Adabiyotlar ro’yxati
1.Sh.A.Sodiqova. “Maktabgacha Pedagogika” 2010 yil.
2.F.K.Qodirova . “Maktabgacha Pedagogika”2018 yil.
3.WWW.lex.uz.
185
4.WWW.pedagog.uz.
BOLA TARBIYASIDA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI VA
OILA HAMKORLIGI
Uzakbergenova Gulparshin Bazarbayevna
Toshkent shahar Uchtepa tumani 399-DMTT direktori
Hozirgi ijtimoiy o‘zgarishlar oilaviy tarbiya masalalariga, ayniqsa, oilada farzand
tarbiyasiga hamda oilalar sharoitini yaxshilash, ularni moddiy jihatdan ta'minlashni
kuchaytirishga alohida diqqat-e'tibor qaratishni taqozo etmokda. Yosh avlodni
barkamol qilib tarbiyalashni ta'minlashda yaslilar va bog‘chalar, maktab-internatlar va
boshqa shunga o‘xshash muassasalar kengaytirish orqali oilalarga har tomonlama
yordam berish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, maktablar, bolalar va tibbiyot
muassasalarini qurish, ulardagi sharoitni yaxshilash ishi muntazam ravishda amalga
oshirilib borilmoqda.
Davlat bolalarning maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanishi, umumta'lim
maktabida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, oliy o‘quv yurtlarida bilim
olishlari uchun sarflanadigan xarajatlarni yildan-yilga ko‘paytirib bormoqda.
Shuningdek, onalarga qulaylik tug‘dirish, ularni moddiy sharoitlarini yaxshilash, bola
tarbiyasi bilan shug‘ullanishini ta'minlash uchun katta imkoniyatlar yaratilmokda.
Masalan, maktabgacha ta'lim tashkilotlar tarmog‘ini kengaytirishga va undagi moddiy
va ma'naviy sharoitni yaxshilashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bola tug‘ilganda
birinchi bolaga, ikkinchi va uchinchi bolaga beriladigan suyunchi pullarini miqdori
yildan-yilga oshirilib bormokda. Yosh bolali onalarga 2 va undan ortiq 12 yoshgacha
mehnat ta'tillarini uzaytirilishi, bolasi 3 yoshga to‘lgunga qadar pulli ta'tillarni joriy
qilinishi va o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish staji saqlanishi, yolg‘iz onalarga esa har bir
bolasi uchun beriladigan oylik nafaqa puli miqdorining ko‘paytirilishi; ota-onalarning
bolalari bilan birgalikda dam olishlari va davolanishlari uchun shart-sharoitlarning
yaratilishi, shuningdek, bolasini o‘zi tarbiyalab, shu bilan birga ishlamoqchi bo‘lgan
onalarga to‘la bo‘lmagan ish kuni, ish haftasi, uyda ishlashlari uchun sharoit yaratilishi,
bolalar kasallanganda uni parvarish uchun pul to‘lanadigan vaqtning uzaytirilishi
186
shular jumlasidandir. Pedagoglik odobi nima o‘zi? degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Pedagoglik odobi deganda bola bilan bulgan munosabat jarayonidagi me'yorga rioya
qilish, ya'ni bolaning ongiga, qalbiga, shaxsiga ta'sir etadigan tarbiyaviy choralarni,
ularning yosh-xususiyatlarini va imkoniyatlarini hisobga olib, sharoitiga qarab tanlay
biliщdir. Pedagoglik odobi—bolani tarbiyalashdagi mohirlik bo‘lib, buni tarbiyachilar
singari ota-onalar ham bilishi, o‘rganishi lozimdir. Chunki ota-onalar o‘z hulqi, fe'l
atvorini tashkil eta bilishlari va bolaning qalbida, ongida nima kechayotganini seza
olishlari muhim sanaladi. Insonni qanday shakllanishi kim bo‘lib yetishishi avvalo,
oiladagi tarbiyaga, ota-onaning tarbiyasiga, salohiyatiga, mas'uliyatliligiga va bola
tarbiyasining umumiy qonuniyatlarini yaxshi bilib, ularga qanday amal qilishiga
bog‘liq. Lekin ko‘pchilik oilalarda bola tarbiyasi bo‘yicha juda murakkab vaziyatlar
yuzaga kelmoqda. Bunday vaziyatlar ota-onalarning pedagogik bilimlardan xabarsiz
ekanliklari
sababli
yuzaga
kelmoqda.
Ota-onalarning
ko‘pchiligi ahloq,
huquqshunoslik, psixologik va pedagogik bilimlarni bilmaydilar. Bu esa bola
tarbiyasida noxush voqyealarga sabab bo‘lmoqda. Shunday ekan ota-onalarning
dunyoqarashini, tafakkurini va ularning amaliy faoliyatini kuchaytiruvchi, oilada
bolaning hulqini va ularning tarbiyaviy ta'sirini tahlil qilishga undovchi pedagogik
bilimlarni yanada kengroq targ‘ib qilish muhim sanaladi. Maktabgacha ta'lim
tashkilotining oila bilan ish olib borish jarayonida aniq maqsad ko‘zda tutilishi muhim
sanaladi. Ota-onalar bilan hamkorlik asosida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, ular
bilan bog‘liq bo‘lgan shakl va usul asosida rejali hamda izchil ishlarni olib borish
maqsadga muvofiqdir. Ana shunday bolalar bog‘chasi xodimlarining ota-onalar va
oilalar bilan hamkorlikdagi ishlarining keng tarqalgan shakl va usullari mavjud;
bularga:
a) ota-onalar va oilalar bilan yakkama-yakka ishlash. Ta'lim-tarbiya jarayonida bu
tur katta ahamiyat kasb etib, yaxshi natijalarni qo‘lga kiritish imkonini beradi. Bunda
tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy hususiyatlarini o‘rganib, tarbiyaviy jarayonda
inobatga oladi. Buning natijasida tarbiyachi va ota-ona o‘rtasida o‘zaro ishonch,
hurmat, do‘stlik munosabatlari o‘rnatiladi;
187
b) ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular ota-onalarning
guruhli va umumiy majlisi, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, (bolalar
bog‘chasi xodimlarining ota-onalar bilan birgalikda amaliy faoliyati) savol va javob
kechalari;
v) ko‘rsatmali ishlar. Ishning bu turini: ko‘rgazmalar, fotomantajlar, bolalarning
ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, ota-onalar burchagi, ota-onalar uchun
kutubxona, oilaviy tarbiyaning turli muassasalari bo‘yicha materiallar solingan papka
va shu kabilarni qamrab oladi;
g) bolaning oilasini borib ko‘rish va oila a'zolari bilan yaqindan tanishish;
d) ota-onalarga pedagogik ta'lim berish va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Ota-onalar va oila bilan hamkorliqda olib boriladigan ish shakllarining
ayrimlarini qanday tashkil qilish usullariga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1.Tarbiyachining oilani borib ko‘rish. Bola yashab turgan oilani o‘rganishi, ota-onalar
bilan yaqin aloqa o‘rnatish va ularga yordam, maslahatlar berishning samarali
yo‘llaridan biridir. Tarbiyachi oilaga tekshiruvchi sifatida emas, balki maslahatchi,
do‘st sifatida bola tarbiyasiga yordam beruvchi shaxs sifatida boradi. Tarbiyachining
oilaga borishidan asosiy maqsadi bola tarbiyalanayotgan sharoitni ko‘rish va zarur
bo‘lsa, ota-onalarga yordam ko‘rsatishdir. Tarbiyachi har bir oilaga har gal borishdan
avval, o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yish, qaysi mavzuda suhbatlashishni oldindan
belgilab olishi lozim. Demak, ota-onalarga beriladigan savol oldindan puxta o‘ylangan
bo‘lishi kerak. Suhbat shunday tuzilishi kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona bir-birlarini
yaxshi tushunishlari va ular o‘rtasida ishonchli aloqa o‘rnatilishi kerak.
2. Ota-onalar bilan shaxsiy suhbatlar. Oila bilan shaxsan ishlashning keng
tarqalgan usullaridan biri suhbat bo‘lib, bu bolalarni ertalab qabul qilish va kechqurun
jo‘natish paytida o‘tkazish mumkin. Bu suhbat tarbiyachi bilan ota-onalarning bir-
birlari bilan yaqinroq tanishlariga, ularga bolaning hayoti haqidagi ma'lumotlar bilan
xabardor qilishlariga, uning muvaffaqiyati va kamchiliklari, hulqi, sog‘lig‘idagi
o‘zgarishlarni kuzatishga yordam beradi.
3. Guruhiy maslahatlar va majlislar. Guruhiy maslahatlar mavjud ma'lumotlardan
ularni xabardor qilish emas, balki oilaviy tarbiya tajriba almashinuvini nazarda tutadi.
188
Ota-onalar bilan muloqot qilish ota-onalarga jamoa bo‘lib, guruh bo‘lib maslahatlar
uyushtirishning mazmunini aniklashga yordam beradi. Ota-onalarning guruhiy
majlisida hamma guruh bolalarining ota-onalari, parallel guruhlar ota-onalari va katta
guruh bolalarining ota-onalari taklif etiladi. Umumiy majlisda ota-onalarni
maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vazifali, shu yilgi rejalar,
ota-onalar raisining faoliyati, oila tarbiyasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishtiriladi.
Birinchi umumiy majlis o‘quv yilining boshida o‘tkazilsa, ikkinchi umumiy majlis
o‘quv yilining oxirida o‘tkaziladi. Bunda maktabgacha ta'lim tashkilotining o‘tgan
yildagi ish yakunlari haqida ma'lumot beriladi.
4. Ota-onalar va maktabgacha tarbiya muassasalarta'lim tashkilotlari
xodimlarining
birgalikdagi
faoliyati.
Ota-onalar
bog‘cha
maydonini
ko‘kalamzorlashtirish, uchastkadagi jihozlarni va qo‘llanmalarni ta'mirlash, xonalarni
qishga tayyorlash, sog‘lomlashtirish ishlarini o‘tkazishda yordam ko‘rsatishlari, yangi
o‘quv yiliga tayyorgarlik vaqtida sanitariya ishlarida, bolalarni sayohatlarga kuzatib
borishlarida ishtirok etishlari lozim. Agar ota-onalar orasida fotosuratchilar,
quruvchilar, rassomlar bor bo‘lsa, ular maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bevosita
yordam berishlari kerak.
5. Ota-onalar uchun kechalar va to‘garaklar uyushtirish. Maktabgacha ta'lim
tashkilotlarida ota-onalar va boshqa oila a'zolari uchun o‘tkaziladigan kechalar mavzuli
xarakterga ega bo‘lib, «Bola loy, ota-ona kulol», «Bola aziz, odobi undan aziz» kabi
mavzularni tanlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |