Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

Adabiyotlar. 
1.Agzamova D.Engilish teaching methodologiy . “Barkamol fayz mediya nashri.
Toshkent.2016
2.Ingliz tili dasturi ( maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun) Toshkent. 2018 
3.Engilis languageteachung methodologiy.”Fan va texnologiya nashri Toshkent
2015 y 
4. "Merry English songs and scenarioes of holidays" C.B. Арапова Т:.1996 г. 
5. “ Ilk qadam “ davlat o’quv dasturi Toshkent 2018 yil 
DEVIANT FE’L-ATVORLI BOLALAR VA O‘SMIRLAR TOMONIDAN 
SODIR ETILAYOTGAN NOQONUNIY XATTI-HARAKATLARNING 
IJTIMOIY ILDIZLARI
 
Z.A.Ro`ziboyeva 
TDPU “Maktabgacha ta`lim” fakulteti o`qituvchisi
 
 
Kuzatishlarga qaraganda, keyingi yillarda oilalarda turli xil sabablarga ko‘ra, 
xususan kishilarda kundalik turmush tashvishlariga barham berish, qiyinchiliklarni 
yengib o‘tish va kelajakka nisbatan yangicha qarash layoqatining yetishmasligi va shu 
kabilar oilada farzandlar tarbiyasiga e’tiborning biroz susayishiga sabab bo‘lib, ota-
onalar farzandlari bilan kam muloqotda bo‘lishiga to‘g‘ri kelmoqda. Shaxsning 
ma’naviy-ahloqiy jihatdan barkamolligi ijtimoiy turmushda vujudga kelgan turli xil 
nizoli vaziyatlardan chiqib ketishiga yordam beradi. Ma’naviy-ahloqiy jihatdan sust 
rivojlanganlik va shaxsdagi o‘ziga xos xususiyatlar (o‘zgaruvchan xarakterlilik, 
qo‘zg‘aluvchanlik, beqarorlik, hissiyotga beriluvchanlik, tobelik, jur’atsizlik va 
boshqalar) esa bolalar va o‘smirlarda deviant hulqning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 
Ota-onalarning oilada farzandlari bilan qilayotgan muomala va munosabatlari 
ko‘rinishlari bolalar va o‘smirlarda hulq og‘ishining kelib chiqishiga sabab bo‘lishi 
mumkin. Oilada qahr-g‘azab asosidagi ota-ona munosabati bolalarni uydan bezdiradi. 
Uydan bezish, oila muhitini tan olmaslik o‘smirlarda oilaviy muhitga nisbatan 
deformatsiyalashuvni keltirib chiqaradi. Natijada o‘smir oiladan tashqari ko‘cha 
muhitini o‘ziga ma’qul ko‘radi. Ko‘cha muhiti esa ba’zan kriminal mazmunga ega 
bo‘lishi mumkin. Natijada noahloqiy va g‘ayriqonuniy hulq-atvor muhitiga tushib 


562 
qolgan o‘smirda hulq og‘ishining kelib chiqishi uchun imkoniyat yaratiladi. Ota-
onalarning qahr-g‘azab asosidagi munosabati bolalar va o‘smirlarda salbiy xarakter 
xislatlarining xususan, qo‘rqoqlik, tobelik, asabiylik, hissiyotlarga beriluvchanlik va 
mustaqil tafakkurning sustligi kabilarning shakllanishiga olib keladi. Qo‘rqoq, tobe 
bolalar va o‘smirlardagi asabiylik, qo‘zg‘aluvchanlik va hissiyotlarga beriluvchanlik 
vaziyatlarning chigallashuviga, muammoli vaziyatlardan chiqib ketish yo‘llarini 
noto‘g‘ri qo‘llashga olib keladi. Ota-onalarning farzandlari hayoti va faoliyati bilan 
qiziqmasliklari, ularni nazoratsiz qoldirishlari ham o‘smirni g‘ayriqonuniy hulq-
atvorga olib keladi. Shuning uchun ota-onalar farzandlarining ayniqsa, o‘smirlik yoshi 
davridagi faoliyatlarini, bo‘sh vaqtlarida nimalar bilan shug‘ullanayotganliklarini 
domiy ravishda nazorat qilib borishlari maqsadga muvofiqdir. Voyaga yetmaganlarda 
deviant fe’l-atvorning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi oilaviy tarbiyaga bog‘liq 
bo‘lgan omillardan yana biri oilaviy tarbiyada o‘ta qattiqqo‘llik, avtoritar yondashuv, 
bolalarning fikr va qarashlarini inobatga olmaslikdir.
Bugungi kunda o‘zbek oilalarida mavjud bo‘lgan tarbiyadagi nuqsonlardan yana 
biri ota-onalarning cheklash, rad etish, taqiqlash, ruxsat etmaslik asosidagi tarbiyalash 
usulidir. Bu xildagi tarbiya usulida bolalarning irodasi, xohish-istagi, o‘y-hayollari, 
orzu va intilishlari, fikr va mulohazalari inobatga olinmaydi. Shuningdek, bunday 
tarbiya usulida bolalarga o‘z fikr mulohazalarini ochiqcha bayon etish, mustaqil 
qarorlarga kelish va muayyan vaziyatlarga o‘z nuqtai nazarini bildirish imkoniyati 
cheklanadi. Bolaning tafakkuri, qiziqishi, erkinligini hurmat qilmaslik mustaqil fikr 
yuritish qobiliyatining sust rivojlanishi, tortinchoqlik, o‘z fikr-mulohazalarini bayon 
eta olmaslik, tobelik, qo‘rqoqlik va jur’atsizlik kabi salbiy xislatlarni keltirib chiqaradi. 
Jur’atsiz, tobe, tortinchoq bolada faollik va o‘z-o‘ziga ishonch hissi yetishmaydi. 
Shuningdek, ularda nutqning sust rivojlanishi holati ham kuzatiladi. Bunday bolalar 
butun umr davomida birovlarga tobe bo‘lib yashaydilar. Ularda rahbarlik, 
boshqaruvchanlik qobiliyatlari o‘ta past rivojlangan bo‘ladi. Hozirda o‘zbek oilalarida 
berilayotgan 
tarbiya 
nuqsonlaridan 
yana 
biri 
oilaviy 
tarbiyada 
milliy 


563 
qadriyatlarimizdan, ya’ni mifologiya, ertak, maqol, rivoyat va hadis ilmidan yetarlicha 
foydalanilmayotganligidir.
50
Bolalar va o‘smirlarda hulq og‘ishining oldini olishning muhim shartlaridan biri 
tarbiyaviy jarayonda ta’lim muassasasi va oila hamkorligini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdir. 
Ko‘pincha oila va muassasa hamkorligi, ota-ona va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqaning uzilishi tufayli bolalar va o‘smirlar tarbiyasini, ayniqsa, ular hulqidagi 
o‘zgarishlarni tuzatish ancha qiyin kechadi. Yoshlar bilan olib boriladigan ta’lim-
tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ularning yoshga oid va psixologik xususiyatlarini 
bilish hamda hisobga olishga bog‘liqdir. Bu holat eng nozik davr hisoblangan o‘smirlik 
davrining alohida xususiyati bo‘lib, u ko‘proq shu davrga taalluqlidir. O‘smirlik 
davrini o‘tish davri, deb yuritadilar, chunki ana shu davrda bolalikdan kattalik holatiga 
o‘ziga xos o‘tish davri yuzaga keladi. Yoshlar bilan individual munosabatda ularning 
qanchalik emotsionalligi, hissiyotga beriluvchanligini, affektga moyil yoki moyil 
emasligini, o‘z hissiyotini tuta olisholmasligini va shuningdek, unda qanday hislar 
ustun ekanligini bilish juda muhimdir. Kattalar har bir bolaning qanchalik 
to‘g‘riso‘zligini, mehnatsevarligini, vijdonliligini, do‘stlik va hamkorlikni qanchalik 
his qilishini kuzatib, bilib borishi zarur. Salbiy ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan yoshlarda 
tajanglik, qo‘pollik, yolg‘onchilik, bezorilik, egoizm, qaysarlik, o‘jarlik, intizomsizlik, 
qoidalarga rioya qilmaslik, o‘zbilarmonchilik kabilar kuzatiladi va bunday xislatlarga 
ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashda individual yondashuv lozim. Chunki ular jamoa 
yoki ko‘pchilik orasida o‘zlarining ayblarini oshkor bo‘lishini yoki tarbiya, tanbeh 
berayotgan kishining nasihat yoki ko‘rsatmalariga bo‘ysunishni yoqtirmaydilar, ular 
bilan muomalada nihoyatda ehtiyotkorlik, samimiylik, do‘stona munosabatda bo‘lish 
talab qilinadi. Yoshlar bilan ishlashda ularning xarakteri, qiziqishlari, shaxsiy 
xususiyatlari e’tiborga olinishi lozim. Ko‘p nasihat qilmaslik, urishmaslik, ovozini 
baland ko‘tarmaslik, ko‘p gapirmaslik maqsadga muvofiq. O‘zaro samimiy 
munosabat, shahsiy namuna, oila va muassasadagi kishilarning ishga ijobiy 
munosabatigina yoshlarda shunday bo‘lishga havas tug‘diradi. O‘smirlaring xatti-
50
Norbek Tayloqov Voyaga yetmaganlar o‘rtasida suitsid holatlarning oldini olish. Metodik qo‘llanma –T.: «Kamalak» nashriyoti Toshkent - 2017


564 
harakatlarini ijobiy yo‘nalishga burib yuborish uchun ularda mas’uliyat, g‘urur, 
javobgarlik, ishonch kabi yuksak hislarni tarkib toptirish lozim. Buning uchun ularga 
yoshi, kuchi, qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olib, topshiriqlar berish ayni 
muddaodir. Ularni o‘zlari qiziqqan to‘garaklarga jalb qilish yaxshi natijalar beradi. Eng 
muhimi shundaki, tarbiyalanuvchilarga ishonish kerak. Ularning qo‘lidan keladigan 
ishlarga e’tiborli bo‘lib, uni bajarganidan keyin rag‘batlantirish, uni ishni yana ham 
yaxshi bajarishda o‘z fikrlarini bayon qilish ham muhimdir. Yoshlarni be’mani hordiq 
chiqarish va ko‘cha-ko‘yda maqsadsiz yurishlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Buning 
uchun maktab, mahalla, jamoatchilik va oila hamkorligini mustahkamlash, bolalarni 
iloji boricha maktabdan tashqari muassasalarga jalb etish chora-tadbirlarini qo‘llash 
kerak. Ushbu jarayonlarda mahalla faollari, ta’lim muassasasi psixologlari, pedagoglar 
va keng jamoatchilikning ishtirok etishini ta’minlash kerak. Ta’lim muassasasida 
pedagog-psixologlar bilan hamkorlikda o‘quvchilarda eng yaxshi insoniy fazilatlarni 
rivojlantirish, ularda o‘ziga ishonch, o‘z hulqini yaxshilash motivlarini quyidagi 
yo‘nalishlarda shakllantirishlari zarur: 

bolalarni o‘z hulq-atvorini o‘zi baholashga o‘rgatish;

o‘quvchilarning ijobiy xatti-harakat qilishlarini muntazam nazoratga olish va 
ularga ishonish;

oilada, muassasada bolalarning oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda erishgan 
yutuqlarini rag‘batlantirish;

tarbiya berishning optimal strategiyasini aniqlash;

o‘quvchilarga individual yondashuv har biriga aniq maxsus pedagogik ta’sir 
o‘tkazish;

tarbiyaviy ta’sirning bolani har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirish; 

darsdan tashqari faoliyatlarda bolalarga mustaqil faoliyat (o‘qish, o‘yin, mehnat, 
xobbi va qiziqishlari)ni tanlash uchun imkoniyat berish;

har bir bola uchun ularni aqlan hamda ahloqan rivojlanishiga yo‘naltirilgan 
tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;

ota-onalar bilan ishlash jarayonida xududiy “Oila markaz”lari, mahalla fuqarolar 
yig‘ini va shifokorlar bilan hamkorlik qilish. 


565 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish