Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

2  – savol  bayoni. 
Hozirgi  kun  dunyo  iqtisodiyotini innovatsion  yangiliklarsiz 
tasavvur  qilib  bo’lmaydi.  Ayni  paytda  jamiyat  hayotida  innovatsion  soha  shu 
darajada  jadal  rivojlanmoqdaki,  iqtisodiyotda  innovatsiyalarning  ulushi  kundan 
kunga  oshib  bormoqda  va  buning  natijasida  innovatsiya  xuddi  foydali  qazilmalar, 
ishlab  chiqarish  quvvatlari  va  inteluktual  salohiyat  kabi  mamlakatning  asosiy 
boyligiga  aylanib  bormoqda.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat 
Mirziyoyev  ta‘kidlaganlaridek,  -  Innovatsiya  –  bu  kelajak  degani.  Biz  buyuk 
kelajagimizni  barpo  etishni  bugundan  boshlaydigan  bo’lsak,  uni  aynan  innovatsion 
g’oyalar,  innovatsion  yondashuv  asosida  boshlashimiz  kerak.  Shuning  uchun  biz 
Innovatsion  rivojlanish  vazirligini  tashkil  etdik  va  uning  oldiga  aniq  vazifalarni 
qo’ydik.  Bu  vazirlik  nafaqat  iqtisodiyot  sohasida,  balki  butun  jamiyat  hayotida  eng 
muhim  loyihalarni  amalga  oshirishda  o’ziga  xos  lokomotiv  rolini  bajaradi,  deb 


240 
 
ishonamiz
104
.  Tadbirkorlik  taraqqiyoti  novatorlikdan,  erkin  bozor  talablarini 
bilmoqlikda,  ularni  istiqbolini  his  etmoqlikda,  ularga  mos  tovar  va  xizmatlarni 
yetkazmoqlikda  va  shu  yo‘l  bilan  o‘z  maqsadlariga  erishmoqlikdadir.  Iqtisodiyotni 
rivojlantirishning bosh me’zoni bo‘lib tadbirkorlik xizmat qiladi.  
Tadbirkor har qanday  imkoniyatni  boy bermasdan,  o‘z  manfaatida o‘zi  uchun 
iloji  boricha  maksimal  yutuq  maqsadida,  hech  qanday  talofatlardan  qo‘rqmay 
tashabbusni  qo‘lga  oluvchi,  kuchli  va  harakatchan  insondir.  A.  Smitni  ko‘zga 
ko‘rinmas  qo‘l  qoidasiga  binoan,  tadbirkor  har  qanday  imkoniyatni  nafaqat  o‘zi 
uchun  balki  jamiyat  kelajagi  uchun  ishlatuvchidir.  Tadbirkor  bo‘lish,  demak,  yangi 
ishni  amalga  oshirish  qarorini  qabul  qilishdir.  Tadbirkorlik,  iste’molchilarni  turli 
tovar va xizmatlar bilan ta’minlash yo‘li bilan, daromadni oshirishga qaratilgan turli 
faoliyatdir.  Tadbirkorlik  faoliyati  doimiy  ravishda  o‘z  mulkiy  mas’ulligidan,  o‘z 
qo‘rquv  va  tavakkalligidan  kelib  chiqib  yuritiladigan  faoliyat  hisoblanadi.  Haqiqiy 
tadbirkor  faqat  o‘z  g‘oyasiga  ega  bo‘lgan  insonlardir,  olimlarni  fikriga  ko‘ra, 
dunyodagi insonlarni faqat 15-20 foizigina tadbirkordek fikr yuritish va harakat qilish 
qobiliyatiga  egadirlar.  Amerikaliklar  tadbirkorlarning  millatini  “oltin  foyda”  deb 
atashadi.  Nobel’  mukofoti  laureati,  taniqli  iqtisodchi  Fridrix  Fan  Xayekni  fikricha, 
tadbirkorlikning  mohiyati  yangi  iqtisodiy  imkoniyatlarni  izlashdir,  uni  axtarib 
topishdadir.  
Tadbirkorlik  oddiygina  faoliyat  emas,  u  yaratuvchanlikka  mos  va  xos 
faoliyatdir. Tadbirkorlikni yuritish va yuksaltirish uchun tadbirkor ijodiy hislatga ega 
bo‘lishi  kerak.  Tadbirkorlikka  xos  bo‘lgan  hislatlar  bular:  tashabbuskorlik; 
yaratuvchanlik;  ijodkorlik;  yangilikka  intiluvchanlik;  o‘zining  g‘oyasiga  ega 
bo‘lmoqlik;  tavakkalchilik  va  qaltislikni  o‘z  bo‘yniga  olmoqlik;  novatorlik,  eskini 
buzib,  ijodiy  ravishda  yangilikni  kiritmoqlik,  ya’ni  doimiy  rivojlanmoqlik;  faoliyat 
oqibatlarini  ko‘ra  bilmoqlik;  o‘z  majburiyatlarini  bajarmoqlik;  o‘z  qaroridan 
qaytmaslik;  uddaburonlik  va  doimiy  intiluvchanlik,  yaratuvchanlik.  Qayd  etilgan 
hislatlarga  ega  bo‘lganlargina  tadbirkorlikni  aniq  jarayon  sifatida  tasavvur  qila 
oladilar,  buzish  qobiliyatiga  ega bo‘la oladilar,  yangilikni  yaratish imkoniyatiga  ega 
bo‘ladilar.  Tadbirkorlik  taraqqiyoti  novatorlikdadir,  ya’ni  eskini  ijodiy  yondashuv 
asosida buzib, yangisini ijod etishdadir. Taniqli nemis iqtisodchisi D.A.Shumpeterni 
fikriga  ko‘ra,  texnologiya  taraqqiyoti  iqtisodiy  yuksalishni  boshqaradi,  novatorlik 
ya’ni doimiy ijodiy yondashuv va yaratuvchanlik rivojlanishni ta’minlaydi. 
D.A.Shumpeterni  fikriga  ko‘ra,  inovatorlikni  amalga  oshiruvchisi  bo‘lib 
tadbirkor  xizmat  qiladi,  moliyaviy  mablag‘lar  esa  uni  ta’minotini  tashkil  etadi. 
Demak,  tadbirkorlik  o‘z  mazmun-mohiyatiga  ko‘ra  ijodkorlik,  yaratuvchanlik, 
yangilikni  tadbiq  etmoqlik,  tashabbuskorlik  negizida  tadbirkorlik,  uddaburonlik, 
intiluvchanlik  va  doimiy  rivojlanmoqlikni  anglatadi.  Ushbu  jihatdan  tadbirkorlik 
faoliyati innovatsiya faoliyatidan boshqa narsa emasdir. Haqiqiy tadbirkorlik negizida 
novatorlik,  yangilikni  kiritish,  hayotga  tadbiq  etish  yo‘li  bilan  rivojlanishni 
ta’minlash  yotadi.  Innovatsiya  faoliyatiga  ham  xos  bo‘lgan  belgilar  bo‘lib, 
tadbirkorlik  taraqqiyotini  yuksaltirish  omili  sifatida  xizmat  qiladi.  Tadbirkorlikni 
innovatsion faoliyatsiz his qilib bo‘lmaydi, ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati oddiy 
biznesdan  farq  qiladi.  Faqat  innovatsiyalarga  tayangan  holda  tadbirkorlikni  yuritish 
 
104
 
O’zbekiston Milliy axborot agentligi.  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat  Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
murojaatnomasi. 
2017-yil. 
22-dekabr, 
http://uza.uz/uz/documents/o-zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat
 
mirziyoyevning-o-22-12-2017
 


241 
 
tadbirkorlik  faoliyati  maqsadiga  xos  bo‘lgan  yutuqlarni  va  yuqori  daromadni 
ta’minlaydi.  Bunda  tadbirkorlik  faoliyati  erkin  raqobat  muhitida  sinmaydi,  u  faol 
rivojlanadi, taraqqiyotga erishadi, yuksaladi. 
Kichik  biznesni  rivojlantirishda  innovatsiyaning  ahamiyati  juda  ham  katta. 
Korxonalarda  innovatsion  yangiliklarni  o’z  vaqtida  va  o’z  o’rnida  qo’llash 
xarajatlarning  keskin  kamayishiga  hamda  mehnat  unumdorligining  o’sishiga  olib 
keladi.  Buni  biz  rivojlangan  mamlakatlar  tajribasida  yaqqol  ko’rishimiz  mumkin. 
Masalan  Yaponiya,  Amerika,  Germaniya  kabi  mamlakatlar  shular  jumlasidandir
105

“Forbes”  jurnalining  ma‘lumotiga  ko’ra,  dunyodagi  eng  yuqori  darajadagi 
innovatsion kompaniyalarning deyarli 10 foizi Yaponiyada joylashgan ekan. Dunyoni 
o’zgartira  olgan  eng  katta  ixtirolarning  ko’pchiligi  aynan  Yaponiyada  yaratilgan. 
Masalan,  cho’ntak  kalkulyatori  (1970),  android  robotlar  (2003),  ekspress  poyezdlari 
(1964)  va  boshqalar
106
.  Endi  Germaniyaga  to’xtaladigan  bo’lsak,  “National 
Geographic”  Germaniyani  “Yevropaning  eng  kuchli  iqtisodiy  va  industrial  kuchi” 
deb ta‘riflaydi, chunki Germaniya tadqiqot, texnologiya va ilm-fanni rivojlantirishga 
juda  ko’p  kuch  va  vaqt  sarflaydi.  Gete  institutining  ma‘lumotiga  ko’ra,  “2016-yilda 
Germaniya  hukumati  tomonidan  80  milliard  yevro  ilmiy  tadqiqotni  rivojlantirishga 
ajratilgan.  Germaniya  bu  borada  AQShdan  keyin  ikkinchi  o’rinda  turadigan  yirik 
global  investordir.  Germaniya  tadqiqot  va  rivojlanishga  katta  miqdorda  iqtisodiy 
chiqimlarni  bag’ishlaydigan  eng  yaxshi  o’n  mamlakat  ichida.  Shuningdek,  u  yangi 
innovatsiyalarni yaratish bo’yicha ham birinchi o’ntalikda”. Bilamizki, Germaniya – 
kichik  va  o’rta  biznes  mamlakatdir.  Germaniyada  500  tagacha  ishchisi  bo’lgan  har 
qanday  tadbirkorlik  kichik  biznes  hisoblanadi  va  u  yerdagi  kompaniyalarning  99 
foizini aynan shu turdagi kompaniyalar tashkil etadi. Buni aniq sonlar bilan aytganda 
3,6  mln  kompaniya  yoki  Germaniyadagi  barcha  ish  o’rinlarining  80  foizi 
demakdir”
107
.  Bulardan  shu  narsa  yaqqol  ko’rinadiki,  rivojlangan  mamlaktlarda 
kichik biznes mamlakat iqtisodiyotining taqdirini belgilaydigan asosiy omildir. 
Innovatsion tadbirkorlik uch  asosiy turga bo‘linadi: 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish