Adabiyotlar:
1.
Ye.A.Antipova. Maktabgacha ta’lim tashkilotida teatrlashtirilgan faoliyat. –M.:
TS «Sfera», 2006.
2.
M.D.Maxanyova. Maktabgacha ta’lim tashkilotida teatrlashtirilgan faoliyat
darslari. –M.: TS «Sfera», 2007.
3.
Churilova E.G. Metodika i organizatsiya teatralizovannoy deyatelnosti
doshkolnikov i mladshix shkolnikov. Programma i repertuar. – M.: Vlados. 2004. –
160 s.
4.
Qodirov M., Qodirova S. Qo‘g‘irchoq teatri tarixi. –T.: Talqin. 2006.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALARNI TARIXIY
OBIDALAR VOSITASIDA MILLIY G‘URUR ELEMENTLARINI
SHAKLLANTIRISH
Sh.T.Xasanova -
Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi dotsent v.b.
Z.I.Chinpulatova -
Maktabgacha ta’lim 1-bosqich magistri
M.B.O‘ljaboyeva
- Maktabgacha ta’lim 301-gurux talabasi
O‘zbek xalqi o‘zining qadimiy va boy madaniyati bilan butun dunyoga mashhur.
O‘zbekistonning qadimiy yodgorliklari va tuproq osti qismi ulkan tarixiy muzey
hisoblanadi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Termiz va boshqa shaharlardagi har
bir arxitektura yodgorligi bir buyuk asar, nodir qo‘lyozmalar, xalq amaliy san’ati
namunalari o‘zbek xalqining madaniyati naqadar yuksak bo‘lganligidan dalolat beradi.
Chunonchi ota-bobolarimiz qurgan binolar, me’morchilik bezaklari, ularning rang-
barangligi, geometrik va o‘simliksimon naqshlar ularning kompozitsion tasviri zavq
olishga, tarbiyalanishga, ular orqali o‘z orzu-umidlarini, muhabbatlarini xalqqa izhor
etishga chorlaydi. Asrlar davomida orttirilgan madaniy boyligimiz, xalq amaliy
san’atining ayrim turlari, ularning o‘ziga xos tomonlari, haqikiy o‘zbekcha nomlari
ishlash texnologiyasi va ularni yaratgan ustalarimizning nomlari asta-sekin unitilib
ketish arafasida. Shuning uchun xalqimizning asrlar bo‘yi qilgan ijodiy mehnati
natijasida yaratilgan tarixiy yodgorliklar va amaliy san’atini ko‘z qorachig‘idek
206
saqlash, qadrlash va ulardan foydalanish hozirgi davrimizning eng muhim
vazifalaridan biridir.
Tarixiy haqiqatni tiklash davlat siyosati darajasida belgilandi. Bu hayotiy zarurat
edi. Chunki o‘z ozodligini, erkini qo‘lga kiritgan xalq ko‘p asrlar davomida bosib
o‘tgan tarixiy yo‘lini aniq bilishi, buyuk ajdodlari merosidan to‘la bahramand bo‘lishi
kerak edi. Bu millatimizning o‘zligini anglab yetishi, istibdod davrida toptalgan
g‘ururini tiklashi, yuksaltirishi, mamlakatimizning kelajak yo‘lini belgilab olishi uchun
xizmat qilardi. Tariximizni haqqoniy yoritishda xalqimizning yaratuvchilik faoliyati
bilan bog‘liq bo‘lgan qadimiy shaharlarimizdagi yodgorliklar, obidalar, inshootlarni
qayta qurish, ta’mirlash, asl holida bunyod etish kabi ishlarga alohida e’tibor berildi.
Bu bejiz emasdi. Chunki bu madaniy boyliklar tariximizning asl manbalari, jonli
guvohlari, ilmiy asoslari hisoblanadi. Mamlakatimizni nafaqat Sharqda, balki butun
dunyoda tarixiy madaniy yodgorliklarga boy o‘lkalardan biri sifatida namoyon etadi.
Shular orasida tarixiy me’moriy obidalar alohida o‘rin tutadi. Samarqanddagi
Registon, Ruhobod, Xoja Ahror Vali, Jom’e masjidi, Chorsu majmualari, Amir Temur,
Bibixonim maqbaralari, Hizrati Hizr masjidi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Nodir
Devonbegi madrasasi, Buxorodagi Chashmai Ayub, Bolo hovuz, Chor minor, Ark,
Labi hovuz majmualari, Kalon minorasi, Mag‘oki attor, Kalon, Qushbegi, Toqi-
Sarrofon, Muzaffarxon masjidlari, Tolipoch darvozasi, Mir Arab, Mirzo Ulug‘bek,
Ko‘kaldosh, Abdullaxon, Tosh saroy madrasalari qaytadan, asl tarixiy qiyofasida qad
rostladi. Xivadagi Ko‘xna Ark, Tosh hovli, Qibla toza bog‘, Dishon qal’a, Nurullaboy
majmualari, Ichon qal’a devori, darvozalari, Juma masjidi, Muhammad Aminxon,
Feruz, Islom Xo‘ja madrasalari, Qo‘qondagi Xudoyorxon o‘rdasi, Jom’e masjidi,
Norbo‘tabiy, Miyon Hazrat madrasalari, Qarshidagi Odina masjidi, qadimiy ko‘prik,
Xojai Jarroh, Chor Gumbaz majmualari, Qilichboy, Bekmir madrasalari tarixning
noyob merosi — nodir yodgorliklar, osori-atiqalar, inshootlar sifatida qayta tiklandi,
ta’mirlandi, xalqimizning ma’naviy mulkiga aylandi. Xuddi shunday ulug‘vor ishlar
Toshkentda Hazrati imom, Shayx Xovand Tohur, Zangiota majmualarida, Ko‘kaldosh
madrasasida, Termizda Sulton Saodat, Qirq qiz, Hakim at-Termiziy majmualarida,
Shahrisabzdagi Oqsaroy, Dor ut-tilovat, Gumbazi sayyidon, Dor us-siyodat
207
majmualarida ham olib borildi. Samarqand shahridagi Shohi Zinda, Imom al-Buxoriy,
Xoja Doniyor majmualari, Buxorodagi Labi hovuz, Kalon masjidi, Chor Bakr, Ark
me’moriy yodgorliklari, Shahrisabzdagi Ko‘kgumbaz, Dor us-siyodat, Oqsaroy
obidalar turkumi, Marg‘ilondagi Piri Siddiq, Said Ahmad meros obe’ktlari, Xivadagi
Ichon qal’a shahristoni nodir yodgorliklari, Toshkentdagi Xasti Imom me’moriy
inshootlari, Termizdagi termiziylar qadamjolari tarixiy ko‘rinishga monand tiklandi.
Ayni paytda, ulug‘ ajdodlarimiz Yusuf Hamadoniy, Sulton Uvays Qoraniy, Iso at-
Termiziy, Mahdumi A’zam, Abu Xafs Kabir kabi allomalarimiz nomlari bilan
ataladigan 50 dan oshiq muqaddas ziyoratgohlar ham qayta bunyod etilib,
xalqimizning oyog‘i uzilmaydigan obod va go‘zal maskanlarga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |