Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги


 Duduqlanuvchi bolalarda о„yinlar orqali mustaqil nutqni rivojlanishini



Download 467,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/33
Sana20.06.2021
Hajmi467,84 Kb.
#71423
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni rivojlantirish usullari

3.2. Duduqlanuvchi bolalarda о„yinlar orqali mustaqil nutqni rivojlanishini 

takomillashtirish. 

Korreksion  ishlarda  maxsus  metodikaga  asoslangan  о‗yin  usullari 

qо‗llaniladi.  Ular  yordamida  umumiy  va  nutqiy  hatti  -  harakatdagi  duduqlanish 

korreksiyasi amalga oshiriladi. 

Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchilarning nutq, umumiy va nutqiy hatti-

harakat  korreksiyasi  nafaqat  mashg‗ulotlarda,  balki  о‗yinlar  vositasida  ham 

amalga  oshiriladi.  О‗yinlarning  umumiy  maqsadi  bolalarning  atrofdagi 

predmetlar,  ularning  turli  sifatlari  (shakli,  hajmi,  rangi),  qо‗llanilishi  haqidagi 

tasavvurlarini  aniqlash  va  kengaytirish,  qiziquvchanlikni,  bilish  qobiliyatlarini 

rivojlantirish,  harakatlarni  takomillashtirishdan  iborat. 

Uyin 

jarayonida 



о‗rtoqlariga  nisbatan  dо‗stona  munosabat,  о‗yinchoqlar  va  materiallarga 

ehtiyotkorona  munosabat,  о‗rnatilgan  tartibga  rioya  etish  odati  tarbiyalanadi, 

о‗rtoqlarining  qiziqishlari  va  fikrlarini  inobatga  olish,  murosalarni  adolatli  hal 

etish, nizolarni chetlab о‗tish kо‗nikmasi shakllanadi. 

Ijodiy  tashabbukorlik,  о‗yin  mazmunini  mustaqil  hosil  qilish  va  amalga 

oshirish  qobiliyati,  о‗z  harakatlarini  о‗zaro  kelishish,  rolga  mos  ravishda  о‗zini 

tutish rivojlanadi. 

О‗yin  olimlar  tadqiqotlariga  kо‗ra  mehnat  va  о‗qish  bilan  birgalikda 

faoliyatning asosiy turlaridan hisoblanadi. 

Psixologlarning ta‘kidlashlaricha, о‗yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari 

shaxsning  о‗zini  о‗zi  boshqarish,  о‗z  imkoniyatlarini  amalga  oshirishning 

fundamental extiyojlariga tayanadi. 

О‗yin  ijtimoiy  tajribalarni  о‗zlashtirish  va  qayta  yaratishga  yо‗galgan 

vaziyatlarda,  faoliyat  turi  sifatida  belgilanadi  va  unda  shaxsning  о‗z  imkoniyatlarini 

amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. 



 

 

Ayrim  hollarda  esa  bola  о‗z  о‗yinida  oldin  kattalar  mehnatiga  taqlid 



qiladi,keyinchalik  ularning  mehnatida  qatnashadi.  О‗yin  yosh  avlodni  mehnatga 

tayyorlaydi. 

О‗yin  bola  uchun  haqiqiy  hayotdir.  Agar  tarbiyachi  bolalar  о‗yinini  oqilona 

tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga erishish mumkin. A.P. Usava shunday degan 

edi:  ―Bolalar  hayoti  va  faoliyatini  tо‗g‗ri  tashkil  tashkil  etish  –  ularni  tо‗g‗ri 

tarbiyalash  demakdir.  Bolalarni  tarbiyalashda  о‗yin  shuning  uchun  ham  samarali 

natija beradiki, о‗yinda bola yashashni о‗rganmaydi, balki о‗z hayoti bilan yashaydi‖. 

      Bola nutqining tо‗g‗ri rivojlanishi nafaqat fonematik idrok va nutqning talaffuz 

tomonining  rivojlanish  darajasi,  balki,  atrofdagilar  nutqida  hamda  shaxsiy  nutqda 

sо‗zning  tovush  tarkibini  farqlash  imkoniyati  bilan  belgilanadi.  Maktabgacha 

tarbiya  yoshdagi  rivojlanuvchi  nutqning  asosiy  funksiyalaridan  biri  – 

kommunikativ  funksiya  yoki  muloqot  funksiyasidir.  Ilk  bolalik  chog‗idanoq  bola 

nutqdan muloqot vositasi sifatida foydalanadi.  

Muloqotni 

rivojlanishida 

ham 


mustaqil 

nutqning 

ahamiyati 

kattadir. 

Dududqlanuvchi bolalardagi nutq kamchiligini korreksiyalashda mustaqil nutqning 

ahamiyati kattadir.  

Duduqlanuvchilarda  mustaqil  nutqni  tarbiyalashda  tо‗g‗ri  nutq  shakllarining 

zaruriy  uzluksizligiga  rioya  qilinadi.  Dastlab  nazm  matnini  bir-biriga  bog‗liq  holda 

qaytarish  orqali  о‗qish  jarayonida  yengil  ritmik  nutq  tarbiyalanadi.  Keyin  qiyin 

holatlarda  logoped  yordamida  mustaqil  о‗qish,  sо‗z  oralatib  yoki  matnni  ayrim 

bо‗laklarga  bо‗lib,  kimningdir  yordamida,  bir  xil  ohangda  о‗qish;  dialogli  matnni 

о‗qish;  tinish  belgilarini  hisobga  olib,  shartli  uzunlikka  amal  qilib  tо‗xtash  orqali 

о‗qish; о‗rganilgan she‘rni talaffuz etish tavsiya qilinadi. 

Mustaqil nutqni tarbiyalashga nutqning boshqa shakllariga nisbatan kо‗p vaqt 

ajratiladi. Mustaqil nutq oldindan tayyorlangan (she‘r, qayta hikoya qilish, mashg‗ulot  

mazmunini  bayon  qilish,  kо‗rgan-kechirganlar  haqida  hikoya  qilish)  va  oldindan 

tayyorlanmagan  (kо‗tilmagan  savollarga  javoblar  qaytarishni  iltimos  qilish,  berilgan 



 

 

mavzu  xususida  gapirish)  bо‗lishi  mumkin.  Nutqning  birinchi  kо‗rinishi 



duduqlanuvchi uchun juda yengil bо‗lgani sababli ikkinchisidan oldin takrorlanadi. 

Mustaqil nutqni tarbiyalash uchun namuna sifatidagi ayrim mashqlar: berilgan 

savolga  javob;  duduqlanuvchi  boshlangan  jumlani  yakunlaydi;  uning  о‗zi  savol 

beradi;  berilgan  sо‗z  asosida  jumla  tuzadi;  jumlani  qaytadan  tuzadi;  logoped  yoki 

о‗rtog‗i  bilan  suhbat;  sahnalashtirilgan  tomoshalarda  ishtirok  etish;  bayon  qilingan 

voqeani, dramatik matnni sо‗zlab berish rasm bо‗yicha, tomosha qilingan teatr, kino 

haqida,  shaxsiy  kuzatishlar  haqida,  hodisalar  tо‗g‗risida  sо‗zlash;  telefon  orqali 

suhbatlashish; ma‘ruza, bahsda ishtirok etish va hokazo. 

Logopedik  mashg‗ulotlarning  nutq  materiali  mazmuni  buzilishining 

tо‗zilishiga,  yoshga,  duduqlanuvchilar  guruhiga,  duduqlanishning  о‗tib  borishiga, 

duduqlanuvchining  о‗z  nuqsoniga  bо‗lgan  munosabatiga  va  boshqa  kо‗pgina 

omillarga  bog‗liq  holda  о‗zgartiriladi.  Bunday  omillarning  hisobga  olinishi: 

duduqlanuvchini  tabaqalashtirib  chuqur  о‗rganishni  va  duduqlanishni  bartaraf  etish 

yuzasidan turlicha metodikalarning yaratilishiga imkon beradi. 

5-7  yoshli  duduqlanuvchi  bolalar  bilan  olib  boriladigan  о‗yinlar  ancha 

murakkabroq xarakterga ega bо‗ladi. Duduqlanuvchi bolalar bilan о‗yinlar guruhlarda 

olib boriladi. Lekin kо‗pchilik bolalar yolg‗iz о‗ynashni xush kо‗radilar. 


Download 467,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish