Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги


 Duduqlanuvchi bolalarni kо„rikdan о„tkazish



Download 467,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/33
Sana20.06.2021
Hajmi467,84 Kb.
#71423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni rivojlantirish usullari

2.1. Duduqlanuvchi bolalarni kо„rikdan о„tkazish.  

2.2. Duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni tekshirish metodikasi. 



2.3. Duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni tekshirish natijalari. 

II BOB yuzasidan xulosa 



III 

BOB. 

Duduqlanuvchi 

bolalarda 

mustaqil 

nutqni 

rivojlantirishni 

takomillashtirish (tavsiyalar berish). 

3.1. Duduqlanuvchi bolalar bilan korreksion ishning vazifalari. 

3.2. Duduqlanuvchi bolalarda о‗yinlar orqali mustaqil nutqni rivojlantirish. 



Xulosa  

Adabiyotlar rо„yxati 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

 



Kirish 

 

Har  tomonlama  rivojlangan  barkamol  inson  shaxsini  shakllantirish 

davrimizning dolzarb muammolaridan hisoblanadi.  

Vatanimizning  kelajagi  bugungi  yosh  avlodning  ilmiy  salohiyati,  iste‘dodi, 

mustaqil  fikrlashiga  bevosita  bog‗liqdir.  Shuning  uchun  ham  bilimdon,  keng 

dunyoqarashga  ega  barkamol  va  ma‘naviy  yetuk  shaxslarni  tarbiyalab  yetishtirish 

vazifasi, davlatimiz siyosatining ustivor yо‗nalish darajasiga kо‗tarilgan. 

Prezidentimiz  tomonidan  2012  yilni  ―Mustahkam  oila  yili‖  deb  e‘lon  qilinishi 

va Davlat dasturini ishlab chiqishi mazmunida yosh avlodni jismonan sog‗lom, aqlan 

teran,  ma‘naviy  yetuk,  ya‘ni  xar  tomonlma  rivojlangan  komil  inson  bо‗lib 

yetishishiga  jiddiy  e‘tibor  qaratilgan.  Bu  о‗rinda  alohida  yordamga  muxtoj  bо‗lgan 

bolalarni  sog‗lomlashtirish,  ularni  sog‗lom  tengdoshlar  qatoriga  qо‗shish,  ijtimoiy 

moddiy jixatdan qо‗llab quvvatlash, mustaqil hayotga tayyorlash barcha tengdoshlari 

qatorida  ta‘lim  tarbiya  berish,  korreksion pedagogik,  psixologik  yordamni  kо‗rsatish 

kabi masalalar davlat dasturida alohida qayd etilgan.

1

 



Milliy  istiqlol  g‗oyalari  va  tamoyillariga  asoslangan  holda  jamiyatimizning 

mustaqillik yillarida kuzatilayotgan taraqqiyot tajribasi davomida, ijtimoiy hayotning 

muhim arkibiy qismi sifatida, barcha sohalar qatorida maxsus ta‘lim-tarbiya jarayoni 

va  uning  mazmuni  takomillashtirish  davr  talabiga  aylanmoqda.  О‗zbekiston 

Respublikasining  ―Ta‘lim  tо‗g‗risida‖gi  qonuni  va  ―Kadrlar  tayyorlash  Milliy 

dasturi‖,  О‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasining  ―Davlat    maxsus 

maktabgacha  ta‘lim  muassasalarining  faoliyatini  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

tо‗g‗risida‖gi 2010 yil 18 iyun 117-son Qarori, va shu asosida yangi tahririda tuzilgan 

―Davlat  maxsus  maktabgacha  ta‘lim  muassasalari  tо‗g‗risida  Nizom‖ning  qabul 

                                                 

1

 I.A.Karimov. ―Barkamol avlod yili‖ Davlat dasturi. Toshkent 2010y 



 


 

 

qilinishi  maxsus  ta‘lim  soxasida  amalga  oshirilishi  zarurat  hisoblangan  vazifalar 



turibdi. 

Davlatimizning  qator  konun  va  qarorlarida    jamiyatimizning  bо‗lagi  bо‗lgan 

alohida yordamga muxtoj bolalarni ijtimoiy qо‗llash ularga ta‘lim-tarbiya berish, kasb 

xunarga  о‗rgatish  sog‗lom  bolalar  qatoridan  о‗zini  olib  о‗z  qobiliyati  va 

imkoniyatlarini  kо‗rsata  olishga  ma‘naviy  kamol  toptirishga  asos  soluvchi  chora-

tadbirlar alohida e‘tirof etilgan. 

Jismoniy  va  ruxiy  rivojlanishda    nuqsoni  bо‗lgan  bolalarni  ijtimoiy  qо‗llab- 

quvvatlash  ta‘lim  tarbiya  tizimi  va  mazmuni  davr  talabi  darajasida  takomillashtirish 

ularni  kasb-hunarga  о‗rgatish,  sog‗lom  jamiyatda  integrallash  masalasiga  davlatimiz 

tomonidan jiddiy e‘tibor qaratilmoqda. Alohida ehtiyojli bolalari ilk yoshdan ta‘limga 

tayyorlash  psixologik-tibbiy  pedagogik  yordamlarni  kompleks  yо‗naltirilgan  holda 

olib  borish  masalalariga  kо‗proq  e‘tibor  berilmoqda.  Prezidentimiz  I.A.Karimov 

milliy  axborot agentligi muxbirlarining savollariga javoblarida ―Hozirgi eng muxim, 

eng dolzarb vazifalarimiz jamiyatimiz a‘zolarini avval yetib kelayotgan yosh avlodni 

kamol  toptirish,  ularning  qalbida  milliy  g‗oya,  milliy  mafkura  о‗z  vataniga  mehr 

sadoqat  tuyg‗usini  uyg‗otish,  о‗zligini  anglash  milliy  va  umumbashariy  qadriyatlar 

ruhida tarbiyalashdan iboratdir‖ deb alohida takidladilar. 

Prezidentimiz I.A. Karimovning 2013 yil ―Obod turmush‖ yili davlat dasturining 

amalga  oshirilishi  yuzasidan  qilgan  dokladlarida  va  О‗zbekiston  Konstitusiyasining 

21  yilligiga  bag‗ishlangan  ma‘ruzalarida  kelayotgan  2014  yilni  ―Sog‗lom  bola‖  yili 

deb  e‘lon  qilinishi  shu  maqsadda  sog‗lom  bola  sog‗lom  ota  ona  oilasida  vujudga 

kelishini  va  bо‗lajak  onaning  tug‗ilayotgan  farzandining    rivojlanishi  uchun  shart 

sharoitlar  yaratib  berish,  onalik  va  bolalikni  himoya  qilish,  sog‗lom  muhit  tarzini 

yaratishni  davlatimiz  tomonidan  boshqarilishini  vazifalari  ishlab  chiqarilishini  о‗z 

ma‘ruzalarida  ta‘kidlab  о‗tdilar.    Shunga  kо‗ra  bolaning  ilk  rivojlanish  davridan 

boshlab    va  xomiladorlik  davridan  onaga  g‗amxо‗rlik  qilish  keyinchalik  bolalarda 

uchrab turadigan nutq kamchiliklarini oldini olishga imkon beradi.   



 

 

        Bola  nutqidagi  kamchiliklar  о‗zgalar  nutqini    tushinishdagi  qiyinchilik  ularni 



atrofdagilar  bilan    muloqatda  bо‗lishi  о‗z  tengqurlariga  qо‗shilib  ketishini 

qiyinlashtiradi. Nutq tafakkur kо‗ra olish bо‗lganligi sababli bola ulg‗aygan sari atrof 

muxitdagi  tasavvurlari  shakillanadi  va  uni  aks  ettirish  sо‗z  lug‗ati  orqali  

takomillashib boradi. 

Nutqning  rivojlanishda    ta‘lim-tarbiya  ijtimoiy  hamda  biolagik  omillarning 

ta‘siri ham kattadir.  Buyuk   mutaffakirlarimiz Yusuf Xos Hojib odob, axloq ta‘lim-

tarbiya hamda ma‘naviy kamolotning yо‗l-yо‗riqlarini qomusiy asari ―Qutadg‗u-blig‖ 

asarida  bilim  zakovat  soxibi  bо‗lishining    asosiy  kalitini  til  bayon  qiladi.  Til  tufayli 

kishi  о‗z  bilimi,  aql  idrokini,  zakovotini  til,  sо‗z  orqali  bildiradi  degan  fikrlarini 

uqtiradilar.  

Nutq faqat inson uchun xos bо‗lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir. 

Nutqiy  aloqa  jarayonida  kishilar  fikr  almashadilar  va  bir  birlariga  ta‘sir  etadilar. 

Nutqiy  aloqa  til  orqali  amalga  oshiriladi.  Til  –  bu  fonetik,  leksik  va  grammatik 

vositalar  sistemasidir.  Gapiruvchi  о‗z  fikrini  bayon  etish  uchun  zarur  bо‗lgan 

sо‗zlarni  tanlaydi,  ularni  til  grammatikasi  qoidalariga  asoslanib  bog‗laydi  va  nutq 

a‘zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi. 

Odam  nutqi  tushunarli  va  ma‘noli  bо‗lishi  uchun  nutq  a‘zolarining    xarakatlari 

aniq va tо‗g‗ri bо‗lishi kerak. 

Nutqdagi  asosiy  funksiyalarning    buzilishi  kishi  faoliyatiga  albatta  salbiy  ta‘sir 

kо‗rsatadi,  uning  faolligini  pasaytiradi,  og‗ir  ruxiy    kechinmalar  kelib  chiqishiga 

sabab  bо‗ladi.  Masalan,  ayrim  sо‗zlarning  notо‗g‗ri  talaffuz  etilishi  kishini  noqulay  

vaziyatga  solib  qо‗yishi  bilan  birga  uni  atrofdagilar  bilan  muomala  qilishda  qiynab 

qо‗yadi,  u      gapirganda    о‗z  fikrini  tо‗la  anglata  olmaydi.  Nutq    kamchiliklarining 

og‗ir turlariga  duduqlanish nutq nuqsoni kiradi. 

Nutq qobiliyatining rivojlanmaganligi  nutq  maromi  (sur‘ati  tezligi)  shuningdek, 

ifodali  qilib  gapirish,  о‗qish  malakasi    bilan  ham  belgilanadi.  Duduqlanish  nutq 

nuqsonida  nutq  sur‘ati,  maromi  va  ravonligi  buzilishi  bilan  ta‘riflanadi.  Bunda 



 

 

nutqning kommunikativ funksiyasi izdan chiqadi, ya‘ni aloqa vositasi bо‗lmay qoladi. 



Duduqlanishda  asosan  nutq  apparati  muskullarining  ravon  ishlay  olmasligi  paylar 

tolalarning  tortishib  qolishi  sabab  bо‗ladi.  Chet  el  va  rus  olimlarining  ta‘kidlashicha 

dunyo  bolalarining  2%  da  duduqlanish  nuqsoni  kuzatiladi.  Bola  tilining  grammatik 

tuzilishini  kattalarga  taqlid  etish  yо‗li  bilan  asta-sekin  о‗zlashtirib  boradi,  sо‗zlari 

ma‘lum  tartibda  joylashgan  gaplarni о‗rganadi.  О‗z  fikrlarini  atrofdagilarga  ma‘noli 

nutq  orqali  ifodalay  boshlaydilar.  Bolaning  о‗zlashtirish  qobiliyati  bu  davrda 

nihoyatda kuchli bо‗ladi, ma‘suliyat о‗z-о‗ziga talabchanlik ortib boradi. Biroq, ba‘zi 

bolalarning nutq sur‘ati, maromi, ravonligi buziladi. Ular duduqlanib (tutilib) tovush 

bо‗g‗in  sо‗zlarini  qayta-qayta  takrorlab,  yoki  aksincha  tо‗xtab  qolib,  sо‗ngra  zо‗r 

kuch bilan qiynalib talaffuz etadilar. 

XIX  asr  boshlarida  qator  fransuz  tadqiqotchilari  duduqlanishni  kelib  chiqishini 

uning  nutq  apparatining  va  markaziy  bо‗limlari  faoliyatidagi  turli  og‗ishlar  bilan 

bog‗lab  tushuntiradilar.  XX  asrning  30  va  keyingi  50-    60  yillarida  duduqlanish 

mexanizmini  I.P.  Pavlovning  inson  oliy  nerv  faoliyati  va  qisman  nevroz  mexanizmi 

haqidagi ta‘limotlariga suyangan holda kо‗ra chiqa boshlangan. Bunda tadqiqotchilar 

duduqlanishni  nevroz  alomati  tarzida  (Y.A.  Florenskaya,  Y.A.  Povorinskiy  va 

boshqalar)  duduqlanishni  boshqa  formalarini  (V.A.  Gilyarovsiy,  M.B.  Xvatsev,  I.P. 

Povarnin, N.I. Jinkin, V.S. Kachergina va boshqalar) talqin qilganlar.    

 Duduqlangan  bolalarda  xulq  atvorida  ham  umumiy  holatida  ham  ma‘lum 

о‗zgarishlar  kuzatiladi.  Arzimagan  narsalardan  xafa  bо‗lish,  injiqlik,  qо‗rqish 

alomatlari  paydo  bо‗ladi.  Bunday  ruhiy  hodisalar  duduqlanishni  kuchaytiradi.  Ba‘zi 

bolalarning kamgap bо‗lib qolishiga sabab bо‗ladi. Buni shifokorlar nevroz sо‗zi bilan 

yuritadilar.  Duduqlanish  nutq  nuqsoni  bilan  chet  el  va  rus  olimlari  shug‗ullanganlar 

hozirgi  kunda  duduqlanish  nutq  nuqsonini  logopedik  mashqlar  sistemasi  asosida 

bartaraf etish usullari ishlab chiqilgan maktabgacha tarbiya yoshidagi duduqlanuvchi 

bolalar  bilan  S.A.  Mironova,  G.A.  Volkova,  V.I.  Seliverstov,  N.A.  Chevelyova  va 

boshqalar  maktab  yoshidagi  bolalar  bilan  A.V.  Yastrebova,  R.YE.  Levina  ,  N.A. 



 

 

Chevelyova,  S.M.  Lyubinskaya,  V.I.  Selevyorstev  va  boshqalar  о‗smirlar  va  katta 



yoshdagi  duduqlanuvchilarda    I.Y.  Ableyeva,  L.YE.  Andryonova,  A.Y.  Yevgenova, 

M.V.  Smirnova  va  boshqalar  korreksion  ishlar  sistemalarini  va  kompleks  davolash 

ishlarini ishlab chiqqanlar. 

О‗zbekiston  Respublikasida  L.R.  Muminova  ―Tutilib  gapiruvchi  bolalar  bilan 

olib  boriladigan  korreksion  ishlarning  pedagogik  asoslari‖,  ―Tutilib  gapiruvchi 

о‗smirlar  uchun  qо‗llanma‖,  (1984)lari  mavjud.  Bizning  muammo  yuzasidan 

adabiyotlarning  о‗zbek  tilida  yetarli  darajada  emasligi  mavzuimizni  dolzarbligini 

bildiradi.  




Download 467,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish