3 – savol bayoni.
Innovatsion strategiyani shakllantirishda bir qator tashqi va
ichki omillarni hisobga olish kerak, ular orasida iqtisodiy muhit prognozlari, korxona
salohiyatini tahlil qilish, innovatsiyalarni korxonaning umumiy strategiyasiga
muvofiqligi va boshqalar bor. innovatsion strategiya korxonaning umumiy
strategiyasi, iqtisodiy muhit tahlili, korxonaning ilmiy-texnikaviy, kadrlar salohiyati
va o'ziga xos innovatsion loyihalarini birlashtiradi.
Mamlakatning innovatsion
salohiyatini oshirish davlatning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shu bois
ham iqtisodiyotni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash,
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, diversifikatsiya qilish
masalalariga hozirda davlatimizning ustuvor vazifsia sifatida qaralmoqda. Hozirgi
zamonaviy sharoitda har qanday ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosida nazariya
yotibdi, bu fikrimizni nemis klassigi Immanuil Kant (1724-1804)ning “nazariyasiz
amaliyot ko‘rdir”
108
degan so‘zlari ham tasdiqlaydi. Shu nuqtai nazardan,
O‘zbekistonda milliy innovatsion rivojlanishning nazariy asosiga xizmat qiladigan
asosiy yo‘nalishlarini aniqlab olishini lozim topdik. Zamonaviy sharoitda har qanday
mamlakatning innovatsion rivojlanishining milliy tizimini tashkil etuvchi va uni
rag‘batlantiruvchi ikkita muhim omil mavjud: “innovatsion muhit”, “innovatsion
infratuzilma”ni shakllantirish hamda uni amaliyotga joriy etish omilidir. Bizning
nazarimizda, “innovatsion iqtisodiyot”ni uzluksiz ishlab chiqarish va raqobatni
ta’minlashga xizmat qiladigan xo‘jalik yuritishning zamonaviy usuli sifatida qabul
qilish lozim.
O‘zbekistonda mulkchilikning turli shakllari rivojlanishiga yo‘l ochilishi bilan
tadbirkorlikni rivojlantirishning haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yaratildi,
ularga: mustaqil xo‘jalik yuritish, mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, narx
belgilash va tasarruf qilish erkinligi; ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarilgan
mahsulot va olingan daromadga bo‘lgan mulkchilik huquqlarining ta’minlanishi;
erkin tadbirkorlikni ta’minlaydigan muayyan umumiy qonunchilik, soliq imtiyozlari,
tadbirkorlikni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjudligi; yetarli
moliyaviy mablag‘, moddiy texnika resurslari, yuqori malakaga ega bo‘lish, iqtisodiy
xavf-xatarga qo‘l ura bilish va hokazolarni kiritish mumkin. Hozirda barcha xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar teng huquqli bo‘lib, raqobat muhitida o‘z faoliyatini olib borish
imkoniyatlariga ega bo‘lishadi.
Erkin raqobat muhitini yaratilishi va uni tobora kuchayib borishi xo‘jalik
yuritish sub’ektlari zimmasiga ularning mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, doimiy
tarzda rivojlanishni, yangilanishni, raqobatbardosh bo‘lishni yuklaydi. Bunday
sharoitda oddiy xo‘jalik yuritish naf keltirmaydi, raqobatbardoshlikni taminlamaydi,
raqobatbardoshlikka erishish va uni doimiy ravishda ta’minlash xo‘jalik yurituvchi
108
Иммануил Кант. “Трактаты и письма. — М.: «Наука», 1980, Стр. 523. 710 с.
243
sub’ekt zimmasiga mulkiy shaklidan qat’iy nazar, tadbirkor bo‘lishni, rivojlanish
yo‘lini tanlab olishni, iqtisodni belgilab olish vazifalarini yuklaydi. Raqobatbardosh
mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqarish va ayni paytda yuqori daromadga erishish
xo‘jalik yurituvchi sub’ektdan izlanuvchi ijodkor bo‘lishni, yangiliklarni doimiy joriy
etishni, yaratuvchan bo‘lishni, yangi ishni amalga oshiruvchi, fan va texnika yutuqlari
natijasidan oqilona foydalanuvchi, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi xo‘jalik
yuritishni yangi tashkiliy jihatlarini targ‘ib etuvchi, boshqaruvni takomillashtiruvchi,
bozorni tadqiq etuvchi bo‘lishni, tovarlarni yangi turlarini ishlab chiqaruvchi, resurs
tejash usullaridan foydalanuvchi, raqobat muhitiga moslashuvchi, novator bo‘lishni,
barcha innovatsiyalarini o‘z faoliyatiga kiritib boruvchi bo‘lishni, uddaburonlik va
hokazolarni talab etadi. Shu bois ham har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ekt birinchi
navbatda tadbirkor sifatida innovatsiya faoliyatini yuritishi zarur.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z faoliyatini oddiy yo‘l bilan olib borar ekan, u
erta yoki kech raqobat muhitida yengiladi, ko‘zlagan maqsadiga erisha olmaydi,
rivojlana olmaydi, oxir oqibatda yengiladi, bankrotlikka uchraydi. Shuning uchun
ham har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z faoliyatini innovatsiyalar asosida amalga
oshirishi zarur. Albatta innovatsiyalar keng qamrovlidir. Innovatsiya strategiyasi
korxonaning tashkiliy, ishlab chiqarish, texnologik, boshqaruv va boshqa tuzilmaviy
salohiyatidan kelib chiqib shakllantiriladi. Innovatsiya strategiyasi o‘zining qamrovi,
muddatlari, sohalari, yo‘nalishlari bilan farqlanadi. Innovatsiya strategiyasi
korxonaning o‘z imkoniyatlari hamda iqtisodiyotning bozor infratuzilmaviy
imkoniyatlaridan kelib chiqib shakllantiriladi. Ko‘p hollarda innovatsiya strategiyasi
iqtisodiyotdagi umumiy muhit bilan, erkin raqobat muhiti holati bilan, soha va
tarmoqlardagi holat, ishlab chiqarish, texnologik, tadbirkorlik salohiyatlari va mavjud
imkoniyatlardan kelib chiqib shakllantiriladi.
Korxona faoliyati tanlov asosida tashkil etilishi uni u yoki bu innovatsiya
strategiyalarini ishlab chiqishga undaydi. Innovatsiya strategiyasini shakllantirish
yuqorida qayd etilganidek innovatsiya loyihasi sifatida shakllantiriladi. Innovatsion
loyihalar portfeli ko‘pgina hollarda ular tarkibidan tanlovni tashkil etish imkoniyatini
beradi. Innovatsion loyihalar muayyan muddatlarga texnologik, boshqaruv va boshqa
tuzilmaviy salohiyatidan kelib chiqib shakllantiriladi. Innovatsiya strategiyasi
o‘zining qamrovi, muddatlari, sohalari, yo‘nalishlari bilan farqlanadi. Innovatsiya
strategiyasi
korxonaning
o‘z imkoniyatlari hamda iqtisodiyotning bozor
infratuzilmaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib shakllantiriladi. Ko‘p hollarda
innovatsiya strategiyasi iqtisodiyotdagi umumiy muhit bilan, erkin raqobat muhiti
holati bilan, soha va tarmoqlardagi holat, ishlab chiqarish, texnologik, tadbirkorlik
salohiyatlari va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib shakllantiriladi. Korxona
faoliyati tanlov asosida tashkil etilishi uni u yoki bu innovatsiya strategiyalarini
ishlab chiqishga undaydi. Innovatsiya strategiyasini shakllantirish yuqorida qayd
etilganidek innovatsiya loyihasi sifatida shakllantiriladi. Innovatsion loyihalar portfeli
ko‘pgina hollarda ular tarkibidan tanlovni tashkil etish imkoniyatini beradi.
Innovatsion loyihalar muayyan muddatlarga Innovatsiya strategiyasi innovatsiya
loyiha sifatida shakllantirilib, uning biznes rejasi ishlab chiqiladi va istiqboli
belgilanadi. Innovatsiya strategiyasini mukamalligi avvalom bor xo‘jalik yurituvchi
sub’ekt yoki korxona salohiyatiga, bilimlar darajasiga, ijodiy yondoshuvga,
yaratuvchanlikka, istiqbolni tasavvur qila olishga, axborotga ega bo‘lishga,
o‘rnatilgan xalqaro aloqalarni rivojlantirishga, zamonaviy texnologiyalarni bilishga
244
va qator boshqa omillarga bog‘liqdir. Korxona tadbirkorlik faoliyati salohiyati uning
innovatsiya strategiyasini aniqlovchisi sifatida xizmat qiladi. Innovatsiya
sirategiyasini shakllantirishda yana asosiy omillardan biri erkin bozor holatidan kelib
chiqib, uni istiqbolini belgilash va faoliyat tanlovini aniq amalga oshirishdir.
Umuman olganda, korxonaning innovatsion strategiyasi (innovatsiya
strategiyasi) ma'lum mantiqiy tuzilma sifatida tavsiflanishi mumkin, shu asosda
korxona innovatsion sohada uning oldida turgan asosiy vazifalarni hal qiladi. Shuni
yodda tutish kerakki, har bir alohida yangilik uchun ham, ishlab chiqarilgan har bir
mahsulot (xizmat) uchun ham qat'iy individual strategiya va taktikalar mavjud. Shu
bilan birga, korxonaning innovatsion faoliyatining keng qamrovli qarashlari o'ziga
xos strategiyalarni ham, yangiliklarni ishlab chiqarish va amalga oshirishning turli
jihatlarini ham o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, siz korxonada innovatsion faoliyatni
amalga oshirish xarajatlari va foydalariga haqiqiy baho berishingiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |