Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

Adabiyotlar: 
1.
Ye.A.Antipova. Maktabgacha ta’lim tashkilotida teatrlashtirilgan faoliyat. –M.: 
TS «Sfera», 2006. 
2.
M.D.Maxanyova. Maktabgacha ta’lim tashkilotida teatrlashtirilgan faoliyat 
darslari. –M.: TS «Sfera», 2007. 
3.
Churilova E.G. Metodika i organizatsiya teatralizovannoy deyatelnosti 
doshkolnikov i mladshix shkolnikov. Programma i repertuar. – M.: Vlados. 2004. – 
160 s. 
4.
Qodirov M., Qodirova S. Qo‘g‘irchoq teatri tarixi. –T.: Talqin. 2006. 
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALARNI TARIXIY 
OBIDALAR VOSITASIDA MILLIY G‘URUR ELEMENTLARINI 
SHAKLLANTIRISH 
 
Sh.T.Xasanova - 
Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi dotsent v.b.
 
Z.I.Chinpulatova - 
Maktabgacha ta’lim 1-bosqich magistri 
M.B.O‘ljaboyeva
 - Maktabgacha ta’lim 301-gurux talabasi
 
O‘zbek xalqi o‘zining qadimiy va boy madaniyati bilan butun dunyoga mashhur. 
O‘zbekistonning qadimiy yodgorliklari va tuproq osti qismi ulkan tarixiy muzey 
hisoblanadi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Termiz va boshqa shaharlardagi har 
bir arxitektura yodgorligi bir buyuk asar, nodir qo‘lyozmalar, xalq amaliy san’ati 
namunalari o‘zbek xalqining madaniyati naqadar yuksak bo‘lganligidan dalolat beradi. 
Chunonchi ota-bobolarimiz qurgan binolar, me’morchilik bezaklari, ularning rang-
barangligi, geometrik va o‘simliksimon naqshlar ularning kompozitsion tasviri zavq 
olishga, tarbiyalanishga, ular orqali o‘z orzu-umidlarini, muhabbatlarini xalqqa izhor 
etishga chorlaydi. Asrlar davomida orttirilgan madaniy boyligimiz, xalq amaliy 
san’atining ayrim turlari, ularning o‘ziga xos tomonlari, haqikiy o‘zbekcha nomlari 
ishlash texnologiyasi va ularni yaratgan ustalarimizning nomlari asta-sekin unitilib 
ketish arafasida. Shuning uchun xalqimizning asrlar bo‘yi qilgan ijodiy mehnati 
natijasida yaratilgan tarixiy yodgorliklar va amaliy san’atini ko‘z qorachig‘idek 


206 
saqlash, qadrlash va ulardan foydalanish hozirgi davrimizning eng muhim 
vazifalaridan biridir. 
Tarixiy haqiqatni tiklash davlat siyosati darajasida belgilandi. Bu hayotiy zarurat 
edi. Chunki o‘z ozodligini, erkini qo‘lga kiritgan xalq ko‘p asrlar davomida bosib 
o‘tgan tarixiy yo‘lini aniq bilishi, buyuk ajdodlari merosidan to‘la bahramand bo‘lishi 
kerak edi. Bu millatimizning o‘zligini anglab yetishi, istibdod davrida toptalgan 
g‘ururini tiklashi, yuksaltirishi, mamlakatimizning kelajak yo‘lini belgilab olishi uchun 
xizmat qilardi. Tariximizni haqqoniy yoritishda xalqimizning yaratuvchilik faoliyati 
bilan bog‘liq bo‘lgan qadimiy shaharlarimizdagi yodgorliklar, obidalar, inshootlarni 
qayta qurish, ta’mirlash, asl holida bunyod etish kabi ishlarga alohida e’tibor berildi. 
Bu bejiz emasdi. Chunki bu madaniy boyliklar tariximizning asl manbalari, jonli 
guvohlari, ilmiy asoslari hisoblanadi. Mamlakatimizni nafaqat Sharqda, balki butun 
dunyoda tarixiy madaniy yodgorliklarga boy o‘lkalardan biri sifatida namoyon etadi. 
Shular orasida tarixiy me’moriy obidalar alohida o‘rin tutadi. Samarqanddagi 
Registon, Ruhobod, Xoja Ahror Vali, Jom’e masjidi, Chorsu majmualari, Amir Temur, 
Bibixonim maqbaralari, Hizrati Hizr masjidi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Nodir 
Devonbegi madrasasi, Buxorodagi Chashmai Ayub, Bolo hovuz, Chor minor, Ark, 
Labi hovuz majmualari, Kalon minorasi, Mag‘oki attor, Kalon, Qushbegi, Toqi-
Sarrofon, Muzaffarxon masjidlari, Tolipoch darvozasi, Mir Arab, Mirzo Ulug‘bek, 
Ko‘kaldosh, Abdullaxon, Tosh saroy madrasalari qaytadan, asl tarixiy qiyofasida qad 
rostladi. Xivadagi Ko‘xna Ark, Tosh hovli, Qibla toza bog‘, Dishon qal’a, Nurullaboy 
majmualari, Ichon qal’a devori, darvozalari, Juma masjidi, Muhammad Aminxon, 
Feruz, Islom Xo‘ja madrasalari, Qo‘qondagi Xudoyorxon o‘rdasi, Jom’e masjidi, 
Norbo‘tabiy, Miyon Hazrat madrasalari, Qarshidagi Odina masjidi, qadimiy ko‘prik, 
Xojai Jarroh, Chor Gumbaz majmualari, Qilichboy, Bekmir madrasalari tarixning 
noyob merosi — nodir yodgorliklar, osori-atiqalar, inshootlar sifatida qayta tiklandi, 
ta’mirlandi, xalqimizning ma’naviy mulkiga aylandi. Xuddi shunday ulug‘vor ishlar 
Toshkentda Hazrati imom, Shayx Xovand Tohur, Zangiota majmualarida, Ko‘kaldosh 
madrasasida, Termizda Sulton Saodat, Qirq qiz, Hakim at-Termiziy majmualarida, 
Shahrisabzdagi Oqsaroy, Dor ut-tilovat, Gumbazi sayyidon, Dor us-siyodat 


207 
majmualarida ham olib borildi. Samarqand shahridagi Shohi Zinda, Imom al-Buxoriy, 
Xoja Doniyor majmualari, Buxorodagi Labi hovuz, Kalon masjidi, Chor Bakr, Ark 
me’moriy yodgorliklari, Shahrisabzdagi Ko‘kgumbaz, Dor us-siyodat, Oqsaroy 
obidalar turkumi, Marg‘ilondagi Piri Siddiq, Said Ahmad meros obe’ktlari, Xivadagi 
Ichon qal’a shahristoni nodir yodgorliklari, Toshkentdagi Xasti Imom me’moriy 
inshootlari, Termizdagi termiziylar qadamjolari tarixiy ko‘rinishga monand tiklandi. 
Ayni paytda, ulug‘ ajdodlarimiz Yusuf Hamadoniy, Sulton Uvays Qoraniy, Iso at-
Termiziy, Mahdumi A’zam, Abu Xafs Kabir kabi allomalarimiz nomlari bilan 
ataladigan 50 dan oshiq muqaddas ziyoratgohlar ham qayta bunyod etilib, 
xalqimizning oyog‘i uzilmaydigan obod va go‘zal maskanlarga aylandi. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish