Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги термиз давлат университети иқтисодиёт ва туризм факультети


-MAVZU. TURIZMNING RIVOJLANIShIDAGI ASOSIY OMILLAR



Download 393,54 Kb.
bet21/116
Sana16.07.2021
Hajmi393,54 Kb.
#121348
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   116
Bog'liq
Туризм иктисоди маърузалар туплами

2-MAVZU. TURIZMNING RIVOJLANIShIDAGI ASOSIY OMILLAR

2.1. Rivojlanish va uning asosiy omillari

2.2. Iqtisodiy omillar

2.3. Ijtimoiy va madaniy omillar

2.4. Demografik omillar

2.1. Rivojlanish va uning asosiy omillari

Turizm jahon iqtisodiyotining yirik va dinamik rivojlanayotgan sohasi bo’lib, 2017 yilda jahon yalpi milliy maxsulotining 10,4 foizini jahon investitsiyasining 7 foizi, har o’ninchi ish o’rni, xizmatlar eksportining 30 foizi to’g’ri keladi. Butunjahon sayyohlik tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra 90-yillar boshlarida jahon tovar va xizmatlar savdosining 10 foizdan ortig’ini tashkil yetib, neft va avtomobil sanoatidan keyin uchinchi o’ringa chiqib oldi va dunyodagi har sakkizinchi mehnatga layoqatli kishi bu sektorda band.

Turizmning o’sishi birinchi navbatda ishlab chiqarish kuchlari rivojlanganligi, mamlakatlar, mintaqalar o’rtasida iqtisodiy aloqalar hamda sport faoliyati rivoji, xalqlarning muloqotga intilishi va boshqalar mamlakatlar tajribalaridan foydalanishda aks yetadi. Fan texnika taraqqiyoti yutuqlari, xususan transport sohasidagi yutuqlar transport tashuvi hajmining oshishi, aviareyslar soni oshishi va ko’plab shaxsiy avtomobillar yig’ilishiga olib keldi. Zamondoshlarimiz ommaviy turizm gurkirab rivojlanayotganligiga guvoh bo’lmoqda. Mashhur «Nevidimыy eksport» kitobi muallifi M.M. Anan’ev turizmni «XX asr fenomeni» deb atagan edi.

Turizmni rivojlantirish ta’lim darajasining oshishi, xalqaro standartlar va turistlarning didlariga mos keluvchi xizmatlar madaniyatining oshishiga olib keladi. Turizmni barqaror rivojlantirish dasturini amalga oshirish natijasida mikro darajada iqtisodiy samaraga yerishiladi. Turizmni rivojlanish darajasi bitta xorijiy turistdan olinadigan tushum, ko’rsatiladigan xizmatlar hajmi, rentabellik kabi bir qator ko’rsatkichlar bilan o’lchanadi. Turizm sohasidan olinadigan moddiy samara foyda va daromad bilan belgilanadi. Turistlarga ularning respublikada bo’lish davrlarida ko’rsatiladigan xizmatlarning qiymati ularning turlarini oshirish yevaziga bir necha barobar oshishi mumkin. Istalgan mintaqada turizmning rivojlanishiga ko’plab omillar ta’sir etadi. Bu omillarni tizimlashtirish bilan Preobrajenskiy B. C., Mironenko N. S., Tverdoxlebov I. T., Kvartalnov V. A.,Zorin I. V., Morozov M.A., Romanov A.A. va boshqalar shug’ullanishgan. Ushbu omillar mintaqada turizmni yoki rivojlantirgan yoki rivojlanishiga salbiy ta’sir etgan. Turizmning turlari, shakllari va maqsadlari muayyan geografik ob’ektlar va mintaqalar bilan bog’liq. Shu sababli geografik omil turizmda asosiy rol o’ynaydi. Keyingi omil iqlim ham muhim ahamiyat kasb etadi. Turizi turlari kabi omillarni ham tasniflash qabul qilingan.

Quyida mavjud tasniflardan ba’zilarini ko’rib chiqamiz.


  1. Turizm omillarini statik va dinamik omillarga ajratish mumkin. Statik omillar – tabiiy-geografik omillar yig’indisi bo’lib, ular o’tkinchi, o’zgaruvchi xususiyatga ega emas. Rekreatsion resurslar turistik iste’molga moslashtiriladi va sekin o’zgaradi. Relef, iqlim, mineral suvlar (boshqa tabiiy resurslar) kabi omillar turizmda boshqa omillarga qaraganda barqarorroq omil xisoblanadi. Madaniy-tarixiy resurslarni (me’morchilik, tarixiy va boshqa yodgorliklar) ham statik omillarga qo’shish mumkin. Dinamik omillarga demografik, ijtimoiy-iqtisodiy, moddiy-texnika va siyosiy omillarni kiritishimiz mumkin. Ular turlicha baholanishi, ahamiyatga ega bo’lishi, vaqt va makonda o’zgarishi mumkin.

  2. Turizmga ta’sir etuvchi omillarni tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillarga ajratish mumkin. Tashqi omillar mintaqaviy turizmga tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy o’zgarishlar vositasida ta’sir etishi mumkin. Bu guruh omillarga: mintaqa aholisi yoshi; ishlovchi ayollar soni, har bir oila daromadi o’zgarishi; yolg’iz kishilar nisbati o’sishi; kech oila qurish; mintaqa aholisi tarkibida farzandsizlar soni ortishi; immigratsion cheklovlar kamayishi; haq to’lanadigan ta’tillarning ortishi va ish vaqtining qisqarishi; nafaqaga erta chiqarish, turistik imkoniyatlarni anglashning ortishi. Yuqorida sanab o’tilgan ko’rsatkichlar u yoki bu darajada aholining bo’sh vaqti tarkibiga ta’sir etib turizm rivojlanishining ob’ektiv ijtimoiy-demografik sharoitlarini yaratadi.

Mintaqaviy turizmga ta’sir etuvchi tashqi omillar qatoriga iqtisodiy va moliyaviy omillar kiradi: iqtisodiy vaziyatning yaxshilanishi (yomonlashuvi), shaxsiy daromadning oshishi (kamayishi), dam olish uchun ajratilgan daromad qismiga bog’liq holda turistik faollikning oshishi (kamayishi), turizm va sayohatlar uchun ajratilgan xarajatlarni qoplashga ajratilgan ijtimoiy mablag’lar ulushining ortishi (kamayishi).

Mintaqaviy turizm miqyosi kengayishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillarga ta’lim, madaniyat, estetik ehtiyojlar darajasi oshishi kiradi. Estetik ehtiyojlar elementi sifatida kishilarning turli mamlakatlar hayoti, tarixi, madaniyati bilan tanishishni aytishimiz mumkin. Bundan tashqari tashqi omillarga siyosiy va huquqiy tartibga solish, texnologik o’zgarishlar: transport infratuzilmasining va savdoning rivojlanishi hamda sayohatlar xavfsizligi o’zgarishini kiritish mumkin.

Ichki (endogen) omillar – bevosita mintaqaviy turizmga ta’sir etuvchi omillar bo’lib, ularga mintaqada turizm rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi moddiy-texnik omillar kiradi. Ulardan asosiylari joylashtirish vositalari, transport, ovqatlanish korxonalari, rekreatsion soha, chakana savdo va boshqa korxonalar xisoblanadi. Ichki omillarga turistik bozor omillari:

- talab, taklif va turmaxsulot tarqatish (zamornaviy bozor omillariga misol uchun turmaxsulotga talabni doimiy talabga hamda individual turizmning o’sishiga aylantirish) jarayonlari;

– bozorning segmentlashuvi rolining ortishi (yangi mintaqa ichi turistik segmentlari paydo bo’lishi, sayohatlar masofasi ortishi, ta’tillarni o’tkazish shakllari turli tumanligi, qisqa muddatli tashriflar ortishi, turistik taraqqiyotning diversifikatsiyalashuvi va boshqalar);

– turizmda muvofiqlashtirish va monopollashish jarayonlari (gorizontal integratsiyalashuv kuchayishi, ya’ni yirik firmalarning o’rta va kichik biznes bilan hamkorlik munosabatlarining o’sishi, strategik ittifoqlar va boshqalar yaratish orqali vertikal integratsiyalashuv) rolining oshishi;

– yaratilayotgan turmaxsulot sotilishi, reklamasida jamoatchilik bilan aloqalar va ommaviy axborot vositalari rolining oshishi;

– turizmda kadrlar rolining ortishi (xodimlar soni ortishi, kasbiy-malaka tarkibi rivojlanishi, kasbiy tayyorgarlikning ahamiyati oshishi, mehnatni tashkil etish va boshqalarning yaxshilanishi);

– xususiy turistik biznes rolining ortishi (bozorda cheklangan yirik transmilliy operatorlar va kichik korxonalar sonini oshirish uchun sharoit yaratish)


  1. Turizm omillarini tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillar sifatida tasniflash mumkin.


Download 393,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish