishi. Turizm rivojlanishiga turistlar ijtimoiy tarkibi kengayishi ijobiy ta’sir etmoqda, bu mehnatga haq to’lashning yaxshilanishi, haq to’lanadigan ta’til vaqtining uzayishi, ishchi va xizmatchilarga ijtimoiy kafolatlar va imtiyozlar berilishi ijobiy ta’sir etmoqda.

Ish vaqtining qisqarishi mehnatning intensivlashuvi bilan ro’y berishi natijasida stresslar yuzaga kelishi, dam olish zaruratini vujudga keltirdi.

70-yillarda sanoati rivojlangan mamlakatlarda ta’tillarni ikkiga bo’lish holatlari kuzatildi va bu qishda va yozda sayohat qilish imkoniyatini yaratdi.

Transportning rivojlanishi va kishilar mobilligi ko’payishi turizmning rivojlanishiga olib keldi.




Download 393,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish