Adabiyotlar:
1. Axmedova M.T. Pedagogik konfliktologiya. O‘quv qo‘llanma. –T.: Nizomiy
nomidagi TDPU, Adabiyot uchqunlari, 2017. - 319 b.
2. Kudryavsev V.N. Yuridicheskaya konfliktologiya. Sentr konflik tologicheskix
issledovaniy. –M.: 1995.
BOLALARNINING RUHIY RIVOJLANISHIDA TA’LIM VA
TARBIYANING ROLI
Tursunova Maftuna, Ashurova Ozoda, Hazratova Munisa
TDPU “Maktabgacha ta`lim” fakulteti talabalari
Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo‘lib, u barcha tug‘ma
va egallagan miqdor va sifat o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi.
Bolalarning rivojlanishi bu miqdor o‘zgarishlarigina bo‘lib qolmay, bu avvalo
bola organizmini va ruhiyatida tevarak-atrofdagi hayot tasirida yuzaga keluvchi sifat
o‘zgarishlaridir. Tashqi ta’sir ichki jarayon bilan qarama-qarshilikni yuzaga keltiradi,
masalan, bolaning yangi talabi bilan imkoniyati o‘rtasida yuzaga kelgan qarama-
qarshilik yoki nomutanosiblik uning rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch
hisoblanadi.
Bizda doimo inson bolasining rivojlanishi, ta’lim-tarbiya olishi qaysi davr, qaysi
yoshdan, qachondan boshlanadi mazmundagi savollar tug‘iladi. Aynan bu haqda turli
–xil adabiyotlarda fikrlar keltirilgan va doimo bu kabi mulohazalar har bir davrda o‘z
javobiga ega bo‘lib kelgan.
Bugungi kunda maktabgacha ta’limning tubdan o‘zgarishi, mamlakatimizda
istiqomat qilayotgan bolalarning ko‘pchiligini maktabgacha ta’lim muassasalari
tarbiyalanuvchilari ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, aynan ta’lim va tarbiya mana
shu davrda bolalar ongida hosil bo‘ladi.
Maktabgacha yosh davri o‘z ichiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni qamrab
oladi. Bu davrda organizmning jadal rivojlanishi davom etadi. Umumiy o‘sish bilan
bir qatorda to‘qima va organlarning tarkib topishi va funksional rivojlanishi sodir
bo‘ladi. Nafas olish organlari, qon aylanish organlarining rivojlanishi, muskullar
massasining ortishi muhim ahamiyatga ega. Miya og‘irligi 1110 g dan 1350 g gacha
566
ortadi. Katta yarim sharlar po‘stloq qismining boshqaruv roli ortadi. Shartli reflekslar
tarkib topish tezligi kuchayadi, 2-signallar tizimi intensiv rivojlanadi. Maktabgacha
yoshdagi bolalarning ruhiy va jismoniy rivojlantirish jarayoni maktabgacha ta’lim
muassasalarida
tarbiyachilar
tomonidan
maktabgacha
ta’limda
bolalarning
rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha
ta’limda bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarida turli yoshdagi
maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining ruhiy va jismoniy
rivojlantirish uchun mashg‘ulotlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bolalar mana shu
dastur asosida tarbiyalanadilar.
Bir so‘z bilan aytganda bolalarning ruhiy rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning roli
zamonaviy yondashuvlarga ko‘ra maktabgacha ta’lim davriga to‘g‘ri kelmoqda. Shu
o‘rinda ta’lim va tarbiya so‘zlariga alohida ta’rif bersak va ularning bir-biridan farqi
nima, uzviyligini tahlil qilishimiz lozimdir.
Ta’lim - bolalarga bilimni tartibli bayon qilish jarayoni bo‘lib, muayyan ko‘nikma
va malakalarni singdirish, ularning ongi va hulqiga ta’sir etish, aqlini, ongini, idrokni,
dunyoqarashini, etiqodini va bilim faolligini rivojlantirishdir. [3]
Tarbiya – aniq maqsadga hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida tashkil etilib,
shaxsni mehnat va ijtimoiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
[2]
Tarbiya bolaning «rivojlanish oldi zonasiga» qarab o‘zgaradi, ya’ni bolada
murakkabroq, mazmuvdagi bilimlarni o‘zlashtirib olish imkoniyati paydo bo‘lishiga
qarab belgilanadi. Masalan, go‘dak emaklashni o‘zlashtirib olgandan keyin yurishga
o‘tishi, ayrim bo‘g‘inlarni aytishni o‘rgangandan keyin faol nutqqa o‘tishi, buyumlar
bilan harakatlarni o‘zlashtirib olgandan keyin o‘yin, mehnat faoliyatining paydo
bo‘lishi va hokazo. [ 3]
Bolaga tarbiya berish jarayonida o‘z-o‘z o‘zidan A. Avloniyning “Al-hosil,
tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo momot, yo najot- yo falokat, yo saodat – yo razolat
masalasidir” [1] deb aytgan fikrlari barcha millat vakillarining tarbiyasiga mos
keluvchi haqiqatdir.
567
Tarbiya ijtimoiy muhit orqali keladigan tarbiyaviy ta’sirlarning barchasi bilan
bog‘liq holda ta’sir qiladi. Bunda qulay samarali omillardan foydalaniladi, salbiy
ta’sirlarning kuchini ma’lum darajada kamaytiradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi
holatlar yuzaga keladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida kishi organizmi rivojlanadi hamda
muhitni stixiyali ta’minlay olmaydigan narsalar ta’lim-tarbiya orqali o‘rganiladi.
Masalan, bola o‘z ona tili atrofini o‘rab olgan muhitning ta’sirida o‘rganib olishi
mumkin. Ammo o‘qish va yozishni maxsus ta’lim orqali o‘rganadi. Ma’lum bilim,
ko‘nikma malakalar ta’lim-tarbiya jarayonida egallanadi.
Ta’lim bolaga turli bilim, tushuncha, malaka ko‘nikmalarni bersa , tarbiya atrof-
muxitda, jamiyatda o‘zini qanday tutishni o‘rgatadi. Bu ikkala jarayon uzviylikda
bolaning ruhiy rivojlanishiga ta’sir qiladi.
“O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” da tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan
bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalari belgilab berilgan.
- jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
- ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
- nutq, muloqat, o‘qish, va yozish malakalari;
- bilish jarayonini rivojlanishi;
- ijodiy rivojlanish;
Aynan mana shu rivojlanish jarayonlari bolalardagi ta’lim-tarbiya jarayonlari
qamrab oladi. Xususan 6-7 yosh bolalarda “jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush
tarzini shakllantirish” rivojlanish sohasi bo‘yicha tasavvuridagi predmentlarni qo‘llari
bilan (gul, qush, kapalak, qasr ko‘rsatash;) arqonlardan turli tugunlarni tugish; o‘yin
faoliyati mobaynida mayda o‘yinchoqlar bilan o‘ynash ko‘nikmalari rivojlanida.
Ijtimoiy- hissiy rivojlanish bo‘yicha bolalar o‘z hissiyotlarini nazorat qilishni, turli
ijtimoiy vaziyatlarga emotsinol munosabat bildirishni, o‘z hissiy holatini izohlab
berishni, o‘zgalarni hissiyotlarga qarab muammoli qilishni o‘rganadi. Mana shu ikki
rivojlanish sohasining o‘zini tahlil qilsak bittasi ta’lim berish usuli bo‘lsa bittasi tarbiya
usuli bo‘lib xizmat qiladi.
568
Bolalarga ta’lim –tarbiya berishda o‘yin faoliyati alohida o‘ringa egadir. Chunki
borliqdagi barcha narsa va hodisalarni o‘yin faoliyati orqali anglaydi va tushunadi.
Barcha ijobiy-salbiy fazilatlar bolalarga o‘yin orqali tushuntirilsa ularning olamiga
kirib boriladi.
Bola o‘zining ruhiy rivojlanishi jarayonida odamlarning ilgari o‘tgan avlodlari
tomonidan yaratilgan predmet va xodisalar olami bilan alohida maxsus munosabatga
kirishadi. Bola insoniyat ko‘lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib,
egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, hamda ular yordamida amalga oshiriladigan
xatti–harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat
motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning
bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog‘i kerak. Asosan mana shu davrdan
boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi.
Ta’limning boshlang‘inch nuqtasi maktabgacha ta’lim bola rivojlanishining asosi
va zaminidir. Butun borliqda barcha tushunchalar, insoniy fazilatlar, bilimlar,
qadriyatlar bolalikning ilk davrlarida shakllanadi, rivojlanadi, kelajak uchun qadamlar
tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |