Использованные источники:
https://qazbrand.info/all/11307/o-sozdanii-natsionalnoy-nauchno-
pedagogicheskoy-shkoly-na-primere-nauchno-pedagogicheskih-vzglyadov-
akademika-t-n-kary-niyazova-qazbrand-info/
BOLANING “MEN” KONSEPSIYASINI
RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI
M.Fayzullayeva, M.Rustamova
MTTMQTMOI katta o‘qituvchilari
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi va tarbiyasi- bu bir butun va uzluksiz
jarayon bo‘lib, u doimo pedagog va ota- onalarning diqqat- e’tiborida bo‘lishi lozim.
Bola qanchalik muvaffaqiyatli rivojlanayotganligini, ijtimoiy taraqqiyot yo‘lini
egallash jarayonida qanday to‘siqlar uchrashi mumkinligini oldindan tushunish uchun
bolalarga malakaviy yondashish zarur. Psixologiya va pedagogika fanida shakllanib
kelayotgan insonning psixologik va jismoniy taraqqiyoti mexanizmini o‘rganishda bir
muncha ilg‘or tajriba to‘plangan. Bola bilan shug‘ullanish, mashg‘ulotlarni qiziqarli
o‘tish uchun jihozlarni to‘g‘ri tanlash bilan kifoyalanib qolmasdan bola shu jihozlarni
tushuna oladimi, ular bilan ishlay oladimi, shuni nazarda tutish lozim.
Bola aniq bir dastur asosida ta’lim- tarbiya olish imkoniyatiga ega. “Shu bilan
birga bola tanlangan dasturni o‘z tabiatiga, o‘z qiziqishiga, o‘zining intellektual
tafakkuriga, o‘z nuqtai nazariga asoslangan holda o‘zlashtiradi. Shuning uchun bu
197
dastur izchillik bilan ta’lim- tarbiyaviy jarayonda bolaning qiziqishini, tafakkurini
e’tiborga olgan holda olib borilishi lozim”(L.S.Vigotskiy).
Shuning uchun kattalarga o‘zlarining pedagogik faoliyatlarini to‘g‘ri yo‘nalishda
olib borayotganliklarini tushunishlari uchun ta’lim-tarbiyaviy jarayonda tashxisga
alohida ahamiyat beriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning muvaffaqiyatga
erishishi borasidagi tashxis qilishning ahamiyati faqat natijalarni to‘g‘ridan- to‘g‘ri
aniq olishgina emas, balki uning asosiy vazifasi bola taraqqiyotning yuqori
pog‘onasiga ko‘tarilishi uchun to‘siq bo‘ladigan sabablarni aniqlashdan iborat. Bu
qiyinchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini topish esa pedagoglarga yuklatiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik jihatlari quyidagilardan iborat:
1.Bolada ilk dunyoqarashning paydo bo‘lishi(L.S.Vigotskiy);
2.Bolada birinchi ahloqiy sifatlarning shakllanishi (L.S.Vigotskiy);
3.Bola motivlarining bir-biriga o‘zaro bog‘langanligi;(A.P.Leontyev).
4.Bolalarda ixtiyoriy hulq-atvorining shakllanishi (D.B.Elkonin, A.V.Zaporojes)
5. Bolaning o‘z-o‘zini anglashi ("Men" konsepsiyasi)
Maktabgacha yosh mobaynida bolada “Men” obrazining yaratilishida, ya’ni
bolaning o‘z- o‘zini anglashi davrida affektiv va kognitiv jihatidan ba’zi bir
o‘zgarishlarni u boshidan kechiradi.(M. I. Lisina). Affektiv tarafdan insonning o‘ziga
nisbatan munosabati tushunilsa, kognitiv tarafdan– o‘zi to‘g‘risida bilish yoki o‘zligini
anglash tushuniladi. “Men”obrazining shakllanishi asosida birinchidan, maktabgacha
yoshdagi bolalarda individual faoliyat tajribasi, ikkinchidan, bolaning kattalar va
bolalar bilan muloqot qilish tajribasi yotadi. Birinchi asos bolaning o‘ziga nisbatan
kognitiv munosabatning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi, ikkinchisi esa affektiv
munosabatning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ilk marotaba o‘z- o‘zini anglash
go‘daklik davridan boshlanadi, bu vaqtda bola o‘z tanasini atrof muhitdan ajrata
boshlaydi. O‘z- o‘zini anglashning muhim bosqichi bolaning uch yoshligidan
boshlanadi va shaxsning yangi xususiyati, ya’ni “o‘z yutuqlaridan faxrlanish” kabi
xususiyati paydo bo‘ladi.Bola o‘z istagini, holatini anglab yeta boshlaydi, o‘zini
faoliyatning subyekti sifatida bila boshlaydi va ilgari ajratib ololmagan holatlarni
narsalardan ajrata boshlaydi. Bola o‘z- o‘zini anglashga intila boshlaydi.
198
O‘z- o‘zini anglash maktabgacha yoshda quyidagi yo‘nalishlar orqali shakllanib
boradi:
1. Shaxs sifati va faoliyat turlari ko‘payadi, bular esa bolani o‘z- o‘zini baholash
qobiliyatini oshiradi;
2. O‘z-o‘zini baholash umumiylikdan guruhlashtirilgan tabaqaga o‘tadi;
3. O‘z-o‘zini vaqt mobaynida baholay boshlaydi, bu esa bolaning kelajakda o‘z
oldiga maqsad qo‘yish qobiliyatini shakllantiradi(masalan:“Agar men o‘qishni
o‘rgansam, singlimga kitoblar o‘qib bera olaman”). Maktabgacha yoshdagi bola o‘z-
o‘zini baholashga o‘rganadi, bu esa bolaning maktab ta’limiga tayyorligini
ta’minlaydi.
Bolaning "Men" konsepsiyasini
rivojlantirish orqali bola maktabgacha yoshda
shakllanadigan va butun hayoti davomida takomillashib boradigan bir qator
xususiyatlarni namoyish etadi. Bu kompetensiya bolaning o‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlik
qilish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish qobiliyatini hamda kundalik hayotini
boshqarish va barqaror sog‘lom turmush tarzini amalda qo‘llash mahoratini o‘z ichiga
oladi. Bolalar o‘zlarining ahamiyatini tushunadilar, o‘zlarining, shuningdek,
boshqalarning farovonligi haqida g‘amxo‘rlik qilishni o‘rganadilar. Bola mustaqil va
o‘ziga ishonadi. O‘zining kuchli va zaif tomonlarini biladi, ularni bartaraf etish ustida
ishlay boshlaydi. U boshqalardan farqli tomonlarini tushunadi. O‘z g‘oyalarini ilgari
surish va targ‘ib qila oladi; o‘zi uchun qaror qabul qilishni o‘rganadi. U tanlashni
biladi, o‘z oldiga maqsadlar qo‘yadi. O‘z harakatlari uchun tashabbus va mas’uliyatni
namoyon qiladi. O‘zining tanlovlari, qiziqishlari, his-tuyg‘ularini baham ko‘rishadi.
O‘sib borayotgan jismoniy, kognitiv, hissiy va ijtimoiy ehtiyojlarini ta’minlaydilar.
O‘z ehtiyojlarini bildiradi va ularni qondirishni biladi, o‘zini boshqara oladi; sog‘lom
turmush tarzi qoidalariga, madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarga rioya qiladi, jismoniy
tarbiya bilan shug‘ullanadi, o‘z salomatligi uchun mas’uliyatni namoyon qiladi.
Bolaning "Men" konsepsiyasini
rivojlantirish orqali o‘zining ismi-sharifi, yoshi,
manzili, oila a’zolari, qaysi mamlakat, shahar, qishloqda yashayotganligini, ona
Vatani, uning tabiati, sevimli o‘yinchoqlari, xalq milliy an’analari va odatlarini, milliy
199
va madaniy qadriyatlarni bilishi va ular bilan g‘ururlanish kabi fazilatlar tarbiyalanib
boriladi.
Bolaning “Men” konsepsiyasini rivojlantirishda
tengdoshlari o‘rtasida o‘z
o‘rnini anglashi, o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqa bolalar bilan almashishi,
o‘g‘il bolaga (jasur, mard, ziyrak, chaqqon, qizlarga hurmat) va qiz bolaga (nazokatli,
muloyim, oqila, chaqqon, sarishta) xos bo‘lgan fazilatlarni tarbiyalash, topshiriqni
bajarishda sabr-toqatli, qat’iyatli bo‘lish, o‘yinlarni tashkillashtirish, faoliyatlarda
mustaqil harakat qilish, o‘ziga nisbatan samimiy va nosamimiy munosabatlarni
anglash, jahli chiqqanida o‘zini tuta olish, o‘z xohishini kattalarning talabiga
bo‘ysundirish, berilgan topshiriqqa mas’uliyat bilan qarash, o‘zi erishayotgan
natijalarni haqqoniy baholash, o‘ziga o‘zi bergan bahosi bilan kattalarning bahosini
solishtirish, o‘z kamchiliklarini tuzatishi mumkinligini anglash, milliy an’analarni va
madaniy qadriyatlarni hurmatlash, ular bilan faxrlana olishi (
milliy kiyimlar, o‘yinlar,
urf-odatlar
) o‘rgatilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |