147
09.01.2020 y.) qabul qilindi. Qaror bilan O‘zbekistonning 2020–2022 yillarga
mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi. Dasturda, jumladan, quyidagilar
nazarda tutilgan:
-
850,5 trln so‘m investitsiyalar, shu jumladan 35,5 mlrd. AQSH dollari
miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish;
-
206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish o‘rinlari
yaratish.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston nomidan yoki kafolati ostida tashqi qarzni jalb
etish bo‘yicha 2020 yilda yangi imzolanadigan shartnomalar doirasidagi loyihalar
“2020 yil uchun O‘zbekistonning Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun bilan
belgilangan chegaraviy hajmlar doirasida aniqlanadi. Shuningdek, qiymati 50 mln.
AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan
investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi
muhandislik-kommunikatsiya
tarmoqlarini
byudjet
mablag‘lari
hamda
moliyalashtirishning boshqa ichki manbalari hisobidan qurish tartibi mazkur
investitsiya loyihalari quyidagi talablarga mos kelgan taqdirda qo‘llaniladi:
-
loyihaning iqtisodiy samaradorligi mavjudligi;
-
urbanizatsiya
agentligining
loyihani
so‘ralayotgan yer uchastkasida
joylashtirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi mavjudligi;
-
loyihaning loyihaoldi hujjatiga davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy
xulosasi mavjudligi (zarur hollarda).
Investitsiyalarning miqdoriy o’sishi ichki investitsiya dasturi ( mablag’larni
noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish hisobiga safarbar qilish) vositasida
ta’minlanadi. Investitsiyalar sifatining o’sishi ichki ( fan va texnika
yutuqlarini tadbiq
qilish) va tegishli tashqi investitsiya dasturi ( xorijiy investitsiyalar –texnik tarkibi va
xususiyatiga ko’ra yuqoriroq bo’lganlarini jalb etish) vositasida ta’minlanadi. Ichki
investitsiya
dasturi
ham
tashqi
investitsiya
dasturi
ham,har
ikkalasi
investitsiyalashning turli manbalaridan turli shakillardagi investitsiyalarni jalb etish
zaruriyatini nazarda tutadi. Investitsiya dasturining mohiyati va mazmuni eng qulay
huquqiy vositalarni topish – investitsiya jarayoni va investitsiyani huquqiy tartibga
solishdan iborat. Ratsional investitsiya dasturini amalga oshirayotgan davlat
ixtiyorida huquqiy tartibga solishning ikki vositasi mavjud: milliy – huquqiy va
halqaro – huquqiy. Davlatning tashqi investitsiya dasturi huquqiy nuqtai nazardan
xorijiy investitsiyalar uchun qulay huquqiy muhit yaratishdan iborat bo’lib, bu milliy
huquqiy tartibod, milliy huquqiy shakillar va normalardan (qonunlar va boshqa
me’yoriy aktlar) xamda xalqaro huquqiy tartibod, xalqaro – huquqiy shakl va
normalardan (ikki va ko’p tomonlama shartnomalar va bitimlar) foydalanishni
nazarda tutadi. Bularning barchasi ham ichki ham tashqi investitsiya siyosatlari
hisobga olinishi shart. Investitsiya dasturining aniq maqsadga yo’naltirilgan ba ilmiy
asoslangan asosiy vazifasi davlatning jamiyatda moddiy va ma’naviy boyliklarni
ishlab chiqarishni tashkil etish uchun investitsiya mablag’larini safarbar qilish
bo’yicha faoliyat yuritishidan iborat. Investitsiya faoliyati (ingl. Investmen activity) –
bu investitsiya kiritish va investitsiyalarni amalga oshirish bo’yicha olib boriladigan
amaliy harakatlarning yig’indisidir. Investitsiya dasturi alohida davlatlar tomonidan
investitsiya munosabatlari sub’ektlarining (davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslar,
shu jumladan xorijiy) investitsiya faoliyatini kuchaytirish maqsadida choralar tizimini
148
nazarda tutadi. Investitsiya faoliyati esa uning sub’ektlarining investitsiyani amalgam
oshirish bilan bog’liq faoliyatlari yig’indisidir.
Investitsiya dasturini shakllantirishning asosiy tamoyillari bo‘lib quyidagilar
hisoblanadi:
- investitsiya jarayonlarini boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga
oshirish, maqbul shartlarda xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish,
shuningdek loyihalarni tanlab olish va ularning amalga oshirilishi monitoringini olib
borish asosida ulardan samarali foydalanish mexanizmini yaratish;
- belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlarini va faoliyat
sohalarni qo‘llab quvvatlash;
- ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoqlarni (ta’lim, soliqni saqlash) birinchi
navbatda, moliyalashtirish;
- mineral xom-ashyo resurslarini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur
qayta ishlashni, tayyor mahsulotni tashqi bozorda raqobatbardoshligigi darajaga
yetkazishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan
investitsiya loyihalarini qo‘llab quvvatlash;
- transport infratuzilmasini rivojlantirish va
takomillashtirish;
- tarkibiy o‘zgarishlar vazifalari va amalga oshirilayotgan investitsiya
siyosatiga muvofiq mablag‘ qo‘yishning o‘zaro manfaatliligi asosida xorijiy
sarmoyalarni jalb qilish, tomonlarning investitsiya majburiyatlari asosida
shartnomalar
tuzish amaliyotini joriy etish;
- investitsiya loyihalarni investitsiya dasturining aniq ro‘yxatiga oldindan
belgilangan mezonlar asosida kiritish;
-
ilgari boshlangan ob’ektlarni tugallash uchun markazlashtirilgan
investitsiyalarni, birinchi navbatda, ajratish.
Loyihalarni tanlab olishda ularning samaradorligi, respublika iqtisodiyoti ayrim
tarmoqlarini va mintaqalarini rivojlantirish ustuvorliklari, mahsulot sotish
ko‘rsatkichlari, shu jumladan eksportga yo‘naltirilganlik, butlovchi buyumlar va
kompanentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda qatnashish va shu kabilar asosiy
mezonlar hisoblanadi.
Investitsiya dasturida loyihaning baholash qiymati, tugallanmagan qurilishi va
qurilishni tugallash hamda foydalanishga topshirish uchun yillar bo‘yicha joriy
narxlarda moliyalashtirishga ehtiyoj, moliyalashtirishning tasdiqlangan manbalari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Investitsiya dasturini ishlab chiqishda yirik va
o‘ta muhim loyixalar alohida, katta bo‘lmagan bir tipdagi loyihalar yaxlit kiritilishi
mumkin (masalan: maktablar, qishloq, vrachlik punktlari qurilishi va boshqalar).
Investitsiya dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishi bo‘yicha barcha
ishlarni O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi muvofiqlashtirib boradi.
Investitsiya dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan
tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital
qurilishni mablag‘ bilan ta’minlash va uni kreditlash ishlari, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari
mexanizmini takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatilgan
tartibda asosan amalga oshiriladi. Unga muvofiq investitsiya loyihasini
markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash har qaysi ob’ekt
bo‘yicha ajratilgan kapital quyilmalar limitlar doirasida qat’iy amal qilgan holda
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan
149
qurilishlarning aniq mo‘ljalli ro‘yxati va qurilishlarning belgilangan tartibda
tasdiqlangan titul ro‘yxati asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining
investitsiya dasturi bu davlat tomonidan xorijiy investitsiyalarni qo‘llab quvvatlash
uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak bo‘lgan davlat tomonidan
rag‘batlantiriluvchi yo‘nalishlarni ishlab chiqish vositasida amalga oshiriladigan
chora – tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish
va ular kiritgan mablag‘larning yuqori iqtisodiy samaradorligiga erishish uchun
mukammal xuquqiy baza, tegishli institutlar yaratish tizimidir.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda davlat investitsiya dasturini shakllantirish orqali
yo‘naltirilayotgan investitsiyalarning barcha shakllarini faol jalb qilishda:
mamlakatning hududiy va tarmoq tizimini takomillashtirish nuqtai-nazardan
investitsiyalashga ta’sir etuvchi omillarni muvofiqlashtirgan holda qulay investitsion
muhitni yaratish; chet el investitsiyasini jalb etuvchi hamda shu asosda tovar eksport
qilishni ko‘paytiruvchi korxonalar uchun imtiyozlarni kengaytirish; investitsiya
loyihalarini iqtisodiyotning makro va mikro darajasidagi ehtiyoj va imkoniyatlarni
hisobga olib, ishlab chiqish asosida xorijiy kredit liniyalarining investitsiyalaridan
oqilona foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: